28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:10
Jamiyat 👁 509

Avf – xalqimizga xos oliyjanob qadriyat

Avf – xalqimizga xos oliyjanob qadriyat

Insonparvarlik, bagʻrikenglik, kechirimlilik, mehr-oqibat va ezgulik kabi insoniy fazilatlar xalqimizga xos oliyjanob qadriyatlardandir. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, insonparvarlik siyosati aynan shu fazilatlarning amaliy ifodasidir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Muborak Ramazon hayiti arafasida eʼlon qilingan “Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Farmon ham ana shu yuksak gʻoyalarga tayanadi.

Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jami 488 nafar shaxs afv etildi. Ulardan 100 nafari asosiy jazodan toʻliq ozod etilgan boʻlsa, 268 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Shuningdek, 34 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazoga almashtirildi, 86 nafar shaxsga tayinlangan jazo muddati qisqartirildi.

Mazkur Farmon ijrosini taʼminlash, afv etilgan shaxslarning jamiyatga moslashuvini osonlashtirish hamda ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida yurtimiz boʻylab tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Masʼul vazirlik va idoralar tomonidan afv etilganlarning oila bagʻriga qaytishi, foydali mehnat bilan band boʻlishi, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Amudaryo tumanida istiqomat qiluvchi, 2001-yilda tugʻilgan fuqaro Sardor Murodboyev ham hozirgi vaqtda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgani uchun mazkur Farmonga asosan afv etildi. Joriy yilning 3-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Baxodir Ulugʻbekov boshchiligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Baxrom Ubbiniyazov, tuman IIB Huquqbuzarlik profilaktikasi boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Ilxom Abutov hamda Probatsiya guruhi xodimlari Murodboyevning yashash manzilida boʻlishib, uning turmush sharoiti, oilaviy ahvoli va mavjud muammolarini oʻrganishdi.

U bilan olib borilgan suhbatda afv — bu jamiyatning ishonchi ekani, mamlakatimizdagi insonparvar siyosat hamda yaratilgan imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish zarurligi alohida taʼkidlandi. Shu bilan birga, bundan buyon hayotni yangi sahifadan boshlash, halol mehnat bilan jamiyatga foyda keltirish lozimligi xususida tavsiyalar berildi. Shuningdek, Prezidentning 2022-yil 29-iyun kungi tegishli Qarori asosida dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketini olishda amaliy koʻmak koʻrsatilishi taʼkidlandi.

Masʼullar tomonidan Sardor Murodboyevga zarur tavsiya va maslahatlar berildi. Shuningdek, uning ota-onasini ham oʻgʻlining oila bagʻriga qaytgani munosabati bilan tabrikladilar.

Aslida, afv — bu nafaqat kechirim, balki davlatning insonga boʻlgan ishonchidir. Bu ishonchni oqlash esa har bir afv etilgan shaxsning insoniy burchi va maʼnaviy masʼuliyatidir. Chunki bugun kechirilgan har bir inson — ertangi jamiyatning faol aʼzosiga aylanishi mumkin. Berilgan imkoniyat esa uning hayotini, kelajagini saqlab qolish demakdir.

Azamat Ortiqov, tuman IIB Probatsiya guruhi katta inspektori, kapitan.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026