12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 23:55
Jamiyat 👁 480

SOKIN VA BAXTLI HAYoT SOHIBI

SOKIN VA BAXTLI HAYoT SOHIBI

Keksalar nima uçun insonlarga sabr-toqatli, qanoatli bölişni tilaşadi? Bu tilakning zamirida qanday sir-sinoat borki, momo-buvalarimiz öğil-qizlari, yaqinlarining aynan ana şunday fazilatlar sohib va sohibalari bölişlarini juda-juda xohlaşadi?

Mohiyatan idrok etadigan bölsak, özgalar havasi, eʼtirofi va hurmatiga munosib insonlarning deyarli barçasi ana şunday fazilatlar sohiblaridir. Sabr-toqatli, qanoatli insonlargagina nasib etadigan baxtiyor hayot tarziga ega bunday insonlarning oilalari ham el-yurt nazaridagi hurmat va ehtirom koşonasidirki, bundayin tökis baxt hammaga ham nasib etavermaydi.

“Boğ” mahallalik Qurol oğa Eşçanov, islomiy-maʼnaviy va milliy qadriyatlar hamma narsadan ustuvor oila göşasida tuğilib, voyaga yetdi. Otasi (Alloh rahmat qilsin!) Eşçan bobo öta maʼrifatli, tartib-intizomni qattiq tutadigan, oilaparvar inson edilar. Har bir işni aql tarozisidan ötkazib, sabr-toqat bilan bajaradigan, topgan-tutganining qadrini oşirib, Alloh bergan rizq-nasibasiga qanoat qilib yaşaydigan Eşçan bobo farzandlariga ham ana şu odamiylik ilmini örgatdi. Oiladagi özaro hurmat, bir-birovga mehr va eʼtibor riştalari yillar ötib Eşçan bobodan farzandlariga ulkan maʼnaviy meros  bölib qoldi.

Qurol oğa Eşçanov 1970-yilda umumtaʼlim maktabini muvaffaqiyatli tamomladi. Avval Törtköl şahridagi texnika bilim yurtida, keyinçalik texnikumda tahsil oldi. Kasb-korli, malakali mutaxassis sifatida ilk mehnat faoliyatini sobiq Manğit davlat xöjaligida buldozerçi sifatida boşladi. Sobiq ittifoqning olis Sibir ölkalarida harbiy xizmat burçini ötadi, armiya xizmatidan söng ekskavator maşinisti  böldi.

Uning hayotida 1985-yil jiddiy buriliş yasadi. Öşa yili yuzlab amudaryolik yoşlar qatori tumandagi ilk yengil sanoat korxonalaridan biri bölgan Manğit ip yigiruv-töquv fabrikasiga işga kirdi. Işni oddiy çilangarlikdan boşlagan Qurol oğa Eşçanov özining uddaburonligi, qatʼiyati va taşabbuskorligi bilan fabrika maʼmuriyati masʼullarining eʼtiborini qozondi. Bir yil bölmasidan smena masteri, keyinçalik fabrika kasaba uyuşmasi qömitasining raisi darajasiga yetdi.

– Fabrika öşa yillari sobiq ittifoq davridagi maşʼal korxonalardan biri edi, – xotirlaydi Qurol oğa. – Fabrika tsexlarida jöşqin mehnat pallalari hukm surardi. Işlab çiqarilgan mahsulotlar esa “Manğit byazi” tamğasi bilan sobiq ittifoqning barça şaharlariga tarqatilardi. Hatto xorij davlatlariga eksport qilardik.

Qurol oğa ana şunday maşʼal fabrikaning kasaba uyuşmasi qömitasini mohirlik bilan boşqardi. U juda qisqa fursat içida fabrikaning öz havaskorlik jamoalari – aşula va raqs, drama tögaraklari faoliyatini yölga qöydi. Işçilarning köngilli dam olişlari uçun zarur şaroitlar yaratdi. Qanday işga qöl urmasin, sabr-toqat bilan intildi, har bir erişilgan yutuq uçun qanoat qildi.

Tabiatning metin qonuni – keksalik pallasi, insonning qalbi qançalik jöşqin bölmasin, unga sokinlik baxş etadi. Pensiya yoşiga yetganida Qurol oğa yana sabr-toqat bilan oila göşasining öziga xos tutumlariga el böldi. Otasidan örgangani – tomorqa xöjaligini yuritişni, umr yöldoşi Xatira momo bilan birga öğil-qizlari, nevara-çevaralarining quvonç va taşvişlariga oşno yaşaşni özi uçun sabrning gözal hadyasi deb bildi. Özaro mehr-oqibat, odamiylik nafasi qulf urib turgan totuv va baxtli oilasi saodatidan bahra oldi. Tört öğil va uç nafar malika qizlarining unib-ösib, el koriga kamarbasta bölganidan Qurol oğa va Xatira momoning köksi toğday yuksaldi.

Madrasa körgan, umr böyi islomiy-maʼnaviy qadriyatlarni eʼzozlab yaşagan va farzandlariga ham ana şu ilm nuri va odamiylik fazilatlarini singdirgan otasi Eşçan bobo, aziz onajonining oila tutumlarini mahkam tutgan Qurol oğaning 7 nafar farzandi bugun özlaridan tinib-tinçib, unib-ösib ketişgan. Barçalari yiğilib kelsalar, kelinlari, kuyovlari, öğil-qizlari-yu, nevara-çevaralari 40 nafardan oşib ketadigan bu katta xonadonning fayzi el-yurtga ziynat baxş etgulik. Katta xonadonning osoyiştaligi, tinçligi, Qurol oğa bilan Xatiraxon momoning xotirjamligi havasga munosib. Bu xonadonda heç kim bir-biriga ovozini kötarib gapirmaydi, eng qiyin vaziyatlarda ham köngillar çegaralari mehr nuri bilan mustahkamlanadi.

– Sabr qilinglar, sabringiz gözal bölsa, yölingiz ravşan böladi, – deya uqdiradi Qurol oğa farzandlariga. – Baqiriq-çaqiriq, sen-men, deya gap talaşiş – oilamiz uçun begona, axir jahl bilan iş bitmaydi-ku. Sabrli, qanoatli bölganlarga Allohning mukofoti bor. Bu – halol rizq, keng feʼllik.

Şuning uçun ham bu xonadonga Allohning nazari tuşgan bölsa, ne ajab. “Boğ” mahallasi imomligini özi aytganiday, “Alloh iroda qilgan imomatlik  majburiyatlariga sodiqlik” maqomida ado etişga har lahzada intilib yaşaguvçi Qurol oğa mahalla yoşlariga maslahatgöy, kattalarga maslakdoş, Xatira momo bilan juftlikda tartib bergan bu xonadonda hamma narsani badastr kördik: farzandlar, kelin-kuyovlar, nevara-çevaralar odobli, aql-farosatli. Şu bois, xonadon ostonasidayoq kelguvçini ajib nurli  muhit qarşi oladi. Yuz-u közlari nihoyatda istarali  Qurol oğa bilan Xatira momoga öxşab ketadigan öğil-qizlar, nevara-çevaralarning muomalasi, odamiy sifatlari dillarda havas uyğotadi.

Xonadonning asosiy daromad manbaiga aylangan supurgi ösimligi va kungaboqar ekilgan tomorqa begona ötlardan xoli, top-toza, obod.

Mol-hol, parrandalar parvarişi  esa Qurol oğa bilan Xatira momoning kundalik maşğuloti. Ertagi sabzavot va poliz ekinlarining rivojidan ularning köngli töq.

– Sabr-toqat  bilan mehnat qilganga Alloh rizq-nasibasini uluğ qilib beraveradi, – yana sabrli bölişning foydalaridan söz oçadi Qurol oğa. – Mana, juda başang bölmasa-da, mehnatimiz ortidan ulovli böldik, – qöşib qöydi u mamnuniyat bilan hovli darvozasi oldida turgan oppoq rangli “Spark” rusumli avtomobilga işora qilib.

Hamişa xotirjam, sözlasa, mulohaza bilan sözlovçi, atrofidagilarga maʼnaviy ruh bağişlovçi Qurol oğaning tökis, kamtar, lekin har qanday odamning havasini keltiradigan turmuş tarziga, sokin va baxtli hayotiga çin dildan havas qildik.

Boylik asli nedur azizlar,

Mol-u dunyo etmoqmi bunyod?

Şundaylar bor, yoruğdir yuzlar,

Bor boyligi – xotirjam hayot.

 

Mehr gullar örtalarida,

Oqibatning qadri ham baland.

Yaşab yurgan kulbalarida,

Möʼjiza bor qasrga monand.

 

Odamiylik himmatidir bu

Va sabrning ziynatidir bu!

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026