Nukus şahrida iqlim özgarişi va ekologik barqarorlik böyiça xalqaro seminar-trening ötkazildi
Sönggi yillarda iqlim özgarişi butun dunyoda dolzarb muammoga aylandi. Uşbu jarayon qişloq xöjaligi, iqtisodiyot, atrof-muhit va inson salomatligiga salbiy taʼsir körsatmoqda. Ayniqsa, ekologik muvozanatni saqlaş va yer hamda suv resurslaridan oqilona foydalaniş borasida jiddiy yondaşuv talab etilmoqda.
Mana şunday şaroitda, joriy yil 13-iyun kuni Nukus şahridagi “Oq quş” kompleksida “Özbekistonda iqlim özgarişi şaroitida aqlli qişloq xöjaligi” mavzusida xalqaro seminar-trening öz işini boşladi. Ikki kun davom etgan mazkur tadbir iqlim özgarişi şaroitida qişloq xöjaligini rivojlantiriş, ekologik barqarorlikni taʼminlaş va zamonaviy, innovatsion yondaşuvlar asosida “aqlli qişloq xöjaligi”ni joriy etiş masalalariga bağişlandi.
Seminarning oçiliş marosimida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisining örinbosari Rustam Saparbayev sözga çiqib, mazkur tadbir mintaqadagi dolzarb muammolarni ilmiy-amaliy yondaşuv asosida hal etişda muhim örin tutişi haqida alohida töxtalib ötdi.
Şuningdek, tadbirda Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Alişer Şukurov, Jahon bankining qişloq xöjaligi böyiça katta iqtisodçisi, doktor Piyerre Gerber, Qişloq xöjaligida fan va innovatsiyalar milliy markazi direktori, professor Şodmon Namozov, Toşkent davlat agrar universiteti rektori, professor Narzulla Oblomuradov, Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori Berdiyor Jöllibekovlar ham sözga çiqib, iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş, ekologik barqarorlikni taʼminlaş va bu sohadagi ilmiy hamkorliklar ahamiyati haqida fikr bildirişdi.
Seminar davomida iqlim özgarişining qişloq xöjaligi, bozor iqtisodiyoti, aholi salomatligi, tuproq va ekologik tizimlarga salbiy taʼsiri haqida mutaxassislar öz maʼruzalarini taqdim etişdi. Jahon va mahalliy tajribalarga asoslangan holda iqlim özgarişini yumşatiş, suv va yer resurslaridan oqilona foydalaniş, “aqlli qişloq xöjaligi”ni joriy etiş borasida amaliy taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.
Seminarning ikkinçi kuni — 14-iyun sanasida iştirokçilar uçun amaliy sayohat taşkil etildi. Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori Berdiyor Jöllibekov boşçiligida iştirokçilar Möynoq tumaniga taşrif buyurişdi. U yerda avvalambor 1990-yillarda qurigan Orol dengizi tubiga ekilgan saksovul maydonlari közdan keçirildi. Mazkur hududdagi ösimliklarning ösiş jarayoniga taʼsir etuvçi salbiy omillar muhokama qilindi.
Şuningdek, Orol tubida taşkil etilgan maxsus ilmiy tadqiqot stantsiyasida olib borilayotgan işlar bilan yaqindan tanişildi. Olimlar iqlim şaroitining keskin özgaruvçanligiga qaramay, tadqiqotlar izçil olib borilayotganini taʼkidlaşdi.
Sayohatning navbatdagi manzili Möynoq davlat örmon xöjaligi qoşidagi ilmiy tadqiqot bölimi böldi. Bu yerda hududni kökalamzorlaştiriş, ekologik barqarorlikni taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi.
Şuningdek, Möynoq şahrida joylaşgan Orol dengizi tarixi muzeyiga taşrif uyuştirildi. Muzeyda bir paytlar dengizda suzgan kemalar, baliqçilarning mehnat qurollari, Orol böyida yaşagan hayvonot dunyosi, mahalliy sanoat mahsulotlari va boşqa tarixiy yodgorliklar namoyiş etildi. Uşbu muzey tadbir iştirokçilarida katta taassurot qoldirdi.
Mazkur seminar-trening nafaqat tajriba almaşiş maydoniga aylandi, balki iqlim özgarişi va ekologik muammolarni bartaraf etiş böyiça xalqaro darajada yeçim topişga xizmat qiluvçi muhim platforma böldi. Uşbu tadbir iqlim muammolarini hal etişda muloqot, hamkorlik va tajriba almaşişning naqadar muhim ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶