45-sonli umumtaʼlim maktabida “Kasbiy rivojlaniş soati” maşğulotlari ötkazildi
Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 45-sonli umumtaʼlim maktabida “Kasbiy rivojlantiriş soati” loyihasi doirasida öqituvçilar uçun amaliy maşğulot — oçiq dars taşkil etildi. Bunday tadbirlar öqituvçilarning kasbiy mahoratlarini oşiriş, yangi innovatsion taʼlim usullari bilan taniştiriş va pedagogik faoliyatni takomillaştirişda muhim ahamiyatga ega. Oçiq darsda boşlanğiç sinf öqituvçilari faol iştirok etdi.
Tadbirda metodik yondaşuvlar va didaktik öyinlar orqali taʼlim jarayonining samaradorligini oşirişga eʼtibor qaratildi va zamonaviy taʼlim usullari va metodik yondaşuvlar namoyiş qilindi. Öqituvçilarga öz bilimlarini yangilaş, innovatsion öquv vositalari bilan tanişiş va ularni öz darslarida qöllaşga iştiyoqni oşirişga qaratilgan faoliyatlar olib borildi. Şu bilan birga, pedagogik faoliyatning samaradorligini oşirişga katta eʼtibor berildi, bu esa taʼlim jarayonida öquvçilarni faol va qiziqarli tarzda öqitiş imkoniyatlarini yaratadi.
Tadbirda boşlanğiç sinf öqituvçisi, yetakçi pedagog Dilfuza Abdurahmonova özining boy tajribasi va metodik yondaşuvlari orqali hamkasblari bilan tajriba almaşdi. Maşğulot davomida öqituvçilarga taʼlimga universal dizayn moduli asosida yondaşuv namoyiş etildi. Mazkur metod sinfdagi har bir öquvçining individual xususiyatlarini hisobga olişga qaratilgan bölib, nafaqat boşlanğiç sinfda, balki butun taʼlim tizimida tobora keng qöllanilmoqda.
Oçiq darsda, şuningdek, matematikani öqitişda yangi va innovatsion usullar namoyiş qilindi. Dilfuza Abdurahmonova “Baliq ovi”, “Sehrli sandiq” va “Issiq çoy” kabi taʼlim-tarbiya öyinlaridan foydalanib, taʼlim jarayonini qanday jonli va qiziqarli qiliş mumkinligini körsatdi. Uşbu metodlar öqituvçilarni öz darslarida didaktik öyinlarni qöllaşga ilhomlantirdi. Didaktik öyinlar yordamida darsning samaradorligi va öquvçilarning mavzuga bölgan qiziqişi oşadi. Öqituvçilar şu orqali öquvçilarning taʼlimga bölgan qiziqişini qanday oşiriş mumkinligini örgandilar.
“Kasbiy rivojlaniş soati” maşğulotlari pedagoglar örtasidagi özaro tajriba almaşiş, ilğor pedagogik usullar bilan tanişiş va amaliy könikmalarni mustahkamlaşga xizmat qilyapti. Har haftaning şanba kuni bayramona ruhda ötkaziladigan uşbu tadbirlar öqituvçilarni yangi bilimlar bilan taniştiradi va ularga innovatsion yondaşuvlarni qöllaş imkoniyatini yaratadi. Öqituvçilar özaro tajriba almaşib, öz işlarida yangiliklardan boxabar bölişadi. Bu, öz navbatida, taʼlim tizimining rivojlanişiga, öquvçilar uçun sifatli taʼlimni taʼminlaşga yordam beradi.
Dilfuza Abdurahmonovaning pedagogik malakasi va yangi metodlarni örganişga undovçi yondaşuvi, şuningdek, bolalar psixologiyasini çuqur anglaşga asoslangan pedagogik yondaşuvi hamkasblari uçun ibrat bölib xizmat qilyapti. Bu kabi tajriba almaşiş öqituvçilarning öz işlariga yondaşuvlarini yaxşilaş, ularga metodik jihatdan yangiliklarni özlaştirişga yordam beradi. Oçiq darslar pedagoglarning kasbiy rivojlanişiga va pedagogik faoliyatning samaradorligini oşirişga katta hissa qöşdi.
Boşlanğiç sinf öqituvçilari uçun taşkil etilgan bunday maşğulotlar öqituvçilarning kasbiy mahoratini yanada oşirişda muhim vosita bölişi şubhasiz.
Sevinç Ömirboyeva, Özbekiston jahon tillari universiteti talabasi, tahririyat amaliyotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶