28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:34
Salomatlik 👁 436

Tumanda chiqindi tashuvchi texnikalar soni yana 3 taga koʻpaydi

Tumanda chiqindi tashuvchi texnikalar soni yana 3 taga koʻpaydi

Mamlakatimizda aholining salomatligiga, ekologik muhitga salbiy taʼsir koʻrsatadigan noxush vaziyatlar sodir boʻlishining oldini olish maqsadida iqtisodiyot sohalarida va aholi punktlarida hosil boʻladigan maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan saʼy-harakatlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Natijada hududlarning sanitariya-gigiyenik holati tobora yaxshilanib bormoqda.

Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentyabrdagi “Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va ushbu qarorga muvofiq ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Unga koʻra, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududlarda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda davlat-xususiy sherikligi modeli amaliyotga joriy etildi. Ushbu islohotlarning amaliy samarasi sifatida davlat sherigi – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organi bilan xususiy sherik, yaʼni “GLOBAL POSITION SYSTEM” MChJ oʻrtasida 2023-yil 20-yanvarda bitim imzolangan edi.

Ushbu bitimga binoan “GLOBAL POSITION SYSTEM” MChJ Amudaryo, Taxtakoʻpir, Qoraoʻzak tumanlarining qattiq maishiy chiqindilarini olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish va 18 milliard soʻmlik investitsiya kiritish majburiyatini olgan. Bugungi kungacha korxona tomonidan 7 milliard 657 million soʻmlik investitsiya mablagʻlari kiritildi va mazkur tumanlar hududlarining sanitariya-gigiyenik holati yaxshilanib, qattiq va maishiy chiqindilar toʻplanib qolishiga barham berilmoqda.

Yaqinda Chiqindilarni boshqarish va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan lizing asosida mazkur jamiyatga umumiy qiymati 2 milliard 607 million soʻm boʻlgan 3 ta ISUZU rusumli maxsus chiqindi tashuvchi avtotransport vositalari yetkazib berildi. Natijada hududlarda yashovchi aholining qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar bilan qamrab olinish darajasi yanada kengaydi.

Investitsiya asosida, lizingga xarid qilingan maxsus texnikalar Amudaryo tumaniga olib kelindi va tuman hokimi ishtirokida filialga tantanali ravishda topshirildi. Bu texnikalar qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu maxsus texnikalar olib kelinishi bilan tumanda yana 9 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Mazkur texnikalarning keltirilishi korxonaning texnika parkini yanada boyitish bilan birga, tumandagi barcha ovul va mahallalar, sanoat ishlab chiqarish korxonalari, taʼlim-tarbiya muassasalarining hududlarida qattiq maishiy chiqindilar toʻplanib qolishining oldini olish, atrof-muhit, ekologik vaziyatning yaxshilanishi, aholi maskanlarining yanada obod va fayzli goʻshaga aylanishini taʼminlash yoʻnalishidagi ishlarni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026