“Ilm – eng buyuk şaraf!” şiori ostida “Sönggi qönğiroq” tadbirlari yuqori şukuhda ötdi
Yurtimiz böylab öquv yili yakunlanişi bilan anʼanaviy tarzda nişonlanadigan “Sönggi qönğiroq” bayrami bu yil barça umumtaʼlim maktablarida “Ilm – eng buyuk şaraf!” şiori ostida kötarinki ruhda, yuqori taşkiliy saviyada ötkazildi. Şu kuni maktab bitiruvçilari yuksak hayajon va bir olam orzular oğuşida jonajon maktabi bilan xayrlaşib, katta hayotga dadil qadam taşlaşdi.
Amudaryo tumandagi barça umumtaʼlim maktablarda uşbu tadbir uçun munosib tayyorgarlik körilib, “Sönggi qönğiroq” keçasi bayramona ruhda taşkil etildi. 22-sonli umumtaʼlim maktabida ötkazilgan tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov boşçiligida rahbarlar, nuroniy ustozlar, ota-onalar, keng jamoatçilik va OAV vakillari iştirok etişdi.
Tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov sözga çiqib, bitiruvçilar uçun bayramona tabriklar va samimiy tilaklar bildirdi. Tuman hokimi öz nutqida yoşlarga Vatan, xalq, ota-onalar va ustozlari oldidagi burçini çuqur anglab, kelajakda yetuk mutaxassis, el-yurtga munosib farzand bölib yetişişlariga tilakdoş ekanini taʼkidladi. Şuningdek, zamonaviy bilim oliş, texnologiyalarni egallaş va yurt ravnaqi yölida fidokorona xizmat qiliş yoşlar uçun asosiy maqsad bölişi lozimligini qayd etdi.
Taʼkidlaş joizki, tumanimizdagi barça maktablarda “Ilm – eng buyuk şaraf!” şiori ostida ötkazilgan tadbirlar davomida joriy öquv yilining sönggi qönğiroği yangradi. Davlat imtihonlaridan keyin 3480 nafar öquvçi yoşlarimiz yetuklik şahodatnomalarini olib, katta hayot sari yöllanma oladilar. Joriy öquv yilida tuman böyiça bitiruvçilarning 29 nafari oltin, 7 nafari kumuş medal bilan taqdirlangani yoşlarimizning bilimi va intiluvçanligi naqadar yuksak ekanidan dalolat beradi.
Qayd etib ötiş joizki, ötgan öquv yilida 22-sonli umumtaʼlim maktabining 11-sinfini 48 nafar öquvçi yoşlarimiz bitirib, şundan 38 nafari, yaʼni salkam 80 foizi oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilingan. Bu körsatkiç böyiça maktab tumanda 1-örinni egallagan. Joriy öquv yilida esa 11-sinfni 71 nafar öquvçi bitirmoqda.
Tadbirda sözga çiqqanlar bitiruvçilarga yangi Özbekistonda, zamonaviy şaroitlarda taʼlim-tarbiya olgan yoş avlod vakillari sifatida davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlab, ulardan yanada samarali foydalanişlari, yurt ravnaqi hamda Vatanimizning porloq kelajagi uçun munosib hissa qöşadigan avlod bölib voyaga yetişlari, hayotda öz örnini topişlari hamda Vatan uçun munosib farzand bölişlariga yuksak işonç bildirdi.
Tadbir davomida eng faol bitiruvçilarga va ularning ota-onalariga esdalik sovğalari hamda faxriy yorliqlar topşirildi.
Şuningdek, ijodiy jamoamiz bilan tumanimizdagi 36-, 40- sonli umumtaʼlim maktablaridagi “Ilm – eng buyuk şaraf” şiori ostidagi ötkazilayotgan “Sönggi qönğiroq” tadbirlariga taşrif çoğida bitiruvçi yoşlarning, maktablar jamoalarining his-hayajoni va quvonçlariga şerik böldik.
Katta hayot ostonasida turib, kelajak rejalarini tuzayotgan bitiruvçilar nigohlarida jonajon maktabi, ustozlari va sinfdoşlari bilan xayrlaşuv onlarining oğriqlari, şu bilan bir qatorda kelgusi mustaqil hayot oldidagi masʼuliyat va quvonç tuyğulari aks etib turar edi. Yuzlaridagi samimiyat, qalblaridagi orzular, köksidagi hayajon, közlaridagi yoş va lablaridagi tabassum bilan ramziy sönggi qönğiroqning unutilmas sadolari ostida maktab bilan xayrlaşayotgan yoşlar uşbu kunni bir umr xotiralarida saqlab qolişi şubhasiz.
Taʼkidlaş joizki, uşbu taʼlim maskanlari nafaqat tumanimiz, balki respublikamiz taʼlim sohasi rivojiga munosib hissa qöşib kelmoqda. Öquvçilarning turli yönalişlarda erişayotgan yutuqlari bilan bir qatorda maktablar pedagogik jamoasining hamjihatligi, öqituvçilarning respublika körik-tanlovlaridagi muvaffaqiyatlarini ham har qança eʼtirof etsak, arziydi. Tadbirlar doirasida taʼlim sohasida yuksak natijalarga erişayotgan ustozlar rağbatlantirilib, ularga yuksak ehtirom körsatildi.
Qayd etiş joizki, davlatimiz va hukumatimiz muhtaram Prezidentimiz tomonidan barça sohalarda oldinga qöyilayotgan katta maqsadlarga erişişning eng muhim omili sifatida taʼlim-tarbiya sohasiga juda katta ahamiyat bermoqda. Zero, kelgusi islohotlarning taşkilotçilari va ijroçilari bölmiş kadrlar aynan umumtaʼlim, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalarida tahsil oladi, tarbiyalanadi. Şu sababli ham yurtimizda bitiruvçi yoşlarni oliy taʼlim bilan qamrab oliş darajasi yil sayin ortib, 2024-yilda bu körsatkiç 53,6 foizga yetdi. Mazkur körsatkiçni joriy yilda 68 foizga, 2030-yilda esa 86 foizga yetkaziş rejalaştirilgan.
Fursatdan foydalanib, barça bitiruvçi yoşlarning oliy taʼlim muassasalariga öqişga kirişlariga, ilm-fan va kasb-hunar sirlarini puxta egallab, Vatanimizga xizmat qiladigan yetuk kadrlar bölib yetişişlariga tilakdoşmiz! Ularning öz oldlariga yuqori maqsadlar qöyib, doimo bilim va könikmalarini oşirib borişlari, yangi kasb-hunarlarni egallaşlari va eng asosiysi, maqsadlari sari tinmay harakat qilişlarida kuç-ğayrat va şijoat tilaymiz!
Örganiş, izlaniş va intilişdan, ilm olişdan aslo töxtamang, barçangizga sihat-salomatlik, işda va öqişda, şaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tilaymiz, aziz bitiruvçilar!
Mustaqil hayot sari taşlayotgan dadil qadamingiz qutluğ bölsin!
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶