Qişloq xöjaligi rivoji – barqaror kelajak garovi
Qişloq xöjaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanç tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda agrar sohada samaradorlikni oşiriş, ilğor tajribalarni keng joriy etiş, hosildorlikni köpaytiriş va eng asosiysi, xalqimiz dasturxonini tökin qiliş yölida qilinayotgan işlarning ahamiyati beqiyos. Şu maqsadda joylarda muntazam ravişda ötkazilayotgan seminar va amaliy uçraşuvlar fermerlar, mutaxassislar va masʼullar uçun katta maktab bölib xizmat qilmoqda.
Bu boradagi işlarni yanada jadallaştiriş, ilğor tajribalarni yanada ommalaştiriş maqsadida 24-avgust kuni Amudaryo tumanida ham qator seminarlar taşkil etildi. Seminarlarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Şuhrat Teşayev, tuman hokimi Sobir Xöjametov, hokim örinbosarlari, sohaga masʼul taşkilotlar rahbarlari, mutaxassislar va fermer xöjaliklari egalari faol iştirok etdilar.
Dastlabki seminar Qangli ovuli hududidagi “Mangitova Aziza” fermer xöjaligida ötkazildi. Tadbirda 2026-yil hosili uçun ğalla ekiş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Şuhrat Teşayev sözga çiqib, ğalla ekiş jarayonida qöllanilişi lozim bölgan ilğor tajribalar, samarali agrotexnik tadbirlar hamda fermerlar oldida turgan ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil töxtalib ötdi.
Şuningdek, fermerlar öz tajribalari bilan örtoqlaşib, yangi ekin uslublari, hosildorlikni oşiriş va yer unumdorligini yaxşilaş yöllari yuzasidan fikr-mulohaza yuritdilar.
Keyingi seminar Qipçoq paxta qabul qiliş maskanida davom etdi. Unda yaqinlaşib kelayotgan paxta yiğim-terimi mavsumiga tayyorgarlik holati örganildi. Yiğilganlar barça texnikalarning mavsumga töliq şayligi, kombayn va agregatlarning işçi holatga keltirilgani bilan yaqindan tanişdilar. Bu yilgi paxta yiğim-terimini öz vaqtida va sifatli yakunlaş uçun barça zarur şaroitlar yaratilganini seminar iştirokçilari amalda kördilar.
Tadbirda sözga çiqqanlar taʼkidlaganidek, paxta yiğim-terimi qişloq xöjaligi sohasidagi yilning eng masʼuliyatli davri biri sanaladi. Hosilni öz vaqtida, sifatli va betalafot yiğib olişda tayyorgarlik jarayonlari, ayniqsa, texnikalarni töliq işçi holatga keltiriş nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Çunki paxta yiğim-terimida har bir daqiqa, har bir texnika unumli işlaşi hosilning taqdirini belgilaydi.
Şularni inobatga olgan holda tumanda mavsumga jiddiy tayyorgarlik körilib, barça mavjud kombaynlar, traktorlar va boşqa yordamçi agregatlar töliq közdan keçirildi, zarur ehtiyot qismlar almaştirildi hamda mexanik jihatdan şay holatga keltirildi. Bu esa kelgusi mavsumni betalofat ötkaziş, hosilni qisqa fursatda yiğiştirib oliş imkonini beradi.
Şuni taʼkidlaş joizki, texnika vositalarining şayligi nafaqat hosilni yöqotişsiz yiğib olişga, balki mehnat unumdorligini oşiriş, xarajatlarni kamaytiriş va yakunda paxta sifatini yuqori darajada saqlab qolişga xizmat qiladi. Ayniqsa, mexanizatsiya darajasi yuqori bölgan hududlarda terim jarayonlari ança yengil, samarali va tejamkor keçadi.
Seminarlarning keyingi manzili Çoyköl ovuli hududidagi “Jayxun Çoyköl” fermer xöjaligi böldi. Bu yerda 2025-yil hosili uçun ekilgan paxta maydonlarida defoliatsiya qiliş işlariga alohida eʼtibor qaratildi. Paxta bargini tökiş orqali hosilni tez pişiriş va sifatli yiğib oliş, terim jarayonida mehnat samaradorligini oşirişda defoliatsiyaning ahamiyati alohida qayd etildi.
Ötkazilgan uçraşuvlar jarayonida fermerlar va mutaxassislar özaro tajriba almaşdilar, yangiça yondaşuvlar böyiça maslahatlar berdilar. Eng muhimi, bunday seminarlar sohaga oid muammolarni joyida örganiş va tezkor hal qiliş imkonini beradi. Bu esa, albatta, qişloq xöjaligi rivojida samaradorlikni oşirişga xizmat qiladi.
Bugun yurtimizda qişloq xöjaligi sohasi oldiga qöyilgan maqsadlar ulkan. Hosildorlikni oşiriş, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş, ekologik toza mahsulot yetiştiriş, eksport salohiyatini kuçaytiriş – bularning barçasi xalqimiz farovon hayot keçirişi uçun mustahkam zamin yaratadi. Ötkazilgan seminarlar esa bu maqsadlarga erişişda muhim vosita bölib xizmat qilişi şubhasiz.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶