14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 03:03
Jamiyat 👁 175

Farzandlikka olish tartibini bilasizmi?

Farzandlikka olish tartibini bilasizmi?

Farzandlikka olish u yoki bu sababga koʻra oʻz ota-onasi bagʻrida oʻsish imkoniyatiga ega boʻlmagan voyaga yetmagan bolalarni oila muhitida tarbiyalash imkonini bersa, boshqa tomondan farzandlikka oluvchilarga ota-onalik huquq va majburiyatlariga ega boʻlish imkonini beradi. Bu oʻrinda farzandlikka olishning asosiy sharti sifatida ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning voyaga yetmagan boʻlishi, yaʼni 18 yoshga toʻlmagan boʻlishi (emansipatsiya qilingan hamda qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) hamda uning manfaatlariga mos kelishi koʻrsatilgan.

Avvalo, bolaning manfaati tor doirada tushunilmasligi kerak. Masalan, bola manfaatlari deganda uning moddiy sharoiti va uy-joyga boʻlgan ehtiyojini oʻzigina tushunilib qolmaydi. Bunda asosiysi, bola doimiy ravishda oila muhitini his etishi, ota-ona mehridan bahramand boʻlishi, gʻamxoʻrligini olishi, ular har tomonlama, yaʼni ham jismonan, ham maʼnan, ham ruhiy sogʻlom boʻlib voyaga yetishini taʼminlovchi, jamiyat hayotiga har tomonlama tayyorlaydigan boʻlishi lozim.

Farzandlikka olish nafaqat sogʻlom bolalar, balki muayyan kasallikka chalingan va rivojlanishda ortda qolgan bolalarga nisbatan ham tatbiq qilinadi. Garchi kasallikka chalingan bolalarni tarbiyalash hattoki biologik ota-onalar uchun ham muayyan qiyinchiliklar tugʻdirsa-da, farzandlikka oluvchi shaxslardan alohida masʼuliyat talab qiladi. Farzandlikka oluvchilar bolaning sogʻligʻi haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishlari lozim.

Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan farzandlikka olinuvchining sogʻligʻi tegishli tartibda tekshiriladi va bu haqda tibbiy maʼlumot pediatr, nevropatolog, xirurg (ortoped-travmatolog), oftalmolog, otolaringolog, logoped tomonidan tuziladi.

Farzandlikka olish ixtiyoriy boʻlib, har bir shaxs oʻzi mustaqil ravishda farzandlikka olish haqida qaror qabul qiladi. Bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq bolalarni ham farzandlikka olish mumkin. Bunday hollarda har bir bolani farzandlikka olishda sud tomonidan alohida qaror qabul qilinadi. Biroq, bolalar manfaatini taʼminlash maqsadida, odatda, bitta qaror qabul qilinishi mumkin. Ayrim hollarda, masalan, bolalar birga tarbiyalanmagan, alohida muassasada boʻlishi taqozo qilingan hollarda istisno holatlar boʻlishi mumkin.

 Mamlakatimizning oila qonunchiligida yaqin vaqtlarga qadar farzandlikka olishning maʼmuriy tartibi amal qilgan. Maʼmuriy tartibda farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning arizasiga, vasiylik va homiylik organlari tavsiyasiga koʻra, tuman, shahar hokimi qarori bilan amalga oshirilar edi.

Oila qonunchiligining rivojlanishi farzandlikka olish institutiga ham taʼsir koʻrsatdi va bunda maʼmuriy tartib oʻrniga farzandlikka olishning sud tartibi joriy qilindi. Ushbu tartib jahonda tan olingan boʻlib, bolalar manfaatini taʼminlashga xizmat qiladi. Sud mustaqil ravishda bola manfaatiga doir qaror qabul qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining arizalari boʻyicha farzandlikka olish haqidagi ishlar farzandlikka olinayotgan bolaning yashash yoki turgan joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari sudloviga taalluqli hisoblanadi.

Qoida boʻyicha, farzandlikka olish istagini bildirgan shaxslar (shaxs) ariza bilan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qiladi. Sud tomonidan ushbu masala koʻrib chiqilishida vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga toʻgʻri kelishi haqidagi xulosasi olinishi shart. 

Protsessual qonunchiligida farzandlikka olish haqidagi arizalarni alohida ish yuritish tartibida koʻriladigan ishlar jumlasiga kiritiladi va ariza mazmun jihatdan FPKning 189-moddasida nazarda tutilgan talablar bilan birgalikda 299-moddasi talablariga javob berishi va davlat boji toʻlanganligi haqida kvitantsiya, FPKning 300-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinishi lozim va farzandlikka oluvchilar (oluvchi) tomonidan imzolanishi talab qilinadi.

Oliy sud Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi «Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida»gi 21-sonli qarorida koʻrsatilishicha, arizani qabul qilish masalasi FPKning 151 – 154-moddalari talablariga muvofiq hal etilishini nazarda tutish lozim.

Farzandlikka olish bilan bogʻliq ishlarning sudlarda koʻrib chiqilishida ishtirok etuvchilar roʻyxati ham belgilangan. Yaʼni farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlar farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlarining vakillari, shuningdek, prokuror albatta ishtirok etgan holda koʻrib chiqiladi. Zarur hollarda sud farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasini (otasini yoki onasini), uning qarindoshlarini va boshqa manfaatdor shaxslarni, shuningdek, oʻn yoshga toʻlgan bolaning oʻzini ishda qatnashishga jalb qilishi mumkin.

Muhabbat Kaipova, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi sudyasi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019