BARKAMOL AVLODGA
Bolajonim, zaboningdan aylanay,
Ezgu qadam, imkoningdan aylanay.
Tanlagan yoʻl – irfoningdan aylanay,
Muhabbatli tugʻyoningdan aylanay,
Nigohi oʻt, chaqmogʻimdan aylanay.
Erk quyoshi porlab turar boshingda,
Istiqlol aksi bor har qarashingda.
Jasorat boʻy tiklaydi bardoshingda,
Vatan gullar manglaying quyoshida,
Kelajakka sarbonimdan aylanay.
Yillar bilan ulgʻayasan, polvonim,
Barchin qizim, alp siyoqli oʻgʻlonim
Dunyoni chulgʻaydi dongʻ-u suroning,
Shunda manim dilga sigʻmas tugʻyonim,
Sogʻlom aql-u kamolingdan aylanay.
Istiqlol chamani – senga bu yurtda,
Yer-u osmon – borliq senga bu yurtda.
Tinchlik degan boylik senga bu yurtda,
Sen – Vatanga, Vatan – senga bu yurtda
Metin kamar boʻlgʻonidan aylanay.
Ildizlari teran, ulugʻ urpogʻim,
Shahd-u shijoatga toʻlugʻ har yogʻim.
Baland tut hamisha hurlik mayogʻin,
Mustaqil Vatanning koʻzi, qarogʻi –
Barkamol qiz, oʻgʻlonimdan aylanay.
Robiya YOʻLDOShEVA.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶