12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 23:25
Jamiyat 👁 412

MATONATLI UMR SOHIBI

MATONATLI UMR SOHIBI

Inson öz taqdir bitigi bilan tuğiladi, deyişadi. Balki rostdir. Agar şunday bölmaganida har kim öz taqdirini faqat yaxşiliklar bilan bezab, dilida neki orzu-umidi bölsa, barçasiga tösiqlarsiz erişib yaşar, hayot taşvişlariga öralaşib, muammolar girdobida qolmasdi.

Amudaryo tumanining Xolimbeg elida tuğilib-ösgan Otamurod bobo Matyoqubovning bolaligi qatağon siyosati avj olgan yillarga, ösmirligi esa ikkinçi jahon uruşi davriga töğri keldi. 1930-yilda tavallud topgan Otamurod Matyoqubov ötgan asrning 30-yillaridagi nohaqliklarni, xolimbeglik bilimdon, boy-badavlat, tadbirkor insonlarni birin-ketin öz domiga tortgan qatağon siyosati azob-uqubatlarini öz közi bilan körgan. Birining otasi, birining akasi va qarindoşlari bemavrid qamalgan, Rossiyaning olis va sovuq Sibir örmonlariga surgun qilingan, otilgan tengqurlarining ayançli hayotlariga guvoh, qalblari öksik insonlar dardlariga şerik bölib ulğaydi. Oğir, tahlikali qatağon yillaridan qalblari yaralangan xalq uçun Ikkinçi Jahon uruşi yanada oğir azob-uqubatlarni boşlab keldi. Işga yaroqli xolimbeglik erkak zoti borki, barçasi uruşga safarbar qilinib, qiş­loq huvullab qoldi.

Öşanda qişloq keksalari endigina 10-12 yoşga kirgan Otamurod va u tengi bolalarga boş bölib, kolxoz dalasidagi işlarni qölga olişdi. Hayot göyo keksalarni yaşartirib, murğak bolalarni juda erta ulğaytirib qöygan, mamlakatning ğarbida ham, şarqida ham xalq taqdirning azob-uqubatlarga töla damlarini boşlaridan keçirişardi. Qiş­loq ayollari va ösmir bolalarga boş bölgan keksalar yilning tört faslida ham betinim mehnat qilişar, bahor-u yozda kunduzlari ğöza parvarişi bilan band bölsa, keçalari oy yoğdusida buğdoy öroğiga çiqişar, bu holat kuzda ham takrorlanib, kun böyi paxta terib, çarçagan bolalar keçalari kattalar bilan bab-baravar şoli örimiga çiqişardi...

– Xalq juda matonatli, sabr-toqatli, hamjihat edi, – olis yillarda qolgan azobli damlarni mahzunlik bilan eslaydi Otamurod bobo. – Heç kim “çarçadim”, deb nolimasdi, minnat qilmasdi, aksinça, qilinayotgan işlarda hissamiz borligidan quvonardik. Hamma borini örtaga qöyib, birgalikda baham körişardi. Bugungi yoşlarga biz bosib ötgan hayot yöli ertakday tuyu­ladi. Şukr, bugungiday tökin-soçin, farovon kunlarga yetdik. Bunday farovonlikni ota-bobolarimiz faqat orzu qilişgan.

Hayot maşaqqatlarida toblangan Otamurod Matyoqubov davrning tahlikali suronlarida juda erta ulğaydi. Bolaligi va ösmirligidanoq kolxoz dalasida kattalar bilan bab-baravar mehnat qilgan Otamurod Matyoqubov baloğat yoşiga yetib-yetmay traktor ruliga ötirdi, Ikkinçi Jahon uruşidan keyingi tiklaniş yillarida tun-u kun özini ayamay işladi. Özi kabi mehnatkaş, oila­parvar Yoqutjon Törayeva bilan turmuş qurdi.

Oila qörğonining obodligi va farovonligi er-xotinning özaro ahilligiga, mehr-u oqibati, fidoyiligiga boğliq. Bu jihatdan Otamurod ota bilan Yoqutjon ona hamjihatlikda bunyod etgan oila göşasi havas va ibratga munosib. Oddiy traktorçi va kolxoz işçisi bölgan bu fidoyi insonlar 5 öğil va 3 nafar qizni özlari kabi mehnatsevar, biri-biriga mehr-oqibatli, oilaparvar insonlar qilib voyaga yetkazdilar, ilm-u hunarli qildilar.

Bugungi kunda Otamurod boboning barça farzandlari pir-u badavlat bobo va buvi maqomiga yetişganlar. Oila­ning tönğiç farzandi Olimboy oğa umr böyi muhandis-mexanik vazifasida işlab, ayni paytda keksalik gaştini surmoqda. Katta qizi Norguloy ham bir etak nevaraning sevimli buvisi, nafaqadalar. Yana bir öğli Qurbonboy oğa Andijon paxtaçilik institutini tamomlab, ota-onasi mehnat qilgan Xolimbeg qişloğidagi sobiq Turkmanis­ton jamoa xöjaligida agronom bölib işlab, tuman qişloq xöjaligini rivoj­lantirişga munosib hissasini qöşdi, ayni paytda pensiyada. Egizak farzandlari Farhod va Şirin, Erkinoy va Tohirjonlar ham özlarining halol va fidoyi mehnatlari bilan elda obrö-eʼtibor topgan ibratli oila sohib va sohibalari.

Inson hayot maşaqqatlarini, oğir mehnat damlarini özining kuçli irodasi, sabr-qanoati bilan yengib, orzu­sidagi faroğatli kunlarga yetganida yonida eng yaqin va aziz insonlari bilan birga bölişni istaydi. Lekin yuqorida aytganimizday, taqdir bitigimi, Yaratganning sinovimi, Otamurod Matyoqubov dorilomon kunlarga yetib, endi 40 yoşdan hatlaganida umr yöldoşi Yoqutjon onadan ayrilib qoldi. 8 nafar farzandini yolğiz tarbiyalab voyaga yetkazdi.

Farzandlari oq-qorani tanib, ulğaygaç, ularni uyli-joyli qilişdek xayr­li taşvişlariga yelkadoş bölsin, dedimi, qarindoşlari boş bölib, uni Nurjida ismli ayolga uylantirib qö­yişdi. 2013-yilda taqdir Otamurod boboning irodasini yana bir sinovdan ötkazdi. Haydovçi bölib işlovçi öğli Aminboydan ayrilib qoldi. Öşanda 83 yoşga tölgan Otamurod bobo dunyolarga siğmay ketdi. Bor armonini içiga yutdi, farzandlari, hali voyaga yetmagan, taqdirning bemavrid zarbasidan dovdirab qolgan nevaralarining köngliga taskin beriş ilinjida tomorqaga boğlanib qoldi. Göyo oila qörğonining bemavrid qulagan ustunlaridan biri örniga yelkasini tutdi.

– Inson hamma narsaga çidaşi mumkin, lekin farzand doğini kötariş qiyin. Taqdirimda bor ekan, şugina bolam nega mening izimda qolmadi, deb armon bilan yaşab yuribman, – dey­di mahzunlik bilan Otamurod bobo. – Aminboyning farzandlari bari aqlli, mehnatkaş, oilaparvar. Şunisiga şukr qilaman, barçasi omon bölişsin.

Otamurod bobo ayni paytda 95 yoşga töldilar. 8 nafar farzandi salkam 20 baravarga köpayişgan. Bugungi kunda bu fayzli xonadondan Amu eliga çuqur ildiz qöyib, sermeva boğ-u çamanzorga aylangan baxtiyor oilalarda 35 nafar nevara, 110 nafar çevara, 3 nafardan ziyod evaralar el-yurtga munosib farzandlar sifatida kamolotga yetişmoqda.

– Bobomning hayoti biz uçun ibrat, – deydi Otamurod boboning nevaralaridan biri Jasur Otamurodov. – Qanday işga qöl ursak-da bobomning fotihasini olişga intilamiz. Qiyinçilik­lardan qörqmaslik, hayot sinovlariga bardoşli bölişni, mehnatsevarlik va ötayotgan har bir kunimizni ezgu amallar bilan boyitib yaşaşni, vaqtning qadriga yetişni bobomdan örgandik.

Darvoqe, 10 yoşidan front orti maşaqqatlariga kattalar bilan bab-baravar yelkasini tutgan, Buyuk Ğalaba onlarini mehnat frontida qarşilab, baloğat yoşiga yetmay turib kolxoz dalasida traktor haydagan, butun umr tuman qişloq xöjaligini rivojlantirişdek ezgu maqsad yölida fidoyi, halol mehnat qilib, Amu eliga mehr-muhabbat bilan singib ketgan Otamurodovlar sulolasini yaratgan boboning hayot yöli nafaqat uning avlodlari, balki har bir xolimbeglik, amudaryolik uçun haqiqiy ibrat va namuna maktabidir. Zotan, Vatan obodligi, xalq farovonligi uçun ezgulik yölida matonatli mehnat qilgan insonlar hamişa qadrli, hurmat va eʼzozga munosib.

ROBIYa YÖLDOŞEVA.

 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026