28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:16
Adabiyot 👁 414

Barkamol avlodning sevimli manzili – kutubxonadan taassurotlar

Barkamol avlodning sevimli manzili – kutubxonadan taassurotlar

Yaqindagina ijodiy guruhimiz bilan birgalikda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan Uchinchi Renessans sari!” nomli grant loyihasi doirasida tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi tarbiyalanuvchilari hamrohligida Amudaryo tumani axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdik.

Bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida amalga oshirilgan ushbu tashrif davlat granti loyihasining ish rejasida koʻzda tutilgan. Tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining bir guruh bolajonlari kitoblar olamiga sayohati davomida axborot-kutubxona markaziga qanday aʼzo boʻlish, kitoblardan foydalanish, oʻqish tartibi boʻyicha qimmatli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Aytish joizki, Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazi tuman aholisi, ayniqsa, yoshlarining maʼnaviy yuksalishi yoʻlida munosib xizmat qilib kelmoqda. Axborot-kutubxona markazi 2022-yil dekabr oyidan buyon Oybek nomli mahalla hududidagi yangi binoda faoliyat yurityapti.

Bugungi kunda Axborot-kutubxona markazida jami 17 ming 700 nafardan ziyod abonament roʻyxatga olingan. Shundan, 8 ming 850 nafardan ziyodini erkaklar, 8 ming 840 nafardan ziyodni esa ayollar tashkil qiladi. Kitobxonlarga 13 nafar xodim sifatli xizmat koʻrsatyapti.

Sayohat davomida axborot-kutubxona markazi abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish guruhi rahbari Nodira Oʻrazimbetova va kutubxona mutaxassisi Munojat Safarbayevalar elektron kitoblar, yangi kelgan adabiyotlar toʻplami bilan oʻquvchilarni tanishtirib oʻtdi.

Haqiqatan, kitobga mehr qoʻyib ulgʻaygan bola kelajakda kam boʻlmaydi. Bolaning qalbiga maʼrifat ziyosi esa bolalikdan turli xil ertaklar, dostonlar, hikoyalar orqali singadi. Natijada esa bolalikda ertak oʻqishni oʻziga sevimli mashgʻulot qilgan bola, kelajakda katta katta asarlarni, romanlarni mutolaa qilib, mustaqil fikrlaydigan, sogʻlom idrok yurita oladigan erkin fikrli shaxs boʻlib yetishadi. Kim biladi, balki kitobxon bolakay bir kuni kelib oʻzi yozuvchi yoki shoir boʻlar. Oʻzi asar yaratar. Sababi, mutolaa jarayonida inson oʻzi bilmagan holda ijodiy qobiliyatini ham rivojlantirishi, koʻnglidan kechgan tuygʻularini qogʻozga koʻchirishi mumkin.

Ota-onalar, ustozlar esa oʻquvchilarning, farzandining qoʻlidan yetaklab kutubxonalarga olib borsa-ku, nur ustiga aʼlo nur. Bizning maqsadimiz ham, grant loyihasining maqsadi ham barkamol avlodni tarbiyalashda kitoblarning, ilm olishning naqadar ulugʻ va keng tushunchalar ekanini yosh avlodga singdirishdan iborat. Zero, zarracha foydamiz tegsa oʻzimizni baxtiyor his etamiz.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026