"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: mahallalarda mehr-muruvvat va eʼtibor manbai
Bugungi kunda Özbekistonda ijtimoiy davlat tamoyillarini hayotga tatbiq etiş, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qöllab-quvvatlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylangan. Prezidentimiz taşabbusi bilan taşkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning hududiy bölinmalari – “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari aynan şu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Amudaryo tumanining Olmazor mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim Şarofat Qurboniyazovaning faoliyati misolida ham bu tizimning samaradorligini yaqqol köriş mumkin.
Har bir oila eʼtiborda
2024-yilning sentyabr oyidan mazkur lavozimda iş boşlagan Şarofat Qurboniyazova qisqa vaqt içida keng qamrovli işlarni amalga oşirdi. Mahalladagi 656 ta xonadon va 1 ming 25 ta oila, umumiy 3 ming 242 nafar aholining ijtimoiy ahvoli çuqur örganildi. Natijada, 140 nafar nogironligi bor şaxslar, 68 ta kam taʼminlangan oilalar, 37 ta kambağal oilalar, 9 nafar vasiylikka olingan bolalar hamda 3 nafar tazyiq va zöravonlikka uçragan ayollar aniqlanib, ular bilan alohida iş olib boriş tartibi yölga qöyildi.
Ijtimoiy xodim mahalla raisi bilan hamkorlikda ehtiyojmand fuqarolarga manzilli yordam körsatişni ham tizimli ravişda yölga qöydi. Misol uçun, 19 nafar nogironligi bor şaxsga turli xil moslamalar – nogironlik aravaçasi, hassa, qöltiq tayoq va eşitiş moslamalari berildi. Şuningdek, 3 nafar birinçi guruh nogironligi bor şaxslarga ularning farzandlari qarovçi etib biriktirildi va ularga iş staji hisoblanmoqda. Bu çora nafaqat moddiy, balki maʼnaviy kömak berişning ham yorqin namunasidir.
Ham moddiy, ham ruhiy yordam
Olmazor mahallasida hozirda 66 ta oilaga bolalar nafaqasi, 2 ta oilaga esa moddiy yordam körsatilmoqda. Bundan taşqari, 4 nafar fuqaroga nogironlik guruhi tayinlanişiga erişildi. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi qaroriga asosan, 80 ta ehtiyojmand oila uçun elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolidagi qöşimça xarajatlarni qoplaş maqsadida röyxat şakllantirilib, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga taqdim etildi.
Ijtimoiy xodimning faoliyati faqatgina moddiy yordam bilan çeklanib qolmaydi. Tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan 6 nafar ayolga mahalla faollari va markaz psixologlari yordamida ruhiy maslahatlar ham berib borilmoqda. Mahallada yaşovçi Gulbaxor Matiyakubova, Yangiboy Sobirov va Sohida Köklanova kabi yana köplab birinçi guruh nogironlarining xonadonlariga ijtimoiy xodim tez-tez taşrif buyurib, ularning holidan xabar oladi. Bunday eʼtibor aholining davlatga bölgan işonçini yanada mustahkamlaşga, ijtimoiy himoyaning manzilli bölişini taʼminlaşga xizmat qilmoqda.
Mahalla darajasida kompleks xizmatlar körsatiş orqali har bir ehtiyojmand fuqaroga individual yondaşuv qöllanilmoqda. Bu faqat moddiy yordam emas, balki insonlarning ijtimoiy integratsiyasini taʼminlaş, ularning öz kuçiga bölgan işonçini qaytariş va mustaqil hayot keçirişga tayyorlaşni öz içiga oladigan yaxlit tizimdir.
Xulosa qilib aytganda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari mahalladagi har bir fuqaroning muammosiga eʼtibor qaratib, ularni hal etişga amaliy yordam bermoqdalar. Bu esa mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi haqiqatdan ham yangi sifat bosqiçiga kötarilganidan dalolat beradi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶