Fidoyi ustoz xizmatlari munosib eʼtirof etildi
Yurtimizda öz umri davomida yoş avlod tarbiyasi, mamlakat ravnaqi yölida vijdonan, halol mehnat qilayotgan insonlar köp. Davlatimiz va jamiyat tomonidan bunday fidoyi şaxslarning xizmatlari doimiy ravişda eʼtirof etilib kelinmoqda.
Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 29-sonli umumtaʼlim maktabida faoliyat yuritayotgan çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçisi Turğanboy aka Yeşmuratov ham Ana şunday fidoyi insonlardan sanaladi. Yaqinda Turğanboy aka Yeşmuratovning köp yillik faoliyati “Veteran” jangçi-faxriy nogironlar birlaşmasi tomonidan yuqori baholanib, “Yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş uçun” medali bilan taqdirlandi. Bu mukofot yoş avlod tarbiyasida jonkuyarlik körsatgan fidoyi ustoz xizmatlarining yorqin eʼtirofi böldi. Mukofotni topşiriş tadbirida Özbekiston “Veteran” jangçi-faxriy nogironlar birlaşmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi Amudaryo tumani vakili B. Jumaniyozov hamda uyuşma aʼzosi O. Xujaniyozovlar iştirok etdilar.
Turğanboy Yeşmuratov 2002-yildan buyon uşbu taʼlim dargohida mehnat qilyapti. 2020-yildan esa çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçisi sifatida işlab kelmoqda. U öz faoliyati orqali öquvçilarga Vatanga muhabbat, intizom, jasorat va masʼuliyat tuyğularini singdirişga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Ustozning oddiy, biroq juda şarafli mehnati yillar davomida öz samarasini berib, munosib ravişda yuksak mukofot bilan qadrlandi. Bu eʼtirof — nafaqat ustozning fidokorona mehnatiga berilgan baho, balki uning qöl ostida tarbiyalanayotgan öquvçilar uçun ham katta ilhom manbaidir.
Turğanboy aka nafaqat öqituvçi, balki yoşlar uçun hayot saboqlarini örgatuvçi, haqiqiy insonparvar tarbiyaçidir. Uning mehnati, fidoyiligi va tarbiyaviy taʼsiri köplab öquvçilar qalbida Vatanga muhabbat tuyğusini uyğotmoqda.
Bugun biz ana şunday fidoyi insonlar borligidan faxrlanamiz. Çunki mehnat qadrlangan jamiyatda fidoyilar yanada köpayadi.
Sevinç Ömirboyeva, Özbekiston jahon tillari universiteti talabasi, tahririyat amaliyotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶