28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:39
Fan va taʼlim 👁 363

BILIMLAR KUNI EZGU TAShABBUSLAR BILAN BOShLANDI

BILIMLAR KUNI EZGU TAShABBUSLAR BILAN BOShLANDI

2-sentyabr — “Bilimlar kuni” Amudaryo tumanida yuqori kayfiyatda, koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. Yangi oʻquv yilining ilk kunida nafaqat maktab hovlilarida bolalarning shoʻx kulgusi, qoʻllarida kitob va daftarlar bilan saboq dargohiga oshiqayotgan quvnoq qadamlari, balki mehr va gʻamxoʻrlik ramzi boʻlgan ezgu tashabbuslar ham namoyon boʻldi.

Ayniqsa, tuman hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan xayrli ish — ehtiyojmand oilalarning 200 nafar farzandiga maktab formasi tuhfa etilishi, bu kunni bolajonlar uchun yanada unutilmas qildi. Kichkintoylarning yuzida porlagan tabassum, ota-onalarning koʻzidagi minnatdorlik yoshlar taʼlimiga qaratilayotgan gʻamxoʻrlikning yorqin ifodasi boʻldi.

Tadbirda tuman hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova hamda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, shuningdek, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuratovlar ishtirok etib, oʻquvchilarga maktab formasini tantanali ravishda topshirdilar.

Soʻzga chiqqan masʼullar yangi oʻquv yilini boshlayotgan aziz bolajonlarni samimiy tabriklab, ularning bilim olishi, ilm-fan sirlarini puxta egallashi, yuksak marralarni zabt etishi va katta orzular sari dadil intilishlarida omad va zafarlar tiladilar.

Bu ezgu tashabbus yoshlarda bilim olishga boʻlgan mehrni yanada oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlash, orzulari sari intilishlariga koʻmak berish yoʻlidagi muhim qadamlardan biridir. Zero, har bir bola maktab formasini kiyar ekan, oʻzini kelajak sari dadil qadam tashlayotgan, jamiyat eʼtiborida boʻlgan inson sifatida his qiladi.

Bayramlar arafasida mehr-muhabbat ulashish, insonlarning qalbini quvonchga toʻldirish — eng savobli va eng ezgu amallardan biridir. Ayniqsa, ehtiyojmand insonlarni shod etish, ularning ertangi kuniga ishonch bagʻishlash — bu nafaqat moddiy yordam, balki mehr, gʻamxoʻrlik va yuksak insoniy qadriyatlarning yorqin ifodasidir.

Shubhasiz, bugun oʻziga yarasha kichik koʻrinadigan, ammo kelajak uchun ulkan maʼnaviy ahamiyat kasb etadigan bu tashabbus — ertangi kunimiz egalari boʻlgan yoshlarning qalbida ishonch, orzu va intilishlar uchqunini uygʻotadi. Ilmli, tarbiyali va komil insonlarni voyaga yetkazish esa nafaqat oila, balki butun jamiyatning sharafli va masʼuliyatli burchidir.

“Bilimlar kuni” bayrami mana shunday ezgu tashabbuslar, samimiy tabriklar, ota-onalarning shukronasi va farzandlarning begʻubor kulgulari bilan boshlandi. Ishonamizki, tumanimizdagi barcha maktab oʻquvchilari yangi oʻquv yilida yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan, ilm-fan choʻqqilarini zabt etadigan maʼrifatli avlod vakillari sifatida ulgʻayadilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026