1-sonli politexnikumda “Kasblar festivali” tadbiri yuqori saviyada taşkil etildi
Kasb-hunar taʼlimi har doim yoşlarni mustaqil hayotga tayyorlaş, mehnat bozorida öz örnini topa oladigan yetuk mutaxassislar sifatida voyaga yetkazişda muhim omil bölib kelgan. Bu jarayonda örta böğin kasb-hunar taʼlimi tizimining örni beqiyos.
Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan 1-sonli politexnikum aynan şunday zamonaviy talablar asosida taşkil etilgan taʼlim maskanlaridan biridir. Mazkur muassasada öquvçilar tanlagan mutaxassisliklari böyiça nazariy bilimlar bilan bir qatorda işlab çiqarişda zarur bölgan amaliy könikmalarga ham ega bölib bormoqdalar.
Yaqinda politexnikumda 9–11-sinf bitiruvçilari, ularning ota-onalari, mahalliy jamoatçilik, taʼlim sohasi vakillari iştirokida “Oçiq eşiklar kuni” hamda “Kasblar festivali” yuqori saviyada taşkil etildi. Tadbirni politexnikum direktori Allayor Baltayev kiriş sözi bilan oçib, kasb-hunar taʼlimi davlat siyosatidagi örni, yoşlarni zamon talablariga mos ravişda tayyorlaş yönalişidagi islohotlar haqida töxtalib ötdi.
Tadbir davomida muassasada yölga qöyilgan ixtisosliklar, öquv jarayoni, innovatsion yondaşuvlar, amaliy maşğulotlar samaradorligi va yoşlarni iş bilan taʼminlaş imkoniyatlari haqida keng maʼlumot berildi.
Bugungi kunda politexnikumda zamonaviy talablar asosida bir qator mutaxassislik yönalişlari böyiça taʼlim berib kelinmoqda. Avtotransport vositalarini taʼmirlaş va texnik xizmat körsatiş, elektrotexnika va energetika, santexnika hamda isitiş-sovitiş tizimlari, quriliş va smeta işlari, kompyuter texnologiyalari va axborot tizimlari, sanoat uskunalariga xizmat körsatiş, servis xizmatlari kabi muhim yönalişlar şular jumlasidan. Şuningdek, xizmat körsatiş sohasi uçun ham malakali mutaxassislar tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Sport zalida taşkil etilgan maxsus körgazmalar, tögaraklar, işlab çiqariş ustaxonalarining faoliyati bilan tanişiş jarayoni, öquvçilarning öz qöllari bilan tayyorlagan maketlari, öquv-texnik uskunalari iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, ijodiy çiqişlar tadbirga bayramona kayfiyat bağişladi.
Politexnikumda taʼlim oluvçilar uçun barça şart-şaroitlar yaratilgan. 240-örinli işlab çiqariş ustaxonalari, 100-örinli yotoqxona va oşxona, sport zallari, oçiq sport maydonçalari, zamonaviy laboratoriyalar, kompyuter va multimedia sinflari, kasb-hunar maşğulotlari uçun maxsus auditoriyalar – bularning barçasi öquvçilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyğunlaştirişga xizmat qilmoqda.
Bundan taşqari, muassasada 30 nafar oliy maʼlumotli öqituvçi, şu jumladan 2 nafar boş öqituvçi, 6 nafar yetakçi öqituvçi, 9 nafar katta öqituvçi va 9 nafar amaliyot ustasi faoliyat yuritmoqda.
Politexnikum Qoraqalpoq davlat universitetiga biriktirilgan bölib, öquv jarayoni milliy va xalqaro standartlarga mos ravişda olib boriladi. Taʼlim kredit-modul tizimida taşkil etilgan bölib, öquvçilar olgan natijalari oliy taʼlim muassasalari tomonidan tan olinadi. Bu esa bitiruvçilarga keyingi bosqiçda öqişni davom ettiriş imkonini yaratadi.
Alohida taʼkidlaş joizki, politexnikum işlab çiqariş korxonalari, taşkilot va muassasalar bilan keng kölamli hamkorlik aloqalarini yölga qöygan. Bu tizim öquvçilarning bilim va könikmalarini amalda sinovdan ötkazişga, iş tajribasiga ega bölişlariga keng yöl oçmoqda. Şu orqali ular mehnat bozorida öz örnini topişga tayyor, raqobatbardoş mutaxassislar sifatida şakllanmoqda.
2025–2026 öquv yilidan boşlab politexnikumda boşlanğiç kasbiy taʼlim dasturlari doirasida 9-sinf bitiruvçilari uçun quyidagi yönalişlarda taʼlim oliş imkoniyati yaratildi. Xususan, avtomobillarni taʼmirlaş va ularga xizmat körsatiş, payvandlovçi, suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlari kuzatuvçisi, tikuvçi, axborot vositalari maşinalari va kompyuter tarmoqlari, elektrik, qişloq xöjalik maşinalari taʼmirçisi va traktorçi-maşinist, quriliş işlari işçisi, asalariçi, raqamli axborotlarni qayta işlaş ustasi, şuningdek, dual taʼlim asosida oşpazlik kabi yönalişlar böyiça mutaxassislar tayyorlanadi.
Örta va örta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari böyiça esa kunduzgi şaklda maktabgaça taʼlim tarbiyaçisi, buxgalteriya va kompyuter injiniringi yönalişlari, sirtqi şaklda esa maktabgaça taʼlim tarbiyaçisi, elektr uskunalar taʼmirçisi, fermer xöjaligi boşqaruvi, suv xöjaligi va melioratsiya, örmon xöjaligi kabi texnik yönalişlarda mutaxassislar tayyorlaş yölga qöyilgan.
Amudaryo tumani 1-sonli politexnikumi bugungi kunda zamonaviy kasb-hunar taʼlimining ilğor namunalaridan biriga aylangan. Öziga xos innovatsion yondaşuvlar, işlab çiqariş bilan uzviy aloqalar, keng yönalişlar va zamonaviy infratuzilma tufayli yoşlar nafaqat kasb egasi, balki öz hayotini tölaqonli qurişga qodir bölgan şaxs sifatida şakllanmoqda.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶