28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:35
Iqtisodiyot 👁 959

Amudaryolik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi

Amudaryolik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi

Mamlakatimizda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, kichik biznes va xususiy sektorni rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash va turmush darajasini oshirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Prezident tashabbusi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlikni har tomonlama ragʻbatlantirish, mavjud muammolarni joyida hal etish, yangi imkoniyatlar yaratish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada uchrayotgan muammolarni aniqlash va hal qilish hamda ishbilarmonlarning taklif va murojaatlarini tinglash maqsadida Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi faollar zalida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

Mazkur uchrashuvda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni Qoraqalpogʻiston Respublikasi shuʼbasi bosh inspektori Yernazar Dosanov, Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Kazbek Artikov, tuman prokurori Bahrom Masharipov, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokim yordamchilari, tegishli tashkilotlar rahbarlari, tijorat banklari vakillari hamda faol tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvni ochib bergan tuman hokimi Sobir Xoʻjametov bugungi kunda yurtimizda, xususan, Qoraqalpogʻistonda tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlida olib borilayotgan chora-tadbirlar, yaratilayotgan keng imkoniyatlar, berilayotgan moliyaviy koʻmak turlari va ularni olish mexanizmlari xususida soʻz yuritdi.

Tadbir davomida Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshligʻi hamda tijorat banklari vakillari oʻz yoʻnalishlari boʻyicha soʻzga chiqib, kreditlar ajratish, subsidiyalar, grantlar va tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha mavjud mexanizmlarni atroflicha tushuntirdilar.

Tadbirkorlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar, duch kelayotgan muammolar bilan masʼullarga ochiq murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻldilar. Koʻtarilgan masalalar orasida yer ajratish, kredit olishdagi toʻsiqlar, infratuzilma bilan bogʻliq kamchiliklar, ruxsatnoma va litsenziyalar olish jarayonidagi murakkabliklar kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Xususan, ayrim tadbirkorlar ishlab chiqarish, servis va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida faoliyatni kengaytirish uchun yer maydonlari zarurligini taʼkidladilar. Baʼzi banklar tomonidan talab etilayotgan garovlar va hujjatlar tadbirkorlar uchun qiyinchilik tugʻdirayotgani, baʼzan yer maydonlari kadastr reyestriga kiritilmagani yoki hujjatlarda aniqlik yoʻqligi sababli ayrim loyihalar amalga oshmay qolayotganiga urgʻu berildi.

Shu bilan birga ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar elektr energiyasi barqarorligi va quvvati yetarli emasligi kabi masalalarni koʻtardilar, xizmat koʻrsatish va savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchilar esa shahar markazida doimiy savdo joylariga ehtiyoj borligini bildirdilar.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yuzaga keladigan umumiy muammolar, jumladan, hujjatlashtirish jarayonlarini soddalashtirish va bozordagi mavjud muammolarni hal etish boʻyicha ham takliflar bildirildi. Bu murojaatlar tadbirkorlar duch kelayotgan dolzarb muammolarni va ularga tizimli yechim topish lozimligini yaqqol koʻrsatib berdi.

Muhimi, bu masalalarning aksariyati joyida tegishli tashkilotlar vakillari tomonidan hal etildi. Ayrim tizimli muammolar esa respublika darajasida koʻrib chiqilishi va tez orada ijobiy yechim topilishi taʼkidlandi.

Bunday ochiq muloqotlar mahalliy darajada muammolarni aniqlash, ularni hal qilish va tadbirkorlik muhitini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, islohotlar bevosita hayotga tatbiq etilayotgan hozirgi sharoitda tadbirkorning ovozi eshitilishi, uning muammosiga eʼtibor qaratilishi ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy oʻsish garovidir.

Amudaryo tumanida tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan ochiq muloqot Oʻzbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtiborning yana bir yorqin dalilidir. Bu kabi uchrashuvlar tadbirkorlarning muammolarini bevosita tinglash, ularga amaliy yordam koʻrsatish va kelgusidagi faoliyatlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muloqot davomida bildirilgan murojaatlarning tinglanib, muammolarning hal qilinishi va yirik loyihalarning amalga oshirilishi tuman iqtisodiyotining oʻsishiga, yangi ish oʻrinlarining yaratilishiga va aholi farovonligining yanada oshishiga xizmat qiladi. Zero, tadbirkorni qoʻllab-quvvatlash – bu jamiyatni qoʻllab-quvvatlashdir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026