Bobur nomli ovulda tomorqadan samarali foydalanişga doir seminar ötkazildi
Prezident topşiriğiga muvofiq, mamlakatimizda işsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlaş maqsadida bir qator amaliy çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, tomorqalarda anjir va xurmo yetiştiriş böyiça loyihalar yölga qöyilib, bu taşabbus mahalliy hokimiyat organlari, qişloq xöjaligi mutaxassislari va banklar tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda. Xotin-qizlarga zaruriy kömak, resurslar va amaliy hamda nazariy bilimlar berib borilmoqda.
Yaqinda Bobur nomli ovulda mazkur loyiha doirasida seminar taşkil etildi. Unda tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Saburova, “Agrobank” ATB Nukus şahar va tuman filiali masʼullari, şu ovuldagi “yettilik” aʼzolari hamda aholi vakillari iştirok etişdi.
Tadbirda mutaxassislar tomorqalardan samarali foydalaniş, ularni daromad manbai sifatida rivojlantiriş imkoniyatlari haqida fikr almaşişdi. Yerga mehr qöygan inson heç qaçon ziyon körmasligi, mehnat barakasi uning hayotida muhim ahamiyat kasb etişi taʼkidlandi. Şu bois, xotin-qizlarga mevali daraxtlarni yetiştiriş böyiça amaliy maşğulotlar ötkazilmoqda, ular sifatli köçatlar, uruğlar va zarur agrotexnika vositalari bilan taʼminlanmoqda.
Şuningdek, xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş maqsadida banklar tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilişi, bu esa işbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirişga xizmat qilişi qayd etildi.
Seminar davomida iştirokçilar anjir va xurmo köçatlarini ekiş jarayonida faol iştirok etişdi. Mutaxassislar mazkur mevalarning parvarişi, suğoriş va hosildorlikni oşiriş böyiça tavsiyalar berişdi. Şuningdek, tajribali boğbonlar öz bilim va könikmalarini yoşlarga örgatiş zarurligiga eʼtibor qaratildi.
Mazkur taşabbus işsiz xotin-qizlarga öz tomorqalarida anjir va xurmo yetiştiriş orqali qöşimça daromad manbaiga ega böliş imkonini yaratadi. Loyiha doirasida tomarqaçilar va tadbirkorlar örtasida hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş va ularni iş bilan taʼminlaş böyiça davlat dasturlari işlab çiqilgan bölib, ular Prezidentning tegişli Farmon va Qarorlari bilan mustahkamlab qöyilgan. Uşbu dasturlar doirasida xotin-qizlarni iş bilan taʼminlaş, tadbirkorlikka yönaltiriş, kasb-hunar örgatiş va imtiyozli kreditlar ajratiş kabi keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Xotin-qizlar uçun tomorqalarda anjir va xurmo yetiştiriş loyihasi nafaqat ularning bandligini taʼminlaş, balki mahalliy bozorni sifatli mahsulotlar bilan töldirişga ham xizmat qiladi. Davlat tomonidan amalga oşirilayotgan dasturlar har bir fuqaroni tadbirkorlikka yönaltiriş, öz işini boşlaşi va mustaqil daromad topişi uçun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Seminardan söng, Navröz umumxalq bayrami munosabati bilan tuman hokimi örinbosari Gözal Saburova va mutasaddilar Jumur ovul mahalla fuqarolar yiğini hududida yaşovçi 95 yoşli nuroniy Bika ona Rahimova xonadoniga taşrif buyurib, onaxonning holidan xabar olişdi.
Bika ona Rahimova 1930-yilda Amudaryo tumanida tavallud topgan. U 1948-yilda Bekimbat ota Patiyev bilan oila qurib, 3 nafar öğil va 3 nafar qizni voyaga yetkazdi. Turmuş örtoği 1973-yilda vafot etganidan söng, barça masʼuliyatni zimmasiga olib, farzandlarini halollik va mehnatsevarlikka örgatib, katta hayotga tayyorladi. Umri davomida front ortida – ovul xöjaligida astoydil mehnat qilib, oilasi va jamiyat rivojiga özining munosib hissasini qöşdi. Bika ona bugungi kunda farzandlari, nabira va evaralari bağrida tinç va baxtli hayot keçirmoqda.
Bunday taşriflar yoşi uluğ insonlarga bölgan hurmat va eʼtiborning yorqin ifodasi bölib, nuroniylarning şodu-xurramligi yurt taraqqiyotiga öz hissasini qöşadi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶