“Adolat” SDP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi tomonidan “Odam savdosiga qarşi kuraşiş oyligi” doirasida tadbir ötkazildi
Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan iyul oyi “Odam savdosiga qarşi kuraşiş oyligi” sifatida belgilangan. Şu munosabat bilan yurtimiz böylab keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari va uçraşuvlar taşkil etilmoqda.
Ana şunday tadbirlardan biri partiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi taşabbusi bilan Gulzor mahalla fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida ötkazildi. Unda “Adolat” SDP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi Nurlibay Qayipbergenov, tuman Adliya bölimi, Davlat xizmatlari markazi, mahalladagi "yettilik" aʼzolari va partiyaning tuman Kengaşi masʼullari iştirok etdi.
Tadbirda sözga çiqqan masʼullar tomonidan, partiyaning uşbu yönalişdagi faoliyati hamda odam savdosiga qarşi kuraşda jamoatçilikning örni xususida atrofliça töxtalib ötildi.
Aytiş joizki, XXI asrda insoniyat uçun uç yönalişdagi transmilliy taşkiliy jinoyatçilik – terrorizm, narkobiznes va odam savdosi eng katta tahdidlardan biri bölib qolmoqda. Xalqaro terrorizm va diniy niqob ortidagi zöravonlik harakatlari, giyohvand moddalar savdosi bilan boğliq jinoyatlar qatorida odam savdosi ham jahon hamjamiyati uçun dolzarb muammoga aylangan.
Odam savdosi — bu inson şaʼni, qadr-qimmati va erkini inkor etuvçi, insonni mol-mulk sifatida köradigan jinoiy faoliyat turidir. Bu jinoyat odatda şaxsni aldaş, zörlik işlatiş, tahdid qiliş, oğir holatdan foydalaniş yoki moddiy manfaat evaziga şaxs ustidan nazorat örnatiş kabi usullar orqali amalga oşiriladi. Şu tariqa insonlarni taşiş, yaşiriş, boşqalarga topşiriş yoki qabul qiliş holatlari röy beradi.
Mazkur jarayonlar oqibatida fuqarolar majburiy mehnatga jalb etiladi, fohişalikka majburlanadi, ularning xizmatidan zöravonlik asosida foydalaniladi, hattoki baʼzi hollarda inson aʼzolari noqonuniy ravişda olinadi. Odam savdosining eng dahşatli jihati — inson huquqlarini töliq inkor qiliş va tovar sifatida muomalaga kiritişdir.
Afsuski, bu jinoyat turidan jabrlanuvçilar orasida ayollar, bolalar va noçor ahvoldagi şaxslar soni yuqori. Maʼlumotlarga köra, har yili dunyo böyiça taxminan 2 million 700 ming kişi odam savdosining qurboniga aylanmoqda. Jahon miqyosida bunday jinoyatlardan tuşayotgan yillik noqonuniy daromad hajmi 7 milliard AQŞ dollaridan oşib ketgan. Açinarli jihati şundaki, jabrlanuvçilarning 80 foizini ayollar va bolalar taşkil etadi. Har yili 600–800 ming ayollar va bolalar aldov yöli bilan boşqa mamlakatlarga olib ketilib, turli maqsadlarda sotib yuborilayotgani maʼlum qilingan.
Mamlakatimizda odam savdosining oldini oliş, unga qarşi kuraşiş, jabrlanuvçilarni himoya qiliş va reabilitatsiya qilişga qaratilgan huquqiy va institutsional mexanizmlar yaratilgan. Şu jumladan, tegişli davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari örtasida hamkorlik asosida tarğibot işlari olib borilmoqda. Bu jarayonda partiyalar, ayniqsa, “Adolat” SDP kabi siyosiy kuçlarning faol iştiroki muhim ahamiyat kasb etyapti.
Tadbir iştirokçilari tomonidan uşbu tahlikali jinoyat haqida töliq maʼlumotga ega böliş, şaxsiy huquqlarni biliş va zarurat tuğilganda tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat etiş muhimligi taʼkidlandi. Şuningdek, odam savdosiga qarşi kuraş faqat davlat yoki mutasaddi idoralar emas, balki har bir fuqaroning şaxsiy masʼuliyati ekaniga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir yakunida “Adolat” SDP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi tomonidan partiyaning faol aʼzolari “Taşakkurnoma” bilan taqdirlandi.
Şohzod Qurbonboyev tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶