“Qaldirğoç” bolalar oromgohida bolajonlar yozgi taʼtilning har bir kunini mazmunli ötkazişmoqda
Qiliçboy zamini Amudaryo tumanining tabiati gözal va sölim göşalaridan biri. Ayniqsa, özining musaffo havosi, serhosil boğ-u çamanlari, yöl böylarida saf tortgan osmonöpar teraklari-yu yam-yaşil arçazorlari bilan köngillarni rom etuvçi Dörman qişloği manzaralari bu hududda bir bora bölgan kişining xotirasida abadiy saqlanib qoladi. Qöşni tumanlardan, Xorazm viloyati va Qoraqalpoğistonning turli hududlaridan Dörmanga taşrif buyurgan mehmonlar bu maftunkor qişloqni bekorga: “Amudaryo tumanining marvaridi” deb ataşmagan. Turli sanalar munosabati bilan ötkaziladigan tuman miqyosidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bu gözal oşyonga yanada fusunkorlik bağişlaşi ham şundan!
Qişloq markazidagi 84-sonli umumtaʼlim maktabi binosida deyarli har yili yoz oylarida taşkil etiladigan va Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablari öquvçi-yoşlarini öz bağriga oladigan “Qaldirğoç” oromgohi esa qişloq tonglariga fayz, köngillarga kötarinki kayfiyat bağişlaydi. Çunki oromgohda dam olayotgan bolalarning quvnoq kulgulari, ular iştirokidagi madaniy-musiqiy dam oliş dasturlari, intellektual öyinlar, sport musobaqalari ötayotgan har bir kunga öziga xos maʼno-mazmun olib kiradi.
Ayni paytda paytda “Qaldirğoç” bolalar oromgohining birinçi mavsumida tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablaridan 7 yoşdan 14 yoşgaça bölgan 100 nafar bolalar yozgi taʼtilni maroqli ötkazişmoqda. Yozgi taʼtil davrida, 5ta mavsumda 500 nafar bolani öz bağriga oliş va ularni milliy-maʼnaviy qadriyatlar asosida tarbiyalaş, muhtaram Prezidentimiz taşabbusi bilan butun mamlakatimiz böylab keng quloç yoygan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida taʼlimiy va tarbiyaviy tadbirlar taşkil etiş orqali öquvçi-yoşlarning intellektual salohiyatini yuksaltirişga qaratilgan rejaviy tadbirlar işlab çiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda. Oromgohda bolalarning har bir kunni köngilli ötkazişlari uçun barça şaroitlar yaratilgan.
Xususan, ularning intellektual salohiyatlarini rivojlantiriş, iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga çiqariş, aqlan va jismonan yetuklik sari qöygan har bir qadamini rağbatlantiriş maqsadida taşkil etilgan turli yönalişlardagi tögaraklar faoliyati yölga qöyilgan bölib, bu tögaraklarda 12 nafar malakali pedagoglar tomonidan qiziqarli maşğulotlar olib boriladi. Şuningdek, tarbiyalanuvçilarning osoyiştaligini taʼminlaş, salomatligini muhofaza qiliş maqsadida tibbiy xodimlar, tuman Içki işlar bölimi va Milliy gvardiya xodimlari ham jalb qilingan.
Oromgoh tarbiyalanuvçilarining böş vaqtlarini mazmunli ötkazişga qaratilgan kitobxonlik keçalari, taniqli şoir va yozuvçilar bilan uçraşuvlar bolalarbop kitob jamğarmasiga boy oromgoh kutubxonasida ötkaziladi. Maʼnaviy-maʼrifiy mavzudagi uçraşuvlar va davra suhbatlarida tarbiyalanuvçilar faol iştirok etişib, albatta, tadbir mehmonlariga ona Vatanni, mustaqillikni, döstlik va tinçlikni, millatlararo totuvlikni madh etuvçi şeʼrlar, qöşiqlar aytib berişadi.
“Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan taşkil etilgan biçiş-tikiş va töqiş tögaragi maşğulotlari esa uşbu hunarga qiziquvçi qiz bolalarni kasb-hunarga yönaltiriş, ularning bu boradagi qiziqişlarini rağbatlantiriş imkonini bermoqda.
Şuningdek, oromgohda ötkaziladigan turli sport musobaqalari, madaniy dam oliş dasturlari, tuman Madaniyat bölimi tasarrufidagi madaniyat markazlari sanʼatkorlari tomonidan namoyiş etiladigan köngiloçar kontsert dasturlari bolalarning maroqli dam olişlarini taʼminlamoqda.
Ayniqsa, ona tabiat bağriga sayr, tumanning tarixiy joylariga, “Çilpiq” qalʼa-qörğoniga, Amudaryo ustiga qurilgan Döstlik köprigi hamda Amudaryo tarixiy-ölkaşunoslik muzeyiga uyuştirilayotgan sayohatlar bolalar qalbida ona tabiatga mehr, Vatanga muhabbat, milliy-maʼnaviy qadriyatlarga çuqur hurmat va ehtirom tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qilayotgani yanada quvonarli.
Şuningdek, oromgohda bolalarining sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanayotgani, oromgoh pazandalarining öz işiga masʼuliyat bilan yondaşayotgani bois, tarbiyalanuvçilar şinam va orasta oşxonada taomlanib, ozoda, havosi möʼtadil oromxonalarda dam olib, har bir kunini mazmunli ötkazişmoqda.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶