28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:33
Jamiyat 👁 351

DXX ChEGARA QOʻShINLARIDA KORRUPTsIYaGA QARShI TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI

DXX ChEGARA QOʻShINLARIDA KORRUPTsIYaGA QARShI TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI

Joriy yilning 5-mart sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Korruptsiyaga qarshi kurashish Milliy Kengashi yigʻilishida bergan topshiriqlari asosida ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi” barcha sohalarda korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatining asosiy mezonlarini belgilab berdi.

Mazkur “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, prokuratura organlari tomonidan sohaga oid faoliyat muvofiqlashtirilib, muntazam ravishda nazorat tadbirlari, keng aholi qatlamlari oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Bu borada Amudaryo tuman prokuraturasi tomonidan tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Ayniqsa, tuman prokurori B. Masharipov rahbarligida idora va tashkilotlar rahbarlari, ishchi-xodimlari ishtirokidagi korruptsiya va taʼmagirlikning ayanchli oqibatlari, unga nisbatan jazoning muqarrarligi boʻyicha oʻtkazilayotgan targʻibot-tashviqot tadbirlari, tuman hududida amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash va rekonstruktsiya ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan joyiga chiqqan holda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli nazorat ishlari aholi ongida korruptsiyaga qarshi murosasizlik kayfiyatini uygʻotishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Oʻtkazilayotgan tadbirlarda prokuratura xodimlari tomonidan korruptsiyaviy holatlarning davlat va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy tahdid, kishilar ongini zaharlovchi illat ekanligi toʻgʻrisidagi targʻibot va tashviqot varaqalari ham tarqatilayotgani aholining huquqiy immunitetini mustahkamlash imkonini bermoqda.

Ana shunday targʻibot tadbirlaridan biri Davlat Xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining Amudaryo tumani hududidagi harbiy qismda ham oʻtkazilib, unda harbiy zobitlar, ayni paytda muddatli harbiy xizmat burchlarini oʻtayotgan askarlar ishtirok etdilar.

Targʻibot tadbirida Amudaryo tuman prokurorining katta yordamchisi Sharʼyar Joldasov mamlakatimizda tobora keng miqyos kasb etayotgan korruptsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu boradagi qonuniy asoslar hamda Prezidentimizning Korruptsiyaga qarshi kurashish Milliy Kengashi yigʻilishida bergan topshiriqlari asosida ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar xususida batafsil maʼlumotlar berdi.

Shu bilan birga, korruptsiyaning eng koʻp tarqalgan koʻrinishlaridan biri – manfaatlar toʻqnashuvi oqibatida yuzaga kelayotgan qonun buzilish va huquq buzarlik holatlari Amudaryo tumanida ham kuzatilayotgani, bunga jazoning muqarrarligi haqida soʻz yuritib, korruptsiyaga qarshi kurashish faqat huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining emas, balki jamiyatning barcha aʼzolarining burchi ekanligini taʼkidladi.

Tadbir davomida korruptsiyaning salbiy oqibatlari va unga nisbatan jazoning muqarrarligi haqidagi videorolik namoyish etildi. Videorolik namoyishidan soʻng tadbir ishtirokchilari korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻzaro fikr almashdilar hamda barchani davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun jiddiy tahdid, maʼnaviyatimizni ichdan yemiruvchi illat – korruptsiyaga qarshi kurashishda birlashishga daʼvat etdilar.

Korruptsiyaga qarshi murosasizlik ruhida oʻtgan tadbir davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, har bir xodimda xizmat intizomi va masʼuliyatni kuchaytirish, jamoatchilik bilan doimiy hamkorlikda profilaktik ishlar olib borish, har qanday korruptsiyaviy holatning oldini olish boʻyicha ishtirokchilarning huquqiy savodxonligi oshishini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026