Adabiyot
👁 1,902
Koʻzmunchogʻim - Amudaryomga
Koʻzmunchogʻim - Amudaryomga…
Taʼrifini keltirayin bering ijozat,
Gulla, yashna, niyatim boʻlgay ijobat.
Yana tilay, koʻshking boʻlsin qarogʻimda,
Yurtim mening umr boʻyi ardogʻimda.
Amudaryo boʻyida esgan shabboda,
Mening ham yuzimni silar ohista.
Hatto yoʻllarda yurgan chogʻimda,
Rang-barang gullari shivirlar asta.
Shivirlar:"Qaydasan betakror maskan?"
Amu baligʻi hamon yurtimda doston.
Tong otsa dehqoni tinim bilmaydi,
Duo qilmoqniku kanda qilmaydi.
Shu ona tuproqdir sof, toza baytim,
Zaminni quchiblar yetgum osmonga.
Bir xushxabar boʻlib kelgan boʻlsaydim,
Koʻzmunchogʻim boʻlmish Amudaryomga.
Muqaddas BEKNAZAROVA
40-son umumtaʼlim maktabining
maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶