28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:37
Fan va taʼlim 👁 269

76-sonli umumtaʼlim maktabida “Birinchi psixologik yordam” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi

76-sonli umumtaʼlim maktabida “Birinchi psixologik yordam” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi

Taʼlim tizimida oʻquvchi shaxsiyatini har tomonlama rivojlantirish, ularda mustahkam hayotiy koʻnikmalarni shakllantirish dolzarb masalaga aylangan. Buning uchun esa maktablarda amalga oshirilayotgan psixologik xizmatning sifatini oshirish, amaliyotchi mutaxassislarning bilim va koʻnikmalarini muntazam ravishda boyitish bugungi kunning talabidir. Shu maqsadda Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 76-sonli umumtaʼlim maktabida “Birinchi psixologik yordam” mavzusida amaliyotchi psixologlar uchun seminar tashkil etildi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Psixologik-pedagogik tashxis faoliyatini tashkil etish shuʼbasi rahbari Erkin Nurtayev, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuradov hamda tumanlardan kelgan amaliyotchi psixologlar ishtirok etdi.

Dastlab mehmonlar 76-sonli umumtaʼlim maktabi hovlisida tantanali tarzda kutib olindi. Seminar ishtirokchilari uchun maxsus qiziqarli savol-javob oʻyini tashkil etildi. Inson hayoti mazmuni, samarali muloqot, bolalar va oʻsmirlar tarbiyasiga doir mavzularga bagʻishlangan savollarga mutaxassislar oʻz tajribalari asosida atroflicha javob berdilar.

Seminar doirasida mehmonlar “Dolzarb 90 kun” loyihasi asosida maktabda yoʻlga qoʻyilgan ishlar, toʻgaraklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Maʼlumki, bugun mehnat bozorida raqobatbardosh va zamonaviy talablarga javob beradigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori. Shundan kelib chiqib, soʻnggi yillarda mamlakatimizda taʼlim tizimida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Prezidentning tegishli Qaroriga muvofiq, mazkur maktabda ham oʻquvchilarning kasb-hunarga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda mehnat bozori talablariga mos malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida 2024–2025 oʻquv yilidan boshlab kasb-hunarga yoʻnaltirilgan yangi oʻquv dasturlari joriy etildi. Yigitlar duradgorlikni, qizlar esa tikuvchilik kasbini oʻrganmoqda. Mehmonlar oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar bilan tanishib, ularning qoʻl mehnatlarini yuqori baholadilar.

Aytish joizki, hozirda 76-sonli umumtaʼlim maktabida 39 nafar oʻquvchi kasb-hunar egallab, maktabdagi taʼlim bilan bir qatorda oʻz mehnati orqali daromad topishni boshlagan. Yangi oʻquv yilidan boshlab yana 2 ta umumtaʼlim maktabida 10–11-sinf oʻquvchilari uchun ham kasb-hunar oʻrgatish yoʻlga qoʻyilishi koʻzda tutilgan.

Oʻquvchilarga sifatli taʼlim berish bilan birga, ularning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish, kelajakda mustaqil hayotga tayyorlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar oʻz samarasini bermoqda.

Seminarning asosiy qismi “Birinchi psixologik yordam” mavzusidagi amaliy mashgʻulotlar bilan davom etdi. Mashgʻulot avvalida masʼullar tomonidan tadbirning maqsad va vazifalari, xususan, oʻquvchilarda stress, xavotir, his-tuygʻularni boshqarish koʻnikmalarini shakllantirish zarurligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, amaliyotchi psixologlar nafaqat bolalar, balki ularning ota-onalari va oʻqituvchilari bilan ham samarali ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerakligi alohida taʼkidlandi.

Mashgʻulotlar davomida psixolog-trenerlar tomonidan sinfdagi bolalar bilan individual ishlash, hayajonni nazorat qilish, favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri va tezkor qaror qabul qilish kabi koʻnikmalarga oid amaliy usullar taqdim etildi. Psixologlar oʻzaro tajriba almashish jarayonida uchrayotgan muammolar va ularni hal etish boʻyicha oʻz yechimlari bilan oʻrtoqlashishdi.

12-, 27-, 29-, 40-, 70- va 84-sonli maktablarning amaliyotchi psixologlari tomonidan olib borilgan mashgʻulotlar taʼlim-tarbiya jarayonida psixologik yondashuvning oʻrni, oʻquvchi shaxsiyatiga taʼsir etuvchi omillar kabi mavzularni qamrab oldi. Ularda oʻz maktablarida qoʻllanayotgan innovatsion yondashuvlar, diagnostika usullari va amaliy ish tajribalari haqida ham fikrlar bildirildi.

Seminar ishtirokchilari taʼkidlaganidek, bunday tadbirlar psixologlarning kasbiy malakasini oshirish, yangiliklardan xabardor boʻlish hamda ish jarayonida uchrayotgan muammolarga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, oʻquvchilarda oʻzini anglash, ijobiy muloqot koʻnikmalarini shakllantirish va ruhiy barqarorlikni taʼminlashda professional psixologlar roli beqiyosdir.

Shu maʼnoda, muntazam oʻtkaziladigan bunday amaliy seminar va treninglar amaliy tajriba almashish, oʻzaro ilhomlanish va hamkorlikdagi yondashuvlarni shakllantirish uchun samarali maydon vazifasini oʻtamoqda.

Mazkur seminar amaliyotchi psixologlar uchun nazariy bilim va amaliy mashgʻulotlarga boy, foydali oʻquv maydoniga aylandi. Tadbir doirasidagi muloqot va fikr almashuvlar esa kelgusida taʼlim sifati va oʻquvchilarning kasbiy hamda shaxsiy rivojiga xizmat qiladigan tashabbuslar uchun mustahkam asos yaratdi. Zero, har bir bolaning barkamol ulgʻayishi, jamiyatda munosib oʻrin topishi, eng avvalo, uning shaxsiy rivoji va ruhiy qoʻllab-quvvatlanishiga bogʻliq.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026