28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:09
Jamiyat 👁 498

50-yildan keyingi diydor va yoshlik xotiralari

50-yildan keyingi diydor va yoshlik xotiralari

Vaqt shiddati va tirikchilik tashvishlari inson hayotida koʻp narsalarni oʻzgartiradi. Ammo yoshlik xotiralari, ayniqsa maktab davri bilan bogʻliq xotiralar qalbda abadiy muhrlanib qoladi. U insonni oʻtmishga yetaklab, oʻsha begʻubor davrlarni yana bir bor his etish imkonini beradi.

19-iyul sanasi Amudaryo tumanining Bobur nomli ovulidagi 6-sonli, sobiq Maksim Gorkiy nomli maktabning 1975-yilgi bitiruvchilari uchun ham xuddi shunday unutilmas kun boʻldi. Ular oradan yarim asr – 50-yil oʻtib, yana oʻzlari tahsil olgan jonajon maktabi binosida jam boʻlishdi. Bu uchrashuv nafaqat oʻtgan kunlarni yodga olish, balki doʻstlik rishtalarini mustahkamlash, ustozlarga boʻlgan chuqur hurmatni va sinfdoshlarga nisbatan cheksiz sogʻinch tuygʻularini namoyon etishda muhim vosita boʻldi. Diydorlashuv onlari har bir ishtirokchining qalbida chuqur iz qoldirdi va ularga yoshlikning eng goʻzal damlarini qaytadan his etish imkonini berdi.

Sinfdoshlar uchrashuvi maktab hovlisidan boshlandi. Tengdoshlar bir paytlar oʻzlari bilim olgan sinf xonalariga kirib, oʻquvchilik yillariga qaytgandek boʻlishdi. Har bir burchak, har bir devor ularga oʻsha davrlarni eslatib, yuraklarida iliq tuygʻular uygʻotdi. Maktab partalari, sinf doskasi, devorlardagi rasmlar – barchasi ularni olis oʻtmish tomon chorladi. Shu sabab boʻlsa kerak, sinfdoshlarning koʻzlarida quvonch yoshlari, yuzlarda tabassum va qalblarda cheksiz shukronalik tuygʻulari aks etdi.

Sinfdoshlar oʻzlariga taʼlim-tarbiya bergan, hayot yoʻlida toʻgʻri yoʻnalish koʻrsatgan maktabning sobiq direktori, marhum Sobir Gʻoipov, oʻqituvchilari Jumaboy Shomurotov, Qidirboy Janisbayev, Sagʻinboy Jumaboyev, Sobir Saparniyozov, Shomurod Qoʻchqorov, Bika Ismoilova, Oʻrozbika Davlatboyevalarni iliq xotiralar bilan yodga olishdi. Ularning nomlarini tilga olar ekanlar, har bir sinfdoshning koʻz oʻngida aziz ustozlarining muborak siymosi gavdalandi. Bu xotiralar ularning qalbida abadiy yashaydi va ustozlarning mehnati hech qachon unutilmaydi.

Uchrashuvga nuroniy yoshida keksalik gashtini surayotgan ustozlari Qodir Qutliboyev, Qoʻchqor Rahimov, Gulora Rahimovalar ham taklif etildi. Sinfdoshlar ularning duolarini olib, maktab davridagi oʻquvchilik yillarini birgalikda esladilar. Ustozlarning har bir soʻzi, har bir nasihati sinfdoshlar uchun maʼnaviy ozuqa boʻldi, ularning hikoyalari, hazil-mutoyibalari qalblarni yoritdi. Bunday diydorlashuvlar oʻtmish va bugungi kun oʻrtasida koʻprik vazifasini oʻtab, avlodlar oʻrtasidagi uzviylikni taʼminlaydi.

Afsuski, 1975-yilda maktabni tamomlagan 74 nafar oʻquvchidan bugungi kunda 21 nafari oramizda yoʻq. Ularning xotirasi ham sinfdoshlar qalbida mangu yashaydi. Uchrashuv davomida Qurʼon tilovat qilinib, oʻtganlarning porloq xotiralari yod etildi.

Tadbirning davomi Jumurtov ovulidagi choyxonalardan birida davom etdi. U yerda sinfdoshlar yanada erkin muhitda suhbatlashib, bir-birlarining hayotlaridagi yangiliklar bilan oʻrtoqlashdilar. Oʻyin-kulgu va raqslar uzoq davom etib, sinfdoshlar diydor onlarining esda qolarli oʻtishiga yordam berdi. Hayot, doʻstlik va birdamlik haqida yangragan kuy-qoʻshiqlar, shoʻx raqslar uchrashuvga yanada fayz bagʻishladi.

50-yildan keyingi diydor onlari bolalik, oʻsmirlik va yoshlik yillarini birlikga oʻtkazgan, bugun har biri nuroniy otaxon va onaxon boʻlib, farzandlari, nevara-chevaralari qurshovida yashayotgan sinfdoshlarga cheksiz ruhiy va maʼnaviy quvvat bagʻishladi.

Sinfdoshlar uchrashuvni tashkil qilgan doʻstlari Oʻrolboy Rahimov, Tajimurod Oʻtaboyev, Sotimboy Samandarov, Sharifa Sadaddinova va Jumaboy Tajiboyevlarga chuqur minnatdorchilik bildirdilar.

Chindan ham, maktab – bu shunchaki bilim maskani emas, balki insonning shaxs sifatida shakllanishida muhim rol oʻynaydigan, unga hayotda oʻz oʻrnini topishga yordam beradigan, bir umrlik doʻstlar orttirishga zamin yaratadigan muqaddas dargohdir. Bu uchrashuv ham maktabning inson hayotidagi oʻrni qanchalik beqiyos ekanligini yana bir bor isbotladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026