28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:22
Jamiyat 👁 348

Korruptsiyaga qarshi kurash barchamizning burchimiz

Korruptsiyaga qarshi kurash barchamizning burchimiz

Korruptsiya — bu adolatsizlikning yuzaga chiqishi, bilim va mehnatning inkor etilishi, insof va vijdonning chetga surilishi demakdir. Ikkala odamning bitta qoʻl siqib kelishishi, oqibatda yillab mehnat qilib, oʻqib-izlanib kelayotgan insonning orzu-umidlari poymol boʻlishi — ana shu holatni korruptsiya deb atash mumkin. Yoki oʻz bilimsizligini yashirish maqsadida ilm yoʻlida sham misoli yonib, oliy taʼlim muassasasiga kirishni orzu qilgan yoshning kelajagini nohaq tarzda tortib olish — bu ham korruptsiyaning yomon oqibatidir.

Tarixiy manbalarga koʻra, korruptsiyaga qarshi kurashish borasida ilk harakatni boshlagan davlat — Shumer davlati hisoblanadi. Keyinchalik boshqa davlatlar ham bu borada tadqiqotlar olib borib, samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishga kirishdilar.

Yurtimizda ham bu yoʻnalishda salmoqli ishlar qilinmoqda. Xususan, 2017-yil 3-yanvar kuni “Korruptsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi mamlakat hayotida muhim voqea boʻldi. Qonunning mazmuni — davlat va jamiyatning barcha sohalarida korruptsiyaga chek qoʻyish, unga nisbatan toqatsizlikni kuchaytirish, ushbu illatni oʻz vaqtida aniqlab, unga yoʻl qoʻygan shaxslarni jazoga tortish kabi ustuvor vazifalarni qamrab oladi. Bu borada keng koʻlamli tadqiqotlar, profilaktik choralar va aniq ish uslublari joriy etilgan.

Biroq harakat qilinsa-yu, amaliy natija koʻrinmasa, buning oqibati ayanchli boʻlishi mumkin. Avvalo, mamlakatimiz boshqa davlatlar qatorida taraqqiyot yoʻlidan borish, iqtisod, taʼlim va maʼrifat sohalarida yuksalishni maqsad qilgan ekan, bunda korruptsiyaga barham berish zarur. Korruptsiya ustiga qurilgan jamiyat maʼnaviy jihatdan zaiflashgan, rivojdan qolgan jamiyatdir. Maʼnaviyatsiz va maʼrifatsiz jamiyat esa, oʻz-oʻzidan inqiroz sari yuz tutadi.

XXI asr — bilim olish, rivojlanish va taraqqiy etish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgan davrdir. Shu bois, yoshlarimiz korruptsiyaga nisbatan mustahkam fikr va yetuk tushunchaga ega boʻlishi lozim. Chunki bu illat faqatgina iqtisodiy yoki ijtimoiy emas, balki maʼnaviy inqirozga ham sabab boʻladi.

Har birimizning hayotimizda “Kelajak yoshlar qoʻlida” degan ibora bor. Bu ibora shunchaki gap emas, balki yurt ravnaqiga xizmat qiluvchi ulkan masʼuliyatdir. Davlat tizimi va yoshlar oʻrtasidagi aloqalar faqat shaffof va adolatli asosda qurilsa, kelajak mustahkam boʻladi.

Hindistonning sobiq prezidenti Pratibha Patil shunday degan edi: “Korruptsiya — taraqqiyot va yaxshi boshqaruvning dushmanidir. Undan qutulish kerak. Bu maqsadni amalga oshirish uchun hukumat ham, butun xalq ham birlashishi kerak”. Darhaqiqat, agar kelajak bizning qoʻlimizda boʻlib, biz esa korruptsion tizim qoʻlida boʻlsak, bu paradoks — yaʼni aqlga sigʻmaydigan holatdir.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar oʻz samarasini bermoqda. Jamiyatda korruptsiyaga nisbatan munosabat sezilarli darajada oʻzgarib bormoqda. Ayniqsa taʼlim sohasida, oliy taʼlim muassasalarida talabalarning korruptsiya holatlari toʻgʻrisida xabar berishlari uchun tegishli mexanizmlar joriy etilgan. Bu bilan nafaqat jinoyat aniqlanadi, balki uning oldini olishga xizmat qiluvchi muhim qadam tashlanadi.

Oliy oʻquv yurtlarida “Korruptsiyaga qarshi kurashamiz”, “Eng yomon illat — korruptsiya”, “Korruptsiya — bu zulm!” kabi bannerlar orqali tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Yoshlar oʻrtasida munozaralar tashkil qilinib, ularning huquqiy ongi va faol fuqarolik pozitsiyasi mustahkamlanmoqda.

Haqiqiy vatanparvar, bilimli va adolatparvar yoshlar korruptsiyaga duch kelmasligi, unda ishtirok etmasligi kerak. Ana shundagina biz har bir sohada yuqori choʻqqilarni zabt etishimiz, yurtimiz bayrogʻini yuksaklarga koʻtarishimiz mumkin.

Biz — yoshlar, korruptsiyaga qarshimiz!

Mashhura Xayitboyeva, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026