28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:38
Fan va taʼlim 👁 556

Top universitetlarda tahsil olish – qoʻl yetmas orzu emas!

Top universitetlarda tahsil olish –  qoʻl yetmas orzu emas!

Yoshlik — orzular fasli. Bir paytlar tumanimizdagi 36-sonli maktabda oʻqib yurgan kezlarimda men ham xorijda taʼlim olishni orzu qilardim. 10–11-sinfni Nukusdagi Prezident maktabida davom ettirib, orzularim sari qadam tashladim. Bu oʻquv dargohidagi Cambridge International dasturi asosidagi toʻliq ingliz tilidagi taʼlim menda tanqidiy fikr­lash, bilimga chanqoqlik va oʻz ustida ishlash koʻnikmasini shakllantirdi.

Men ijtimoiy va aniq fanlarga birdek qiziqardim. Iqtisodiyot shu ikki yoʻnalish kesishuvi sifatida men uchun eng toʻgʻri tanlov boʻldi. Bu soha orqali men jamiyat, siyosat va global jarayonlar bilan chuqur tanishish imkoniga ega boʻldim.
Prezident maktabini tugatish arafasida 10 dan ortiq universitetdan qabul xati oldim va AQShning Arizona universitetini tanladim. Universitetning xalqaro nufuzi, taʼlim sifati va akademik muhiti men uchun asosiy omil boʻldi.

Qabul jarayonida IELTS darajam, maktab baholari, motivation letter, oʻqituvchi tavsiyalari, shaxsiy portfolio va ijtimoiy faolligim hal qiluvchi rol oʻynadi.

Taʼlim xarajatlarim “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali qoplandi. Bu mamlakatimizning iqtidorli yoshlarga boʻlgan ishonchidir.

Arizona universitetida taʼlim yuqori saviyada. Akademik erkinlik, fanlarni mustaqil tanlash, problem solving va critical thinking koʻnikmalari taʼlimning asosiy yoʻnalishidir. Ilmiy tadqiqotlarga keng imkoniyat yaratilgan. Elektron kutubxonalar, ilmiy jurnallar — barchasi bilimni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Universitet men uchun faqat bilim maskani emas, balki shaxsiy oʻsish maydoni hamdir. Turli millat va madaniyatlar vakillari bilan muloqot, har xil intellektual klublar va ijtimoiy hayot insonni har tomonlama bo­yitadi.

Hozir bakalavr bosqichim yakunlanmoqda. Kelajakda Oʻzbekistonga qaytib, xalqaro bilim va tajribam bilan mamlakat iqtisodiyoti rivoji uchun xizmat qilishni maqsad qilganman.

Men yoshlarga ishonch bilan aytamanki, xorijda taʼlim olish bugun qoʻl yetmas  orzu emas, balki amalga oshishi mumkin boʻlgan real maqsaddir. Prezident maktablari, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Al Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, xalqaro grantlar, IELTS va SAT imtihonlariga tayyorlov kurslari kabi imkoniyatlar biz yoshlar uchun yaratilgan.

Tengdoshim, orzularingizni aniq maqsadga aylantiring. Ilm bilan doʻst boʻling. Yangilikka intiling, sunʼiy intellekt va raqamli koʻnikmalarni oʻzlashtiring. Shu bilan birga, zamon talab­laridan biri boʻlgan hard skills bilan bir qatorda, muloqot qilish, jamoada ishlash, yetakchilik kabi soft skills koʻnikmalarini ham rivojlantiring. Hayotdan zavq oling. Bilimlarimizni yurt taraqqiyoti yoʻlida ishlatish har bir yoshning burchidir.

Nurbek Yoʻldoshev, AQShning Arizona universiteti talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026