12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:56
Fan va taʼlim 👁 344

26-SONLI MAKTABDA "DOLZARB 90 KUN" LOYIHASI MUVAFFAQIYaTLI AMALGA OŞIRILMOQDA

26-SONLI MAKTABDA "DOLZARB 90 KUN" LOYIHASI MUVAFFAQIYaTLI AMALGA OŞIRILMOQDA

Taʼlim va tarbiya işlarida qaçon muvaffaqiyatga erişiladi? Albatta, milliy-maʼnaviy qadriyatlar bilan taʼlim-tarbiyaviy işlarning özaro uyğunligida! Bola ongiga nazariy, ilmiy tafakkurni qançalik zör berib singdirişga harakat qilmang, unda maʼnaviy ruh bölmasa, bolaning özini anglaş qobiliyati sustligiça qolaveradi. Şu bois, mamlakatimizda yoşlarga oid davlat siyosatini hayotga keng joriy etişda maʼnaviyat bilan maʼrifat – taʼlimning uzviyligiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Ösib kelayotgan yoş avlodning milliy özlikni anglaş, ularni öz qiziqişlari va qobiliyatlari doirasida rivojlantiriş, bobomeros qadriyatlarga hurmat va ehtirom, vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş borasidagi çora-tadbirlar, böş vaqtlarini mazmunli ötkazişga xizmat qiluvçi saʼy-harakatlarning barçasi ana şu mezonlar asosida amalga oşiriladi. Ayniqsa, bu kabi işlar umumtaʼlim maktablari öquvçilarining yozgi taʼtil mavsumini mazmunli ötkazişga qaratilgan rejaviy tadbirlarda yaqqol namoyon böladi.

Butun mamlakatimizda bölgani kabi Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablari öquvçilari ham 2024-2025 öquv yilining yozgi taʼtil damlarini biri-biridan qiziqarli köngiloçar tadbirlar, turli sport musobaqalari, keksa avlod vakillari bilan uçraşuvlar va davra suhbatlarida iştirok etiş, taʼtil vaqtida taşkillaştirilgan tögaraklar maşğulotlarida qatnaşiş orqali yoqimli va köngilli tarzda ötkazişmoqda.

Prezidentimiz taşabbuslari bilan yoşlar hayotiga keng joriy etilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlarda öquvçi-yoşlar nafaqat intiliş va qiziqişlari, balki iqtidor va qobiliyatlarini, şu bilan birga milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizga bölgan çeksiz hurmat-eʼtiborlarini amalda namoyon etişmoqda.

Joriy yilning 5-iyun sanasida Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 26-sonli umumtaʼlim maktabida “Biz kelajak bunyodkorlarimiz!” şiori ostida bölib ötgan maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-musiqiy tadbir özining tarbiyaviy va taʼlimiy hamda ösib kelayotgan yoş avlodni yuksak maʼnaviyat sari undovçi daʼvatkor ruhda taşkillaştirilgani bilan iştirokçilarga yorqin taassurotlar bağişladi.

Tadbir avvalida mazkur taʼlim muassasasida taşkil qilingan ingliz tili va matematika tögaraklari aʼzolarining 2024-2025 öquv yili davomida erişgan yutuqlari, şuningdek, mazkur tögaraklarda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi taʼtil paytida amalga oşirilişi rejalaştirilgan taʼlimiy dasturlar hamda yangiliklar namoyiş etildi.

Şuningdek, şaxmat-şaşka tögaraklari faoliyati haqida hikoya qiluvçi lavhalar, maktab havaskor teatr jamoasi tomonidan tayyorlangan qöğirçoq teatri spektakllari tadbir iştirokçilarining samimiy olqişlari bilan kutib olindi. Ayniqsa, maktabning masʼul öqituvçilari tomonidan zamonaviy kasb-hunarlar xususida taqdim etilgan maʼlumotlar öquvçi-yoşlarda katta qiziqiş uyğotdi.

Bundan taşqari, yozgi taʼtil davrida öquvçi-yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişga qaratilgan va ularning intiliş va qobiliyatlarini yuzaga çiqarişlarini taʼminlaşga xizmat qiluvçi interaktiv treninglar ham taşkil etilmoqda. Maktabning yuqori sinf öquvçilaridan iborat “Pazanda qizlar” tögaragi aʼzolari karving usulida turli xil meva va sabzavotlardan vitaminga boy salatlar, assortilar tayyorlaşdi.

“Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan taʼlim muassasasida taşkil qilingan biçiş-tikiş, töqiş tögaraklari aʼzolarining amaliy işlari ham körgazma sifatida namoyiş etildi. Mazkur körgazma maktab öquvçilarining öz kelajagiga befarq bölmagan masʼuliyatli, bilimdon, intiluvçan yoşlar sifatida voyaga yetayotganining amaliy ifodasi böldi.

Maktabda bölib ötgan “Dolzarb 90 kun” doirasidagi tadbir tört avlod vakillarini yagona bir maqsad – ösib kelayotgan yoş avlodni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalaşdek ezgu maqsad yölida bir davraga jamlagani bilan juda katta maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi.

“Biz kelajak bunyodkorlarimiz!” şiori ostida ötgan tadbir 26-sonli maktabni 1985-yilda tamomlagan sobiq öquvçilar, ularga taʼlim-tarbiya bergan katta avlod vakillari – faxriy öqituvçilar, maktabni joriy öquv yilida tamomlayotgan bitiruvçilar hamda muassasada tahsilni davom ettirayotgan va yozgi taʼtilda maroqli dam olayotgan öquvçi-yoşlarning samimiy, dildan muloqotlari bilan iştirokçilarga yanada jöşqin va kötarinki kayfiyat ulaşdi.

Tadbirda iştirok etgan “Nuroniy” jamğarmasi Amudaryo tuman bölinmasi jamoatçilik Kengaşi raisi Bekman Allamberganov, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Islom Matkarimov hamda Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi xodimi Zafar Abdullayevlar 26-sonli maktab pedagogika jamoasi bilan ota-onalarning özaro hamkorligi öquvçi-yoşlarning intilişlarida, amalga oşirilayotgan ijobiy işlarda öz aksini topayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Tadbir maktabda taşkil qilingan badiiy havaskorlar jamoasi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etdi va sanʼatga oşno öquvçi-yoşlar ijrosidagi ona Vatan, döstlik va tinçlikni, ezgulikni madh etuvçi kuy-qöşiqlar, dilbar raqslar barçaga quvonç, xuş kayfiyat ulaşdi.

ROBIYa YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026