“Yoş çegaraçilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasi ötkazildi
Yoşlarni milliy qadriyatlar va madaniyatga bölgan tahdidlar hamda yot ğoyalardan asraş, har tomonlama rivojlangan, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, milliy anʼanalarga sadoqatli, dunyoqaraşi keng, vatanparvar va barkamol qilib tarbiyalaş maqsadida har yili “Yoş çegaraçilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasi ötkazib kelinmoqda. Amudaryo tumanida ham şu kabi musobaqa taşkil qilindi.
Tumanning Döstlik mahallasi hududida joylaşgan markaziy öyingohda ötkazilgan musobaqada Davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlari masʼul ofitseri Otabek Madalimov, harbiy xizmatçilar Mirjahon Majidov, Rustam Vahobov hamda umumtaʼlim maktablari öquvçi yoşlari iştirok etdilar.
Tadbirni Davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlari masʼul ofitseri Otabek Madalimov kiriş sözi bilan oçdi. U öz sözida harbiy musobaqalar yoşlarning kamolotiga har tomonlama yordam berişi, faqatgina jismoniy tayyorgarligini oşirib qolmasdan, intizom, jamoaviy işlaş, strategik fikrlaş va ruhiy barqarorlik kabi muhim fazilatlarini ham rivojlantirişi xususida söz yuritdi.
Taʼkidlanganidek, uşbu musobaqa Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika çegaraoldi şahar va tumanlaridagi umumiy örta taʼlim maktablarida taşkil etilgan “Yoş çegaraçilar” klublari faoliyatini tartibga soliş va qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida” qarori asosida taşkil etilgan bölib, mazkur qaror bu borada muhim dasturulamal bölib xizmat qilmoqda.
“Yoş çegaraçilar” harbiy musobaqasining tuman bosqiçida 22-, 59-, 48-, 36- va 15-sonli umumtaʼlim maktablari öquvçilaridan taşkil topgan jamoalar iştirok etdilar.
Har bir jamoada jami umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf öquvçilaridan iborat 10 nafardan öquvçi yoşlar, jami 50 nafar iştirokçi belgilangan şartlar asosida özaro bellaşdilar.
Xususan, musobaqa öquvçi yoşlardan iborat jamoalarning saf tayyorgarligi körigi, harbiy varaqalar, albom, vimpel, jamoaning ramziy bayroği va nomi yozilgan taxtaça körigi, jamoalarning maxsus formasi körigi, umumtaʼlim fanlari böyiça test sinovi, Kalaşnikov avtomatini notöliq qismlarga ajratiş va yiğiş, öğil bolalar 1000 metrga, qizlar 100 metrga yuguriş, turnikda tortiliş, azimut böyiça harakatlaniş, granata uloqtiriş, zaharlangan hududdan ötiş, tösiqlar yölagidan ötiş, tibbiy yordam körsatiş, öq-dorilarni taşiş, Kalaşnikov avtomatidan öq otiş, Kalaşnikov avtomatining maketi körigi kabi qiziqarli şartlar asosida bölib ötdi.
Aytiş joizki, umumtaʼlim maktablarida taşkil etilgan “Yoş çegaraçilar” klublari hamda harbiy-vatanparvarlik musobaqalari yoşlarning maʼnaviy-intellektual salohiyatini va dunyoqaraşini yuksaltiriş, ularni milliy qadriyat va anʼanalarga hurmat ruhida tarbiyalaş, yoşlarda Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur, Najmiddin Kubro kabi buyuk siymolarning vatanparvarlik, mardlik va jasurlik tuyğularini şakllantiriş, Vatan himoyaçisidek şarafli kasbga hurmat hissini uyğotiş, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, yoşlarda çegaraoldi hududlarda yuz berişi mumkin bölgan yoki sodir bölgan favqulodda vaziyatlarda töğri harakatlaniş va jabrlanganlarga yordam körsatiş könikmalarini şakllantiriş, ularning çidamliligini oşiriş hamda har qanday qiyinçiliklarni matonat bilan yengişga örgatişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Murosasiz keçgan musobaqaning yakuniy natijalariga köra 59-sonli maktab jamoasi 3-örinni, 15-sonli maktab jamoasi 2-örinni, 48-sonli maktab jamoasi faxrli 1-örinni egalladi.
Ğoliblar va faol iştirokçilar diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶