Siz axborot berişga majbursiz, janob yoxud qonun bölsa ham imkoniyat yöqmi?
Oçiq va adolatli davlat qurişda ommaviy axborot vositalarining roli beqiyos. Ayniqsa, jamiyatni işonçli va haqqoniy axborot bilan taʼminlaşda jurnalistlarning axborot oliş huquqi hal qiluvçi ahamiyatga ega. Özbekiston Respublikasi qonunçiligida mazkur huquq mustahkam himoyalangan. Konstitutsiyada ham, sohaviy qonunlarda ham axborot erkinligi belgilab qöyilgan. Ammo amaliyotda nima kuzatilmoqda? Jurnalist maʼlumot söraydi, qoniqarli javob ololmaydi. Axborot talab qiladi, bahona eşitadi. Qonun bor – lekin baʼzi mansabdorlar uni pisand qilmaydi. Axborotga erişiş jarayonida yuzaga kelayotgan “sunʼiy devor”lar ommaviy axborot vositalarining samarali faoliyatiga tösqinlik qilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasida har kimning axborot oliş huquqi kafolatlangan. 81-moddaga köra, ommaviy axborot vositalari erkin bölib, davlat ularning axborotni izlaş, oliş va tarqatiş huquqini himoya qiladi. 82-moddada esa tsenzuraga yöl qöyilmasligi qatʼiy belgilangan. Bundan taşqari, “Axborot oliş kafolatlari va erkinliklari töğrisida”, “Ommaviy axborot vositalari töğrisida”, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qiliş töğrisida”gi va boşqa şu kabi qonunlar ham jurnalistlarning axborot izlaş va söraş huquqini qonuniy yöl bilan taʼminlaydi.
Biroq, hayotda röy berayotgan voqelik boşqaçaroq. Davlat idoralari köpinça jurnalist murojaatiga javob berişdan qoçadi. Baʼzi hollarda javob keçiktiriladi, boşqalarida esa umumiy, mazmunsiz va foydalanişga yaroqsiz maʼlumot taqdim etiladi. Bu esa jurnalistning haqiqiy manzarani oçib beriş imkonini çeklaydi.
Bu muammoning sabablari köp qirrali. Menimça, ayrim davlat taşkilotlari hali ham axborot erkinligini xavf sifatida qabul qiladi. Ular jamoatçilik bilan oçiq muloqot qilişga tayyor emas. Şu bilan birga, haddan taşqari qoğozbozlik, qaror qabul qilişdagi sustlik, masʼuliyatsizlik kabi byurokratik tösiqlar hali ham hukm surmoqda. Bundan taşqari, axborot tayyorlaş madaniyati yetarli darajada şakllanmagan. Köplab taşkilotlarda iş yurituvçi xodimlar yozma nutqda savodsiz, jurnalist sörovlariga beparvo munosabatda bölişadi. Şu sababli sörovlarga şablon, umumiy, heç qanday ahamiyat kasb etmaydigan javoblar qaytariladi.
Oldingi haftaning özida men mahalliy taşkilotlardan biridan muhim mavzuda axborot söradim. Avvaliga “beramiz” deyişdi. Keyin jimlik. Javob bölmadi. Yoki berilgan taqdirda ham, faqat umumiy raqamlar, tuşunarsiz gap-sözlar... Afsuski, baʼzan şunday “ehson” uçun ham quvonib qolamiz. Lekin bu axborot emas! Bu faktlarga asoslangan öqişli material tayyorlaş imkonini bermaydigan, jamiyatni haqiqatdan uzoqlaştiradigan maʼlumot parçasi, xolos.
Oxirgi yillarda davlat taşkilotlarida matbuot kotiblari faoliyat yuritmoqda. Ular ommaviy axborot vositalari bilan aloqada böladigan köprik vazifasini ötaşi lozim. Biroq, köp hollarda ular telefon qönğiroqlariga javob bermaslik, sörovlarga munosabat bildirmaslik, yoki eng kamida javobni keçiktiriş kabi xatti-harakatlar bilan öz majburiyatlariga masʼuliyatsizlik qilişmoqda. Bu esa jurnalistning işini samarasiz, jamiyatni esa haqiqatdan benasib qoldiradi.
Axborot berilmasligi – bu faqat jurnalist uçun emas, butun jamiyat uçun zarar yetkazadi. Şu sababdan jinoyatlar, korruptsiya holatlari yillar davomida yaşirin qoldi, davlat mablağlari qay holda va nimalarga sarflanişidan jamoatçilik xabardor bölmadi. Oqibatda esa jamiyatda davlat tizimiga işonç pasaydi. Agar jurnalist töliq va haqqoniy maʼlumot bilan taʼminlanmasa, haqiqatni yoritiş imkoniyatiga ega bölmaydi. Haqiqat yoritilmasa, adolat qaror topmaydi va jamiyatda tengsizlik kuçayadi.
Aslida jurnalist axborotni oliş uçun iltimos qilmasligi kerak. U qonuniy asosda axborotni olişga haqli. Lekin köplab taşkilotlar hanuz bu haqiqatni anglamay kelmoqda. Ular uçun axborot beriş vazifa emas, ixtiyoriy yordamdek tasavvur qilinadi. Holbuki, jurnalist huquqlari davlat organlari, ularning mansabdor şaxslari tomonidan buzilişi — qonunga zid harakatdir va javobgarlikka sabab böladi.
Ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar haqiqatni jamiyatga yetkazuvçi asosiy omil hisoblanadi. Axborot esa kuç. Lekin bu kuç yaşirilsa, haqiqat jim böladi. Axborot jamiyatda ijtimoiy fikr şakllanişi, jarayonlarni tahlil qiliş va fikr yuritiş uçun xizmat qiladi. Oçiq axborotni yaşiriş orqali faqat jurnalist emas, butun jamiyat notöğri maʼlumot asosida fikr yuritişga majbur böladi. Bunday jamiyatda haqiqat sukut saqlaydi.
Şuning uçun ham axborot siyosatini qayta körib çiqiş, javobgarlikni kuçaytiriş, media bilan işlaş madaniyatini şakllantiriş, davlat organlaridagi masʼul şaxslarni media savodxonlik va axborot berişga oid amaliy könikmalar bilan taʼminlalaş davr talabi hisoblanadi.
Jurnalistlar heç kimdan yolvorib axborot söraşga majbur emas. Ular qonunga tayanib faoliyat yuritadi. Qoğozda yozilgan qonunlar esa amalda hamaga birday işlaşi kerak. Çunki bizga “sunʼiy devor”lar emas, haqiqat kerak.
Şohzod Qurbonboyev, jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶