28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:08
Jamiyat 👁 344

Oila – jamiyat tayanchi va maʼnaviyat beshigidir

Oila – jamiyat tayanchi va maʼnaviyat beshigidir

Inson hayotining eng muhim qismi, jamiyatning kichik boʻgʻini, ijtimoiy-madaniy tizimning asosi – bu oiladir. Har bir insonning shakllanishi, hayotda oʻz oʻrnini topishi, el-yurt hurmatiga sazovor boʻlishi avvalo u ulgʻayadigan oiladagi muhitga bogʻliq. Chunki aynan oila – bu hayotning davomiyligini taʼminlovchi shaxs kamol topadigan makondir. Unda milliy madaniyat, urf-odatlar, axloqiy qadriyatlar asrab-avaylanadi, avloddan-avlodga oʻtadi. Shuning uchun ham oila bekorga jamiyatning kichik modeli deb atalmaydi. Jamiyatda boʻlgani kabi, unda ham oʻz rahbari, masʼul aʼzolari va oʻzaro vazifalar taqsimoti mavjud.

Oila – inson tarbiyasining ilk maskani sanaladi. Bu maskanda bolada shakllanishi lozim boʻlgan barcha insoniy jihatlar, axloqiy fazilatlar, qadriyatlar va dunyoqarash tarbiyalanadi. Oila – hayot maktabi hisoblanadi. Shu bois, oilaviy tarbiya masalasida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun har bir xonadonda maʼnaviy muhit oʻzaro hurmat, axloq-odob va insoniy munosabatlar asosida shakllanishi ayni muddaodir.

Maʼlumki, sogʻlom va mustahkam oila poydevori turmush qurmoqchi boʻlgan yigit va qizning bir-biriga munosib ekani bilan belgilanadi. Boʻlajak ota-onaning salomatligi, nasl-nasabi, dunyoqarashi, axloqiy qarashlarining uygʻunligi, eng muhimi, turmush qurishga har tomonlama tayyorligi farzand tarbiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Sohibqiron Amir Temurning oʻgʻil uylantirishdan tortib, nabiralarini tarbiyalashgacha shaxsan oʻzi alohida eʼtibor bergani bejiz emas.

Har qanday davlatning kuch-qudrati – sogʻlom fikrli, bilimli, Vatan va xalq taqdiriga befarq boʻlmagan, maʼnaviy barkamol farzandlar bilan oʻlchanadi. Ayniqsa, biz mansub boʻlgan Sharq xalqlari uchun oila shaʼni va obroʻsini asrash, uni har qanday xavf-xatardan himoya qilish har bir aʼzoning nafaqat burchi, balki muqaddas qarzidir. “Oila – muqaddas dargoh” degan ibora zamirida aynan shu yuksak maʼnaviyat, shaʼn va oriyat yotadi.

Yurtimizda oila institutini mustahkamlash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Oila mustahkamligi koʻplab omillarga bogʻliq boʻlib, avvalo, har bir xonadon moddiy jihatdan taʼminlangan boʻlishi zarur. Buning uchun esa oila masʼullari oʻz kasbi va salohiyatiga mos mehnat qilishi, farzandlarining farovon hayotini taʼminlashga harakat qilishi lozim. Shuningdek, oila barqarorligi undagi maʼnaviy muhitga ham chambarchas bogʻliq. Bu muhitning sogʻlom boʻlishi uchun yurtimizda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari, sport inshootlari, madaniyat va sanʼat markazlari bolalarning barkamol shaxs sifatida voyaga yetishida muhim oʻrin tutmoqda.

Baxt-saodatni faqat boylik va mol-dunyo bilan bogʻlash toʻgʻri emas. Axloqli, bilimli, mehnatsevar, imon-eʼtiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning bebaho boyligidir. Demak, shaxs kamoloti oila muhitiga, undagi tarbiya uslubiga, ota-onaning oʻz vazifalariga qanday munosabatda boʻlishiga bevosita bogʻliq. Xonadondagi har bir aʼzoning oʻz burchiga masʼuliyat bilan yondashuvi – oilaning mustahkamligiga, natijada esa jamiyat barqarorligi va farovonligiga olib keladigan muhim omildir.

Habiba Kushayeva, 67-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.

Foto - gov.uz

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026