OAV VAKILLARINING SAYYoR QABULI BÖLIB ÖTDI
Amudaryo tumani Oq oltin ovulida ommaviy axborot vositalari vakillarining sayyor qabuli bölib ötdi. Unda “Qoraqalpoğiston” telekanali muharrirlari, bölim boşliqlari hamda aholi vakillari iştirok etdilar. Mazkur tadbir aholining dolzarb muammolarini joyida örganiş, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni ijtimoiy muhokamaga olib çiqiş va ularning yeçimiga kömaklaşiş, “Qoraqalpoğiston” teleradiokanalini yanada rivojlantirişda xalqning fikrini va takliflarini tinglaş maqsadida taşkil etildi.
Sayyor qabulda “Qoraqalpoğiston” telekanali katta muharriri Altingul Oteniyazova, telekanalning Arxiv bölimi boşliği Paraxat Töreyev, telekanal muharrirlari Xurliman Maşaripova hamda Islam Dauletnazarovlar aholi bilan oçiq muloqot qildi.
Taʼkidlaş kerakki, Qoraqalpoğiston Respublikasi teleradiokanali mintaqaning ijtimoiy, madaniy va siyosiy hayotini yorituvçi muhim axborot manbalaridan biridir. Sönggi yillarda uşbu media tizimini modernizatsiya qiliş, texnik bazasini mustahkamlaş va professional kadrlar salohiyatini oşiriş böyiça qator işlar amalga oşirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining axborot siyosatini takomillaştiriş borasidagi taşabbuslari doirasida Qoraqalpoğiston teleradiokompaniyasining faoliyatini zamon talablari asosida taşkil etiş, kontent sifatini oşiriş hamda raqamli texnologiyalarni joriy qiliş böyiça keng kölamli işlar boşlab yuborildi.
Avvalo, telekanalning texnik imkoniyatlari tubdan yangilanmoqda. Yangi zamonaviy kameralar, montaj uskunalari, ovoz va video uzatiş texnologiyalari joriy etilişi orqali efir sifati sezilarli darajada oşdi. Bu esa nafaqat tomoşabinlar uçun qulaylik yaratmoqda, balki jurnalistlar va rejissyorlar uçun ham ijodiy imkoniyatlarni kengaytirmoqda.
Sayyor qabul davomida jurnalistlar telekanalni yanada rivojlantiriş yuzasidan aholi takliflarini tingladilar hamda rahbariyatga yetkaziş uçun qayd etib bordilar. Şuningdek, jarayon mobaynida turli sohalarga oid murojaatlarni tinglab, ularni yoritiş va mutasaddi taşkilotlar bilan hamkorlikda hal etiş böyiça iş olib bordilar. Qabulda asosan ijtimoiy infratuzilma, uy-joy masalalari, kommunal xizmatlar, bandlik, tibbiyot va taʼlim sohalariga oid murojaatlar kelib tuşdi.
Tadbirda qatnaşgan OAV vakillari aholining fikrini eşitibgina qolmay, joylardagi muammolarni jurnalistik suriştiruv orqali yoritiş, ularni keng jamoatçilikka havola etiş va muammolarga mutasaddilar eʼtiborini qaratiş borasida aniq rejalarni belgilab oldilar.
Şuningdek, qabul doirasida fuqarolarga ommaviy axborot vositalariga murojaat qiliş tartibi, axborot oliş huquqlari va matbuot erkinligi borasida tuşuntirişlar berildi.
Bu kabi sayyor qabullar, bir tomondan, xalq bilan oçiq muloqotni kuçaytirsa, boşqa tomondan, jurnalistlarning masʼuliyatini oşirib, jamiyatdagi muammolarni tezkor yoritiş va hal etişga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida OAV vakillari kelib tuşgan murojaatlar böyiça tahliliy materiallar tayyorlab, ularni tegişli rasmiy idoralarga yuboriş böyiça çora-tadbirlar belgilab olindi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶