Tuproqning kelib çiqişi va xususiyatlari haqida bilasizmi?
Yer sayyorasi taxminan 3,5 milliard yil avval paydo bölgan. Tuproq qanday paydo bölgani haqida turli fikrlar mavjud. Dekart hamda Kant Laplas gipotezalariga asoslansak, tuproq mayda zarraçalar va çanglarning yiğilişi natijasida vujudga kelgan. Yer sayyorasida tuproqlarning şakllanişi atrof-muhit va organik dunyo – yaʼni ösimliklar hamda hayvonot olamining paydo bölişi bilan uzviy boğlangan.
Sayyoramizning geologik rivojlaniş bosqiçlarida iqlim bilan bir qatorda organik dunyo va tuproqlar ham özgarib borgan. Agar siz turli hududlardagi tuproq namunalarini maxsus adabiyotlarda berilgan rasmlar bilan taqqoslab körsangiz, turli mintaqalarda hatto bir xil tabiiy şaroitga ega joylarda turliça tus va tarkibga ega tuproqlarni körişingiz mumkin. Qiziği şundaki, bir xil iqlim va relefga ega joylarda ham turli körinişdagi tuproqlar tarqalgan. Bunga asosiy sabab – insonlarning xöjalik faoliyatidir. Ilm va texnika bilan qurollangan inson juda qisqa vaqt içida tuproqni tubdan özgartirib yubora oladi.
Tuproqni turlarga ajratişda tabiiy holda hosil bölgan tuproq alohida, inson faoliyati natijasida özgargan tuproq esa alohida körib çiqiladi. Özbekiston qonunçiligida belgilanganidek, yerdan oqilona foydalaniş va uni muhofaza qiliş – xalqimiz hayoti, farovonligi hamda mamlakat taraqqiyoti uçun asosiy omil hisoblanadi.
Toğ jinslarining nuraşi va ona jinslarning hosil bölişi jarayonida tuproqda xlorli, sulfatli, karbonatli va magniyli tuzlar töplanadi. Ulardan suvda tez eruvçi moddalar tuproqning pastki qatlamlariga yoki pastqam joylarga yuvilib ketadi. Erimaydigan tuzlar esa tuproqda birikma holda saqlanib qoladi. Quruq iqlim şaroitida tez eruvçi tuzlar kapillyarlar orqali yer osti qatlamlaridan yer yuziga harakatlansa, köp yoğinli, nam iqlim şaroitida esa pastga tomon harakat qiladi. Şuning uçun ham quruq iqlimli hududlarda şör tuproqlar keng tarqalgan böladi.
Tuproqning tarkibi, asosan, uç qismdan iborat bölib, ular bir-biri bilan uzviy boğlangan. Birinçisi — ona jins bölib, har bir hududga xos bölgan toğ jinslaridan iborat. Bu jinslar tuproqning asosiy fizik-kimyoviy xususiyatlarini belgilaydi. Ikkinçisi — organik moddalardir. Ular ösimlik va hayvon qoldiqlari, mikroorganizmlar, tuproqda yaşovçi haşarotlar hamda çirindidan taşkil topib, tuproqning unumdorligini oşiradi va biologik faolligini taʼminlaydi. Uçinçisi — tuproq eritmasi bölib, ösimliklar uçun zarur bölgan elementlar va moddalarning erigan holdagi şaklida yer qatlamida mavjud böladi. Bu eritma ösimliklarni ozuqa moddalari bilan taʼminlab, ularning ösişiga xizmat qiladi. Şu uç omil tuproqning asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Örta Osiyoda turli xil tuproq turlari keng tarqalgan bölib, ular tabiiy-iqlim şaroiti va relefga qarab farq qiladi. Xususan, çöl tuproqlari – sur tusli qönğir tuproqlar, taqir va taqirli tuproqlar, çöllarning qumli tuproqlari hamda ötloq-allyuvial tuproqlardan iborat. Şuningdek, mintaqada böz tuproqlar, toğ-örmon-daşt tuproqlari va baland toğ tuproqlari ham uçraydi.
Tuproqlar turliça fizik va kimyoviy özgarişlarga uçraydi. Masalan, suv eroziyasi — oqar suvlar taʼsirida tuproqning yuvilişi va yemirilişi jarayoni hisoblanadi. Şu bilan birga, voha tuproqlari çöl va çala çöl hududlarda sunʼiy suğoriş yöli bilan dehqonçilikka yaroqli qilib çiqilgan unumdor yerlardir.
Şamol taʼsiridagi yer yuzasida sodir böladigan jarayon esa deflyatsiya deb ataladi. Bu atama lotinça deflyato — öçiriş sözidan olingan bölib, şamol eroziyasi natijasida tuproq zarraçalarining köçişi va yuza qatlamining yöqolişini anglatadi.
Tuproq hosil bölişidagi asosiy omillardan biri — ona jinsdir. U tuproqning asosiy fizik-kimyoviy xususiyatlarini belgilaydigan asosiy toğ jinsi hisoblanadi. Taqir yer esa pastqamliklarda hosil bölgan, yuzasi qatqaloqlaşgan, köpinça şörlangan va öziga xos namlik xususiyatiga ega yerlarni anglatadi.
Umuman olganda, tuproq — unumdorlik xususiyatiga ega bölgan, murakkab tarkibli tabiiy hosila bölib, u inson hayoti va xöjalik faoliyati uçun beqiyos ahamiyatga ega.
Nazokat Abdullayeva, 16-sonli umumtaʼlim maktabning geografiya fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶