28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:09
Jamiyat 👁 386

"AYoLLAR DAFTARI": IQTISODIY MUSTAQILLIKDAN – IJTIMOIY FAROVONLIK SARI

"AYoLLAR DAFTARI": IQTISODIY MUSTAQILLIKDAN – IJTIMOIY FAROVONLIK SARI

Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ish bilan bandligini taʼminlash orqali jamiyatdagi va oiladagi nufuzini mustahkamlash, oʻz hayotlaridan rozi yashashlarini taʼminlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlar tufayli bugungi ayollar maʼnaviy-maʼrifiy, iqtisodiy-madaniy hayotining faol ishtirokchisiga aylandi.

Maʼlumki, 2022-yil 31-martda “Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasining Qarori qabul qilinib, ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlar bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni ijtimoiy-huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilangan edi.

Qarorga koʻra, “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan har bir ayol-qiz bilan tizimli ishlash, ularning qiziqish va intilishlarini ragʻbatlantirish orqali ijtimoiy faolligini oshirish hududlardagi Oila va xotin-qizlar boʻlimlarining birinchi galdagi vazifasiga aylangan. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan ilgari surilgan “Iqtisodiy mustaqillikdan ijtimoiy farovonlik sari” mavzusidagi tashabbus doirasidagi amaliy chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu tashabbus doirasida Amudaryo tumani Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan manzilli ishlar tufayli endilikda koʻplab ayol-qizlar hayotda oʻz oʻrinlarini topib, nafaqat oʻzlarining, balki qiyin vaziyatga tushib qolgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj mahalladoshlarining ham doimiy daromad manbalariga ega boʻlishlariga yaqin koʻmakchi boʻlishmoqda.

Yaqinda boʻlim tomonidan muqaddam “Ayollar daftari” roʻyxatida boʻlgan va ayni paytda daftardan chiqarilib, oʻzlarining tadbirkorlik yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻygan va oilasi uchun doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan xotin-qizlarning faoliyatlari oʻrganildi.

Ana shunday ayol-qizlardan biri Nasiba Sobirova Xolimbeg ovulida istiqomat qiladi. 2021-yilda “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan Nasiba Sobirova tuman Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining qoʻllab-quvvatlovi bilan 10 mln. soʻm imtiyozli kredit mablagʻi hisobiga oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Toʻgʻri, avvaliga biroz qiyinchiliklar boʻldi, tadbirkorligini boshlash uchun maxsus xona ajratish va uni jihozlashda oila aʼzolari ham unga yaqindan yordam berishdi. Zamonaviy tikuvchilik mashinasini olib kelib oʻrnatgach, ishlari yurishib ketdi. Ayni paytda u tadbirkorlik faoliyatini kengaytirib, oilaviy korxona tashkil etdi va doimiy daromad manbaiga ega boʻlishdan tashqari, jamiyatning ijtimoiy faol aʼzosiga, atrofidagilarga ibrat va namuna boʻlish darajasidagi tadbirkorga aylandi.

Toshyop ovulida istiqomat qiluvchi Shahodat Yusupova ham 2025-yilning boshida “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan edi. U ham mazkur daftar roʻyxatidan chiqish va mustaqil ravishda oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish niyatida. U shu maqsadda 10 mln. soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻi hisobiga tikuv mashinasi sotib oldi va tikuvchilik yoʻnalishida ishini boshlab yubordi. Ayni kunda Shahodat Yusupova hamqishloqlarining buyurtmalari asosida chevarlik faoliyatini yuritib, mustaqil ravishda daromad topmoqda.

Feruza Tajibayeva esa 33 mln. soʻmlik imtiyozli bank krediti olib, oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali bir necha mahalladoshining doimiy bandligini taʼminladi.

Amudaryo tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, “Ayollar daftari” roʻyxatidan chiqarilgan va ayni paytda tadbirkorlik faoliyatlarini boshlab, oʻz mahallalaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga namuna boʻlayotgan bunday ayol-qizlar talaygina. Ularning aksariyati ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga chevarlik sirlarini oʻrgatish orqali oʻz daromad manbalarini mustaqil ravishda yaratishlarida yaqindan yordam berishmoqda.

Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan Oila maskanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan, turmush muammolaridan qiynalgan, oʻz hayotidan norozi ayol-qizlar uchun psixologik seminar-trening ham tashkil etilib, oldin juda bir qiyin ahvolda “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan, maʼlum muddatdan soʻng imtiyozli kredit mablagʻi olib, oʻzlarining tadbirkorlik yoʻnalishlarini boshlagan, bugungi kunda ibratli ishlari bilan el-yurt eʼtiborini qozonayotgan ayol-qizlar, ularning qiyinchiliklarni yengib oʻtishdagi hayotiy tajribalari seminar-trening ishtirokchilariga ibrat qilib koʻrsatildi.

Seminar-trening davomida tazyiq va zoʻravonlikka uchragan, turmush ziddiyatlaridan charchagan va oʻzlarining hayotlaridan norozi ayol-qizlar bilan malakali psixologlar individual asosda suhbatlar olib bordilar va ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berdilar.

Oiladagi tazyiq va zoʻravonliklar ayol uchun hukm emas. U davlat va jamiyat himoyasida ekanini unutmasligi kerak. Oʻz navbatida “Ayollar daftari” roʻyxatida boʻlish — bu oʻzini bilgan xotin-qizlar uchun shu daftar roʻyxatida doimiy qolish, davlatning ijtimoiy himoyasiga koʻz tikib oʻtirish degani emas. Aksincha, “Ayollar daftari” orqali maʼlum daromad manbaiga ega boʻlgan, moliyaviy mustaqillikka erishgan xotin-qizlarni ijtimoiy faol shaxslarga aylantirish Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining eng katta maqsadi, davlatimiz va jamiyatimizning umididir.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026