Deputat saylovçilarning dolzarb muammolariga eʼtibor qaratdi
Joriy yilning 28-iyul sanasida Amudaryo tumanidagi 31-sonli Örta qalʼa saylov okrugidan Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston liberal-demokratik partiyasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Ilhom Polvonov öz saylovçilari bilan uçraşdi. Deputat bilan uçraşuv tadbirida ÖzLiDeP Amudaryo tuman Kengaşi apparati rahbari Yaxşimurod Ahmedov, Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Madamin Kazakov, Beruniy nomli, Döstlik, Durunki mahallalari masʼullari va saylovçilari iştirok etişdi.
Uçraşuvda saylovçilar tomonidan mazkur mahallalar aholisi hayotiga doir infratuzilma bilan boğliq bir qator muammoli masalalar kötarildi. Xususan, Beruniy nomli mahallaning şahar markaziga yaqin qismidagi elektr energiyasi uzatiş ustunlari 1964-yilda örnatilgan bölib, ayni paytda yaroqlilik muddati ötib bölgan. Ustunlarning yer qismidagi beton tayançlarda allaqaçon yemiriliş boşlangan. Ustunlar yaqin vaqt içida almaştirilmasa, taşqi taʼsir natijasida qulab tuşişi va bu hudud aholisi hayotiga xavf tuğdirişi mumkin. Saylovçilar tomonidan kötarilgan uşbu masala yuzasidan deputat Ilxom Polvonov şu yerning özida tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari bilan telefon orqali boğlanib, muammoli masalani ijobiy hal etiş çoralarini kördi va soha masʼullari tomonidan tayanç ustunlarini almaştiriş böyiça işlar olib boriladigan böldi.
Şu kuni deputat Ilxom Polvonov Arna böyi mahallasi hududidagi saylovçilari bilan ham uçraşib, mahalla aholisini qiynab kelayotgan muammoli masalalarni örgandi. Uçraşuvda mahalla hududidan oqib ötuvçi 3,8 km. uzunlikdagi ariqni qaziş, hududda aholiga tibbiy xizmat körsatişni yaxşilaş bilan boğliq masalalar qizğin muhokamalar markazida böldi.
Ayniqsa, mahallada dehqonçilik madaniyatini yuksaltirişda suv yöllarining ötkazuvçanlik holatini yaxşilaş, yillar davomida tozalanmagan suv yöllarini maxsus texnika yordamida qazib, tozalaş juda muhimligi taʼkidlandi. Bundan taşqari, sönggi yillarda aholi sonining ança ösganini inobatga olib, ularning namunali tibbiy xizmatdan bahramand bölişi uçun hududda oilaviy şifokorlik punktini quriş masalasiga eʼtibor qaratildi.
Har ikki masala yuzasidan bildirilgan fikrlar va takliflar deputat tomonidan alohida tizimga olinib, mahalla hududidan oqib ötuvçi 3,8 km. uzunlikdagi ariqni maxsus texnikalarni jalb qilgan holda qaziş böyiça tegişli taşkilotlar bilan boğlanib, muammoning yeçimi yuzasidan çoralar körildi. Şuningdek, mahalla hududida oilaviy şifokorlik punktini quriş böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vazirligiga deputat sörovi yuboriş orqali muammoni ijobiy hal etiş çoralari köriladigan böldi. Bundan taşqari, saylovçilar Örta qalʼa ovuli hududida bolalar öyin maydonçasini quriş, Yangiobod mahallasi hududidan oqib ötuvçi zaxkaş ustiga köprik quriş, mahalla köçalariga qum-şağal aralaşmasi töşaş zarurligi haqidagi muammolarni hal etişda deputatning iştiroki, amaliy kömagi zarurligini taʼkidladilar. Uşbu masalalar ham deputat tomonidan alohida qayd etilib, tizimga olindi va tegişli taşkilotlar orqali muammolarni ijobiy hal etiş çoralari körildi.
Uçraşuv davomida deputat bilan saylovçilar özaro dildan muloqot qildilar. Xususan, farzandlar taʼlim-tarbiyasi, oilalar mustahkamligini taʼminlaşda, aholining iş bilan bandligi darajasini oşirişda yoşlar tadbirkorligining ahamiyati kabi masalalar böyiça fikr almaşdilar hamda özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, ularning barça savollariga deputat Ilxom Polvonov öz vakolati doirasida batafsil javob berdi.
Bölib ötgan uçraşuv siyosiy partiyalarning aholi turmuş farovonligini oşiriş yölidagi saylovoldi dasturiy-rejalarini amalga oşiriş borasida xalq bilan yakdilligining yorqin ifodasi böldi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶