Hududning ijtimoiy qalqoni: Durunki mahallasidagi ijtimoiy xodim faoliyatiga bir nazar
Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qiliş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biridir. Sönggi yillarda bu borada keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. "Inson qadri uçun" tamoyili asosida tizimli işlar yölga qöyildi. Xususan, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" tizimi joriy etilib, ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam va nafaqalar tayinlaş jarayoni şaffoflaşdi. "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoşlar daftari" orqali aholining kambağal qatlamlari, işsizlar, nogironligi bor şaxslar va xotin-qizlar manzilli qöllab-quvvatlanmoqda. Ijtimoiy xodimlar institutining joriy etilişi esa mahallalardagi muammolarni bevosita örganiş va ularga yeçim topiş imkonini bermoqda. Bu kabi çora-tadbirlar aholining turmuş darajasini yaxşilaşga va ijtimoiy adolatni taʼminlaşga xizmat qilmoqda.
Amudaryo tumanining Durunki mahallasida 661 xonadonda 988 ta oila, ular tarkibida jami 3 ming 832 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallaning ijtimoiy xodimi Mariyaş Kartbayeva ham öz işiga çuqur va ijobiy yondaşgan holda, nafaqat hududda ijtimoiy himoyaga oid davlat siyosatini amalga oşiradi, balki har bir fuqaroning hayotini yaxşilaşga intiladi.
Ijtimoiy xodimning asosiy funktsiyalaridan biri aholining ijtimoiy xizmat va yordamlar, şuningdek, ijtimoiy iş faoliyati böyiça xabardorligini oşirişdan iboratdir. Durunki mahallasi ijtimoiy xodimi ham aholiga ijtimoiy himoya sohasida qabul qilingan qonun va qarorlar, dasturlar hamda normativ-huquqiy hujjatlar böyiça muntazam ravişda axborot berib boradi. U fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik örnatgan holda, huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy tarğibot işlarini taşkil qilib, aholiga öz huquqlari va imkoniyatlardan foydalaniş yöllari haqida maʼlumotlar berib boradi.
Mahalladagi har bir xonadon va oilaning ahvolini örganiş, ularning ijtimoiy xizmatlar va yordamga bölgan ehtiyojini baholaş ijtimoiy xodimning yana bir muhim vazifasidir. Durunki mahallasida 6 nafar özgalar parvarişiga muhtoj, yolğiz yaşovçi keksalar, 110 nafar nogironligi bölgan şaxslar röyxatga olingan. Şundan 12 nafari I guruh, 81 nafari II guruh, 4 nafari III guruh nogironi, 13 nafari esa nogironligi bölgan bolalardir.
Ijtimoiy xodim tomonidan 2024-yil 1-dekabrdan hozirgi kunga qadar 10 ta oilaga ijtimoiy iş oçilgan. Hududda yaşovçi 2 nafar bolaning nogironligi rasmiylaştirilgan va nafaqa tayinlangan. Bundan taşqari, ijtimoiy xodim tomonidan nogironligi bölgan şaxslarga, iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi şaxslarga nafaqa va pensiya tayinlaş uçun arizalar kiritiladi. Zarurat tuğilganda, tezkor yordam taşkil etilib, keçiktirib bölmaydigan holatlarda tegişli vakolatli davlat organlari zudlik bilan xabardor qilinadi.
Durunki mahallasi ijtimoiy xodimi Mariyaş Kartbayeva mahalla fuqarolar yiğini raisi, hokim yordamçisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoşlar yetakçisi va soliq inspektori bilan birgalikda mahallada örganişlar ötkazib, aholini ijtimoiy himoya qilişga doir davlat siyosatini mahalla darajasida amaliyotga tatbiq qilişda faollik körsatmoqda.
Bolalarni ijtimoiy himoya qilişda ham ijtimoiy xodimning hissasi katta. Mariyaş Kartayevaning saʼy-harakatlari bilan Durunki mahallasida yaşovçi 12 nafar bola vasiylik va homiylikka olingan. Qolaversa, ota-onasi xorijga ketgan 5 nafar bolaga vasiy tayinlangan. U yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni öz oilasiga olişi mumkin bölgan şaxslar röyxatini şakllantirişga, hayoti va soğliğiga bevosita xavf mavjud bölgan bolalar töğrisidagi maʼlumotlarni tegişli vakolatli davlat organlariga yuborişga alohida eʼtibor bilan yondaşadi. Şuningdek, tazyiq va zöravonlikka uçragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş markaziga joylaştiriş ham ijtimoiy xodimning vakolatiga kiradi.
Durunki mahallasida 92 ta kam taʼminlangan oila va 44 ta kambağal oila röyxatga olingan bölib, ijtimoiy xodimning baholaş natijalariga köra tezkor, qisqa va uzoq muddatli individual ijtimoiy xizmatlar rejasi tuzilgan. Rejadagi belgilangan xizmatlar mazmunidan kelib çiqib, tegişli vakolatli organlarning mutaxassislari jalb qilingan va kam taʼminlangan oilalarning bolalari uçun nafaqa va moddiy yordam tayinlaş, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etiş töğrisida maʼlumotnomalar oliş böyiça arizalar kiritilgan.
Ijtimoiy xodim “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida hisobda turgan ijtimoiy xizmat va yordamlardan foydalanuvçilarga körsatilayotgan xizmatlarning monitoringini ham olib boradi.
Xulosa qilib aytganda, Durunki mahallasi ijtimoiy xodimi Mariyaş Kartbayeva faqat Nizomda belgilangan vazifalarni bajaribgina qolmay, mahalla aholisining hayot sifatini yaxşilaş, ijtimoiy adolatni taʼminlaş, muhtojlarga kömak beriş orqali davlat siyosatining insonparvarlik tamoyillarini amalda namoyon etmoqda. Mamlakatimiz böylab mahallalarda iş yuritayotgan u kabi yuzlab ijtimoiy xodimlarning samarali faoliyati esa fuqarolarning farovonligi va jamiyatning barqaror rivojlanişida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶