28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:34
Jamiyat 👁 272

FAROVONLIK OShYoNI: YuRTNING OBOD MANZILLARI

FAROVONLIK OShYoNI: YuRTNING OBOD MANZILLARI

Kuyuk koʻpir – bu goʻzal maskanni yaqin atrofda bilmaydigan odam boʻlmasa kerak. Chunki bogʻ-u cha­man­lar ogʻushidagi bu zamin farzandlarining Kuyuk koʻpir nomi bilan yashab, el-u yurtga qilgan ezgu amallari, qalb­larga yoygan ilm-u ziyosi, bunyodkorliklarining oʻzi bir olam. Aytganlaridek, har qanday elni uning maʼna­viyatli va maʼrifatli, ish­bi­larmon va tadbirkor far­zandlari dunyoga tanitadi.

Shu nuqtai nazardan qarasak, kun sayin obod va farovon goʻshaga aylanib borayotgan bu zaminda bir bor boʻlsangiz, dovrugʻi elga doston Kuyuk koʻ­pirlik olim-u ulamolar, shoir-u baxshilar, sohibkor bogʻ­bonlar, tadbirkorlar bosh­­­lab bergan ezgu ishlarni bu­gungi barkamol avlod yanada takomiliga yetkazayotganiga gu­voh boʻlasiz. Bu haqda biri-biridan obod va soʻlim koʻcha­lar, fayziyob hovli-bogʻlar, serhosil dalalar soʻzlaydi.

AHIL VA INOQ EL

Umumiy yer maydoni 2878 gektar boʻlgan Kuyuk koʻpir qishlogʻining Eshonovul aholi maskanidan Xoʻja ovuligacha boʻlgan ulkan hududda 1057 ta xonadon tarkibidagi 1310 oilada salkam 5300 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismi, yaʼni 3758 nafari oʻzbek, 565 nafari qoraqalpoq, 11 nafari qirgʻiz va 214 nafari boshqa millat vakillari boʻlib, barchasi yagona oila farzandlaridek ahil va inoqlikda yashab, mehnat qilishadi. Kuyuk koʻpir farzandi, shoir Ahmad Nafas (Alloh rah­mat qilsin) bejizga quyidagi satr­larni yozmagan:

Oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, qirgʻizim,
Turkmanim – tilimda yangragan soʻzim.
Koʻngli koʻnglim bilan chatishib ketgan,
Bari ogʻa-inim va oʻgʻil-qizim.

Dehqonchilik va chorvachilikka ix­tisoslashgan, millatlararo to­­­tuvlik tafti ufurib turgan ovul aholisining asosiy qismi hu­duddagi 12 ta fermer xoʻjaligida, 365 nafari turli korxona va tashkilotlarda mehnat qili­shadi.

TAʼLIM, SOGʻLIQNI SAQLASh VA IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLASh

Ovul aholisining salomatli­gini muhofaza etish borasida barcha zamonaviy qulayliklarga ega qishloq shifoxonasi va oi­la­viy poliklinika faoliyat yuritadi. Shuningdek, hududda 2 ta maktab, 85 nafar kichkintoyni oʻz bagʻriga olgan 1 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti va 25 nafar bolani tarbiyalash quvvatiga ega oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti Kuyuk koʻpir­lik­larning xizmatida.

Fuqarolar yigʻinining 15 nafar kishidan iborat Kengash aʼzolarining birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli aholining ijtimoiy faolligi oshib, hu­dudda tadbirkorlik bilan shu­gʻul­lanuvchilar safi yil sayin oʻsib bormoqda. Bugungi kunda 84 nafar fuqaro oʻzlarining tadbirkorlik faoliyatlarini mu­vaffaqiyatli tarzda olib bo­rishmoqda. Shuningdek, 16 nafar fuqaro savdo-sotiq ishlari bilan shugʻullanishadi.

«Mahalla yettiligi»ning uyma-uy kirib borib oʻtkazgan xatlov natijalariga koʻra, 451 nafar fuqaro mavsumiy ishlarga jalb etilib, bandligi taʼminlandi. Shuningdek, 17 nafar kishining imkoniyatlari oʻrganib chiqilib, oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida faoliyat yuritishlari uchun koʻmaklashildi.

MAHALLA AHOLISI TINCh-TOTUVLIGI YOʻLIDAGI SAʼY-HARAKATLAR

Aholi hayotiga doir ijtimoiy muammolarni hal etishda ovul fuqarolar yigʻinida faoliyat olib boruvchi komissiyalar mu­him ahamiyatga ega. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash ko­missiyasiga yigʻin raisi Rufat Xudoyberganov rahbarlik qi­ladi. Har bir oilaning tinch-totuv, farovon hayot kechirishini taʼminlash, oʻsib kelayotgan yosh avlodning maʼnan va jis­monan yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun zarur imko­niyatlar yaratish maqsadida Xotin-qizlar bilan ishlash, Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish, koʻka­lam­zor­lashtirish komissiya­lari hamda «Keksalar maslahati», «Ota-onalar Universiteti» jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikdagi ishlar tu­fay­li hududda jinoyatchilik, huquqbuzarlik holatlariga kes­kin barham berilib, notinch oi­la­larni maʼnan sogʻlom­lash­tirishga erishilmoqda.

Ayni paytda hududdagi oilalarning 216 tasi yosh oilalar hisoblanadi. Fuqarolar yigʻini komissiyalari va jamoatchilik tuzilmalari tomonidan amalga oshirilayotgan yosh oilalarning tinch-totuv, ahillikda yashashla­rini taʼminlashga qaratil­gan chora-tadbirlar tufayli oʻt­gan davr mobaynida ajrashish yoqasiga borib qolgan 15 ta oila yarashtirildi. Yana bir notinch oila va himoya orderiga ega 2 nafar fuqaroning tinch-osoyishtaligini taʼminlash qatʼ­­iy nazoratga olindi.

MEHNATSEVAR VA FIDOYI XALQ

Kuyuk koʻpirliklar mehnatsiz oʻtgan kunini umrlari hisobiga qoʻshmaydigan fidoyi va meh­natkash xalq. Aholi orasida ha­lol mehnatlari bilan oʻz hayot yoʻllarini oydin, turmushlarini farovon, xonadonlarini obod qilib yashayotganlar, uy chorvasi, parrandachiligi, baliqchilik va asalarichilik bilan shugʻul­lanish orqali oilalari daro­madiga daromad qoʻshib, turmush sharoitlarini ijobiy tomonga oʻzgartirib yashayotganlar talay­gina.

121,1 gektardan iborat aholi­ning umumiy tomorqa yerida yil davomida 2-3-marta hosil yetishtiriladi. Shaxsiy tomorqa yeri bor boʻlgan 1057 ta xonadonning barchasida oʻz oilalarini kundalik ehtiyojlari uchun zarur poliz va sabzavot mahsulotlari bilan taʼminlash, hatto oila ehtiyojidan ortigʻini ichki bo­zorga yoʻnaltirish imkoniyati mav­­­jud. 8 ta issiq­xona xoʻjali­gi yuritayotgan mo­hir tomor­qa­chilar mehnati tu­fay­li Kuyuk koʻ­pir­lik­larning das­tur­xon­lari qi­shin-yozin sar­xil mah­sulot­lar­ga toʻla.

Ovuldagi 4 ta oila asalarichi­lik, 5 ta oila baliqchilik bilan shugʻullanayotgani bois, aholining asal va baliq mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish imkoni borligi quvonarli. Ovul­dagi xonadonlarning 853 tasida 4200 taga yaqin yirik shoxli qoramollar, salkam 16 ming bosh parranda bor. Aholi uchun goʻsht, sut, tuxum kabi mahsulotlar boʻyicha umuman muammo yoʻq.

IJTIMOIY HIMOYa VA YoShLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh

Yil boshida «Mahalla yettiligi» tomonidan aholi xonadonlariga kirib oʻtkazilgan xatlov natija­lariga koʻra, «Temir daftar»ga kiritilgan 4 ta oilaning meh­natga layoqatli 12 nafar aʼzo­lari bandligini taʼminlash choralari koʻrildi va ular oʻz layoqatlariga yarasha ish bilan taʼminlandi. Shuningdek, «Ayollar daftari» roʻyxatidagi 146 nafar ayol-qizlardan 47 nafari mehnatga layoqatliligi uchun ularning bandligini taʼminlash, kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha ish­­lar olib borildi. «Yoshlar daf­tari»ga kiritilgan 2 nafar yosh qis­qa fursat ichida mazkur daf­tardan chiqarildi.

Bundan tashqari, boquvchisini yoʻqotgan 41 ta oiladagi balogʻatga yetmagan farzandlariga mehr-muruvvat koʻrsatish, nogironligi bor boʻlgan farzandlarini tar­biyalayotgan oilalar, yakka-yolgʻiz, oʻzgalar parvarishiga muhtoj fuqarolar, chin yetim va yarim yetim bolalarning ijti­moiy­lashuviga koʻmaklashish, ij­timoiy himoyaga muhtoj 112 ta oilani doimiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida «Hech kim mehr-muruvvatdan chetda qolmaydi» tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ish­lardan aholi ham mamnun.

TADBIRKORLIK VA HUNARMANDChILIK

Ovulda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida amal­ga oshirilayotgan ishlar ham oʻz samarasini bermoqda. Al­batta, bu borada izlanuvchan, in­tiluvchan, oʻz hayotini yaxshi tomonga oʻzgartirishga boʻlgan ishtiyoqi baland yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning muam­mo­la­riga yechim topishdagi indi­vidual yondashuvning ahamiyati katta.

Ustoz-shogird anʼanasi asosida tikuvchilik hunarini oʻrganib, hamqishloqlariga biri-biridan bejirim liboslar tikib berib, olqish olayotgan Surayyo Tilovboyeva, Nilufar Eshimbetova, Gulnoza Tojiboyevalarning bu­gun oʻzlari ham ustozlik ma­qo­mida yoshlarga chevarlik sir­la­rini oʻrgatishmoqda. Uchala che­var ham oʻzini-oʻzi band qilish ta­mo­yili asosida doimiy daro­mad manbaiga ega boʻlishdi va ham­qishloqlarining mushkul­la­ri­­ni oson qilib, ularning qoʻshni ma­hallalarga qatnab, tikuvchi iz­lab yurishlariga barham be­rish­di.

Aka-uka Gʻafurjon, Islomjon va Shukrulla Otajonovlar esa ahillik bilan ish tutib, plastik eshik va deraza romlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, yangi imorat qurayotgan hamqishloqlariga qoʻl-qanot boʻ­lishmoqda. Bugungi kunda mo­hir ustalarga aylangan aka-ukalar yasagan bejirim eshik va derazalar Kuyuk koʻpir qish­lo­gʻidagi xonadonlarga koʻrk ba­gʻishlab turibdi.

HAMMA YeRDA OBODLIK VA ORASTALIK

Kuyuk koʻpir qishlogʻi ayni kun­larda yanada goʻzal va koʻrkam qiyofa kasb etgan. Hududdagi fer­mer xoʻjaliklari dehqonlari dalalarda yetilgan moʻl paxta hosilini yigʻib-terib olishga puxta hozirlik koʻrishmoqda. Mohir tomorqachilar, bogʻbon-u sohibkorlar kuzgi sarhisob oldidan hosillarini chamalab koʻrishmoqda. Eshonovul, Xoʻja ovul aholi maskanlari, goʻzal Qi­zilcholi tomonlarga bir boqing! Xonadonlar obod, koʻchalar nu­rafshon, mustaqillikning 34-yil­ligi arafasidagi «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» ezgu shiori ostidagi bayramona tadorik qizgʻin tusga kirgan.

Ovulning toʻrt tomoni farovonlik kasb etgan. Mabodo, yoʻlingiz tushib, Kuyuk koʻpir tomonlarga oʻtsangiz, bu soʻlim goʻshani bir bor kezing, Kuyuk koʻpirliklarning totuv va obod turmushidan, farovonlik oshyonidan bahri di­­lingiz ochiladi!

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026