28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:54
Jamiyat 👁 405

Kam taʼminlangan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi boʻlgan fuqarolarga kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilmoqda

Kam taʼminlangan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi boʻlgan fuqarolarga kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilmoqda

Mangʻit shahridagi Boy ovul mahallasida 605 ta xonadon tarkibidagi 917 ta oilada 4 ming 117 nafar aholi istiqomat qiladi. “Mahalla yettiligi” bilan Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar boʻlimining mahalladagi kompleks xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodimi hamkorligida uyma-uy kirib borib oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra, 312 ta oila kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar roʻyxatiga kiritildi. Mazkur oilalarning turmush sharoitlari, iqtisodiy taʼminlanganlik darajasi oʻrganilib, ularga rejaviy jadval asosida zarur ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish choralari koʻrildi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va uning hududiy boʻlimlari tashkil etilib, kam taʼminlangan, oʻzgalar parvarishiga, yordamiga muhtoj, nogironligi boʻlgan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xizmatlarning yangi tizimi yoʻlga qoʻyilgani mahalladagi kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatish xodimi Iroda Sultonovaning oʻz faoliyatini samarali olib borishida ijobiy samara bermoqda.

Boy ovul mahallasida ham uyma-uy yurib xatlov oʻtkazilganda aniqlangan, ogʻir ahvolga tushib qolgan va shunday holatga tushish ehtimoli yuqori boʻlgan 16 ta oila keys menejment asosida baholandi. Ularning barchasiga belgilangan rejaviy jadval asosida ijtimoiy xizmatlar koʻrsatildi hamda zarur yordamlar berilib, ijtimoiylashuviga koʻmaklashildi. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan bir nafar yolgʻiz yashovchi keksa fuqaro aniqlanib, uning ijtimoiylashuvini taʼminlash maqsadida uyida maishiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodim assistenti biriktirildi.

Mahallada “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, uyma-uy kirib oʻrganishlar va “Kambagʻallik reyestri” soʻrovnomasini oʻtkazish natijasida kambagʻallikka tushib qolish ehtimoli boʻlgan 151 xonadon aniqlandi. Shundan 74 ta oila “Kambagʻallik reyestri”ga kiritildi hamda individual xizmat koʻrsatish boʻyicha rejalar tuzilib, barcha xizmatlar reja asosida amalga oshirilmoqda.

Mazkur reyestrga kiritilgan kambagʻal oilalar aʼzolarining dunyoqarashini shakllantirish, moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologlari tomonidan muntazam ravishda kognitiv terapiya trening mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.

Shuningdek, nogironligi boʻlgan yoki yoshi katta, oʻzgalar parvarishiga muhtoj aʼzosi boʻlgan “Kambagʻallik reyestri”dagi oilalarning mehnatga layoqatli aʼzolari bandligini taʼminlash maqsadida “Faol hayotga qadam” dasturi yoʻlga qoʻyildi. Unga koʻra, uy sharoitida qarab turish xizmati, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati, kunduzgi qatnov asosida qarab turish, shaxsiy yordamchi xizmatlari joriy etildi. “Kambagʻallik reyestri” roʻyxatida turuvchi 2 ta oilaga ijtimoiy xodim assistenti biriktirildi va ayni paytda ularga uyida maishiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatilib kelinmoqda.

Hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri boʻlgan zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining tinchligi, osoyishtaligini taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Uyma-uy kirib borib, aniqlangan ana shunday oilalarga “Inson” ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazining tuman boʻlimi huquqshunosi va psixologlari biriktirilib, zarur xizmat va yordamlar koʻrsatilmoqda.

Shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarning salomatligi va yashash sharoitini yaxshilash maqsadida reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligi yuzasidan soʻrovnomalar ham oʻtkazildi. Soʻrovnoma jarayonida aniqlangan ana shu toifadagi fuqarolar vaucher asosida 2 ta xonaga moʻljallangan oʻrindiqli aravacha, 3 ta hassa, 3 ta tirsakli qoʻltiqtayoq, 3 ta sayr qilishga moʻljallangan oʻrindiqli aravacha, 2 ta raqamli eshitish moslamasi, 2 juft qoʻltiqtayoq, 2 ta koʻzi ojizlar hassasi bilan taʼminlandi.

Taʼkidlash joizki, Prezidentimiz tashabbusi va Farmonlari bilan kam taʼminlangan fuqarolarni ijtimoiy himoyalash mahalla darajasida tashkil etilib, ijtimoiy xizmatlar sifati tobora oshib borayotgani koʻplab oilalarga nur, farovonlik va xotirjamlik olib kirdi. Katta umid bilan mahalla ostonasiga qadam qoʻygan insonlarning ogʻiri yengil, mushkullari oson boʻlayotgani bois, ularning hayotdan rozi boʻlib, zavq olib yashashlari uchun imkon yaratildi, kelajakka ishonchi oshdi. Zero, ishonch tuygʻusi – jamiki ezgu ishlarga qanotdir.

Robiya YOʻLDOShEVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026