“Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari taşkil etilmoqda
Davlatimiz rahbarining joriy yilning 3-yanvar sanasida imzolagan “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi 1-sonli qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida Respublikamizda keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Qaror ijrosini taʼminlaş hamda respublika hududida xavfsiz muhitni yaratiş, jamoat tartibini saqlaş, xavfsizlikni taʼminlaş va kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş borasida hamkorlikda amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlarni samarali taşkil etiş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tomonidan joriy yilning 15-aprelidan 15-mayiga qadar “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbiri joriy qilinib, Amudaryo tumanida ham bu borada samarali işlar amalga oşirilmoqda.
Tuman hokimligida uşbu yönalişda belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlaş, çora-tadbirlarni samarali amalga oşiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Unda tuman hokimi Sobir Xöjametov, hokim örinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar masʼullari, tegişli taşkilotlar rahbarlari iştirok etdi.
Tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov sözga çiqib, tumanni jinoyat va huquqbuzarliklardan holi hududga aylantiriş borasida oldinda turgan ustuvor vazifalar xususida söz yuritdi. Şuningdek, tuman prokuraturasi va IIB masʼullari sözga çiqib, “Xavfsiz va soğlom yurt” profilaktik tadbirlarini taşkil etiş yuzasidan belgilab berilgan vazifalar xususida töxtaldilar.
Xususan, hududlarda “Tozalaş-antiterror”, “Oriyat”, “Tiğ”, “Qora dori”, “Tong” maxsus profilaktik tadbirlarini ötkaziş, giyohvandlik, psixotrop va kuçli taʼsir qiluvçi moddalarning noqonuniy muomalasiga çek qöyiş maqsadida reyd tadbirlari taşkil etilib, “köça bezoriligi” va “guruh” taşkil qilişga yoki guruhning aʼzosi bölişga moyil hamda “yetakçilikka intiluvçan” yoşlar bilan kuçaytirilgan profilaktik işlarni olib boriş, noqonuniy ravişda jangovar öqotar va ov qurollarini saqlayotgan şaxslarni aniqlaş hamda qonuniy çoralar köriş kabi işlar amalga oşirilmoqda.
Profilaktika oyligi doirasida köngiloçar joylarning, xususan, tungi klublar, saunalar, SPA salonlar, soğlomlaştiriş markazlarining röyxatlarini yangilaş va ularda qonunçilikda belgilangan tartibda tungi reydlar ötkaziş, yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş maqsadida reydlar taşkil etiş, mavjud yöl-patrul xizmati maskanlari, blok va tösiq postlariga hududiy içki işlar organlarining sohaviy xizmatlari xodimlarini biriktiriş, kriminogen vaziyati oğir hamda qöşni respublikalar bilan çegara hududlardan markazga boruvçi asosiy yöllarda “sayyor patrul” guruhlarining faoliyatini jadallaştiriş kabi çora-tadbirlarni amalga oşiriş közda tutilgan.
Uşbu vazifalarni samarali amalga oşiriş yuzasidan tezkor profilaktik tadbirlar tumanimizning barça hududlarda tizimli tarzda taşkil etilmoqda. Tumanning markaziy avtomobil yöllarida yöl-transport hodisalarining oldini oliş yuzasidan reyd tadbirlari taşkil etilmoqda.
Qolaversa, tuman huquqni muhofaza qiluvçi organlar masʼullari “Mahalla yettilik”lari bilan hamkorlikda Gulzor mahallasi hududidagi köp xonadonli uylarda yaşovçi aholi bilan öğirlik, firibgarlik, tovlamaçilik kabi jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida tuşuntiriş işlarini olib bordilar.
Şuningdek, mahalla hududidagi umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, kafe va restoranlar masʼullari bilan suhbatlar ötkazilib, xavfsizlikni taʼminlaş maqsadida kuzatuv kameralari örnatiş tavsiya qilinmoqda.
Bu boradagi işlar tumanimizning barça mahallalarida davom etmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶