Sobiq Gagarin nomli, hozirgi 36-sonli maktabni 1976-yilda tamomlagan sinfdoşlar 50-yildan keyin yana diydorlaşdilar
Inson umri oqar daryo misol, uning eng şirin va beğubor onlari esa bolalik hamda maktab yillari bilan çambarças boğliqdir. Vaqt şiddat bilan ötib, yillar bir-birini quvib ötsa-da, qadrdon maktab ostonasida boşlangan döstlik va mehr-oqibat riştalari heç qaçon uzilmaydi. Yaqinda Amudaryo tumanida ana şunday hayajonli va samimiy uçraşuvlardan biri bölib ötdi. Bu voqea nafaqat insonlarning quvonçli diydorlaşuvi, balki xotiralarning qayta jonlanişi sifatida eʼtiborga molikdir.
Tarixning zarhal sahifalarini ortga qaytarib, moziyga nazar taşlaydigan bölsak, bundan roppa-rosa bir neça ön yillar muqaddam, yaʼni 1966-yilda 79 nafar beğubor öğil-qizlar Amudaryo tumanidagi sobiq Gagarin nomli, hozirgi 36-sonli maktabning 1-sinfiga ilk bor qadam qöygan edilar. Qöllarida alifbo kitobini uşlab, ilm-fanning sir-asrorlarini örganişga kirişgan bu yoşlar uçun maktab çinakam qadrdon maskanga aylandi.
Ular 10-yil davomida birga öqib, birga ulğayib, hayotning past-balandlarini birgalikda anglaşdi va 1976-yilda mazkur taʼlim dargohini muvaffaqiyatli tamomlab, özlarining orzu-umidlari sari katta hayotga dadil yöllanma oldilar.
Yarim asr — bu butun bir avlodning şakllanişi, kamol topişi va jamiyatda öz örniga ega bölişi uçun yetarli bölgan katta bir davrdir. Ötgan vaqt mobaynida ular mustaqil hayot yöllaridagi turli sinovlardan yoruğ yuz bilan ötib, jamiyatimizning turli jabhalarida samarali faoliyat yuritdilar va el-yurt rivojiga özlarining munosib hissalarini qöşdilar. Ularning köpçiligi bugungi kunda el ardoğidagi faxriylar, köplab şogirdlarning ustozlari, şuningdek, katta oilalarning suyançiği hamda nabiralarning suyukli bobo-buvilariga aylanişgan.
Oradan şunça vaqt ötib, maktabni tugatganlariga roppa-rosa 50-yil tölgani munosabati bilan, uşbu sobiq sinfdoşlar bir davraga qayta jamlandilar. Uşbu unutilmas uçraşuv Manğit şahridagi fayzli va şinam restoranlardan birida yuqori saviyada taşkil etildi. Bundan 50-yil oldin maktab ostonasidan muvaffaqiyatli uçirma bölgan, bugungi kunda esa soçiga oq tuşgan, hayotning turli maktablarini ötagan 80 nafarga yaqin sobiq sinfdoşlarning aksariyati yarim asrdan keyin yana bir dasturxon atrofida diydor körişiş baxtiga muyassar böldilar.
Uçraşuv davomida ular özlarining beğubor bolalik çoğlarini, bilim bergan mehribon ustozlarini va şöx-şodon ötgan maktab yillarini katta soğinç va köz yoşlari bilan yodga oldilar. Ularga harf tanitgan, qöliga qalam tutqazgan dastlabki muallimlarining zahmatli mehnatlari uşbu davrada alohida eʼtirof etildi.
Har bir suhbatda ötmişning şirin xotiralari va bugungi kunning şukronaligi aks etdi, ularning közlaridagi quvonç va hayajonni esa oddiy söz bilan taʼriflaş muşkul edi. Bunday diydorlaşuv inson qalbini yaşartirib, unga yangi kuç va ğayrat bağişlaydi.
Uşbu tadbir nafaqat 50 yillik yubiley ayyomi, balki insoniy mehr-oqibat, döstlik va qadrdonlikning naqadar mustahkam ekanligini isbotlovçi yorqin namuna böldi. Zero, maktab partasida paydo bölgan döstlik va samimiyat yillar sinovidan ötib, vaqt ötgan sayin yanada qadrli va mustahkam bölib boraverişini uşbu uçraşuv yana bir bora isbotladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶