Texnologiyalar va insoniylik: muvozanat masalasi
Bugungi kunda texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Har birimiz ertalab uyğonganimizda, avvalo telefonimizga qaraymiz, işda kompyuter oldida vaqt ötkazamiz, keçqurun esa ijtimoiy tarmoqlarda döstlarimiz bilan muloqot qilamiz. Ammo şunça qulayliklar va yengilliklar ortida katta savol turibdi: texnologiyalar insoniylikni yutib yubormayaptimikan?
Texnologiyalar, ayniqsa sunʼiy intellekt va raqamli vositalar, bizga katta imkoniyatlar yaratmoqda. Iş jarayonlari tezlaşdi, masofaviy taʼlim va işlaş imkoniyatlari paydo böldi, dunyo bilan bir neça soniyada boğlaniş oddiy holga aylandi. Şu bilan birga, virtual dunyoga haddan taşqari boğlaniş insoniy qadriyatlar, şaxsiy muloqot va mehr-oqibatga putur yetkazayotganini inkor qilib bölmaydi.
Sönggi yillarda yoşlar orasida yuzma-yuz muloqot qiliş könikmalari susaygani kuzatilmoqda. Döstlar bilan samimiy suhbat örnini qisqa xabarlar, emoji va layklar egallamoqda. Şu bilan birga, köpçilik texnologiyalar ortidan quvib, öz hayotining haqiqiy maqsadini unutib qöyayotgani ham sir emas.
Albatta, texnologiyalarni töliq rad etib bölmaydi va bunga ehtiyoj ham yöq. Çunki ular hayotimizni yanada qulay va samarali qilmoqda. Muhimi — ularni töğri boşqariş va insoniylik bilan muvozanatni saqlaş. Oilaviy davralarda telefonni bir çetga qöyib, farzandlarimiz bilan yuzma-yuz suhbatlaşiş, döstlar bilan tirik muloqotni davom ettiriş, bir söz bilan aytganda, haqiqiy hayotning gözalligini unutmaslik kerak.
Jamiyatimizda “raqamli detoks” tuşunçasi ham ommalaşmoqda. Raqamli detoks deganda, telefon, planşet, noutbuk kabi texnologik vositalardan maʼlum vaqt davomida ongli ravişda voz keçiş tuşuniladi. Vaqti-vaqti bilan texnologiyalardan vaqtinça voz keçib, özimizni ruhiy va jismoniy jihatdan tozalaş, tabiiy hayotga qaytiş soğlom turmuş uçun muhim sanaladi. Raqamli detoksni samarali ötkaziş uçun avvalo vaqt va maşğulotlarni oldindan rejalaştiriş muhim ahamiyatga ega. Masalan, dam oliş kunlarini telefon va internetdan uzoqda ötkazişga harakat qiling. Piyoda sayr qiliş, kitob öqiş, sport bilan şuğullaniş yoki gadjetsiz bajariladigan boşqa sevimli maşğulotlarga vaqt ajrating.
Yotişdan kamida ikki soat avval telefon, noutbuk va televizordan foydalanişni çeklaş tavsiya etiladi. Şu bilan birga, keçasi telefonda maxsus tungi rejimni yoqişni unutmang. Kitob mutolaa qilayotgan paytda yoki yaqinlaringiz bilan uçraşuv çoğida telefonni ovozsiz holatga ötkazib, uni alohida xonada yoki sumkada qoldiriş maqsadga muvofiq.
Şunday ekan, texnologiyalarni duşman sifatida emas, balki yordamçi vosita sifatida qabul qilişimiz lozim. Insoniylik — bizning eng katta boyligimiz. Uni texnologiyalar soyasida yöqotmasdan, aksinça, ularni jamiyat rivoji va farovonligi yölida töğri yönaltiriş — barçamizning vazifamiz.
Diyorbek Bozorboyev, Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶