28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:01
Qishloq xoʻjaligi 👁 432

Tomorqa barqaror daromad manbaiga aylanmoqda

Tomorqa barqaror daromad manbaiga aylanmoqda

Bugungi kunda mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash, turmush darajasini oshirish va barqaror iqtisodiy oʻsishga erishish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, yangi ish oʻrinlari yaratish va xalq farovonligini taʼminlashga qaratilgan. Aholi bandligini taʼminlash va oilalar daromadlarini oshirishda, ayniqsa, mahallalarda tomorqa va dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirishga alohida eʼtibor berilyapti.

Prezidentimizning 2024-yil 5-mart kuni qabul qilingan “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori mazkur yoʻnalishdagi muhim huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda. Hujjat asosida mamlakatimizning barcha hududlarida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Amudaryo tumanining Oq oltin ovul fuqarolar yigʻini raisi Alisher Shamshatov boshchiligidagi “Mahalla yettiligi” aʼzolari aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni muntazam ravishda targʻib qilib kelmoqda. Jamoa oldidagi asosiy maqsad – ishsizlikni kamaytirish va aholi turmush darajasini yaxshilashdir. Ovuldagi mehnatsevar insonlar har bir kunni gʻanimat bilib, mehnatni hayot mazmuniga aylantirishgan.

Shunday bobodehqonlardan biri — nuroniy Yangiboy Qurboniyozovdir. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan bu inson hozirda oʻz tomorqasi imkoniyatlaridan toʻliq foydalanib, oilasi bilan farovon hayot kechirmoqda. Xonadonidagi 4 sotixli issiqxonada xorij navidagi kartoshka yetishtirilmoqda. Tomorqachi yaqin kunlarda hosilni yigʻib, sabzi ekishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, 1 sotix maydonda koʻchatxona tashkil etilgan boʻlib, unda gullar, pomidor, karam va boshqa poliz mahsulotlari parvarish qilinadi. Issiqxonadan tashqari yana 4 sotix yerda karam va baqlajon yetishtirilayotgani yerga berilgan mehr va halol mehnat samarasi sifatida har yili 2-3-marta tomorqadan barqaror daromad keltirmoqda. Yetishtirilgan mahsulotlar mahalliy bozorlarda xaridorsiz qolmaydi.

Yangiboy Qurboniyozov xonadonida chorvachilik ham yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ekin-tekin, mevali daraxtlar, gullar va chorvachilik uygʻunligida amalga oshirilayotgan mehnat oʻz barakasini bermoqda.

Oq oltin ovulidagi yana bir ibratli oila – Bahrom Oʻrazimbetov xonadoni. Oila 20 sotixdan ortiq yerda poliz ekinlari parvarish qilib, barqaror daromad manbaiga ega boʻlishyapti. Oila rahbari Bahrom Oʻrazimbetovga turmush oʻrtogʻi Gulasal Sodiqova va oʻgʻli Akbar Saidmurodov koʻmakchi boʻlib, xonadonda 2 sotixli issiqxona ham tashkil etishgan. Qish oylarida bu yerda koʻchatlar yetishtirilib, aholi va doimiy mijozlar tomonidan xarid qilinadi. Hozirda issiqxonada yangi mavsum uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Bu oila ham chorvachilik bilan shugʻullanadi. Bundan tashqari, yoshlar yetakchisining koʻmagida Akbar Saidmurodovga 30 sotix yer ajratilib, u yerda asosan qovun va tarvuz yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan. Bu kabi tashabbuslar yoshlar bandligini taʼminlash va ularni ishbilarmonlikka undashda muhim omil boʻlmoqda.

Maʼlumot oʻrnida qayd etish joizki, tumanda 49 ta mahalla, 39 ming 853 ta xonadon mavjud. Ularning 39 ming 477 tasida jami 5 ming 760,3 gektar tomorqa yer maydoni bor. Joriy yil bahorida 2 ming 277,7 gektar yerga ertagi ekinlar ekilgan. Jumladan, 1 ming 401 gektarga sabzavot, 338,2 gektarga poliz ekinlari, 153,1 gektarga dukkakli ekinlar, 173,7 gektarga ozuqa, 33 gektarga moyli ekinlar va 178,6 gektarga boshqa turdagi ekinlar ekilgan.

Tumandagi 5613 nafar ishsiz fuqaroga 2 ming 41 gektarga yaqin yer maydoni ijaraga berilib, ular tomonidan sabzavot, poliz, ozuqa va boshqa ekinlar parvarish qilinmoqda. Shuningdek, tumanda umumiy maydoni salkam 31 gektar boʻlgan issiqxonalar faoliyat yuritib, ularning 7,8 gektarida pomidor, 6,5 gektarida bodring, 4,1 gektarida koʻkatlar, 7 gektarida sabzavot va 5,8 gektarida boshqa turdagi mahsulotlar yetishtirilmoqda.

Davlat rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli, bugun tomorqa nafaqat oziq-ovqat manbai, balki farovon hayot, toʻkinlik va barqaror daromad kafolatiga aylanmoqda. Oq oltin ovulidagi mehnatkash insonlar hayoti shundan dalolat beradiki, agar har bir xonadon oʻz tomorqasidan unumli foydalansa, bu nafaqat oila, balki butun mahallaning, pirovardida butun mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026