"JAYXUN ILHOMLARI" NNT DAVLAT GRANTI SOHIBI BÖLDI
Tumanimizdagi “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti şu yilning avgust oyida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan 4-grant tanlovida iştirok etiş uçun “Beş taşabbus – beş imkoniyat!” nomli loyihasini yuborgan edi. Komissiya tomonidan körib çiqilgan uşbu loyiha ğolib, deb topildi va davlat granti bilan moliyalaştirildi.
Mazkur loyihaning mazmuni - manzilli qöllab-quvvatlaş daftarlariga kiritilgan yoşlarning “Beş muhim taşabbus” doirasida ijtimoiy faolligini oşirişga kömaklaşiş, şu yöl orqali taʼlim muassasasi, oila va mahalla institutlari bilan ijtimoiy hamkorlikni kengaytiriş, yoşlarning vaqtlarini mazmunli taşkil qiliş, bu borada ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan keng foydalanişdan iborat.
“Jayxun ilhomlari” NNT binosida birgalikda loyiha doirasida iş yurituvçi taşkilotlar vakillari bilan taʼsis majlisi ötkazildi.
Majlisda tuman maʼnaviyat va maʼrifat bölimi, Xalq taʼlimi bölimi, aholi bandligiga kömaklaşiş markazi, yoşlar işlari agentligi tuman bölimi, oila va xotin-qizlar bölimi, sport bölimi, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati xodimlari iştirok etdilar.
Jamoat taşkilotlarining birgalikda iş olib borişi grant loyihamiz iş rejalarining muvaffaqiyatli bajarilişiga ulkan hissa qöşadi, albatta.
Örozali REYIMOV, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶