RAQAMLAR SÖZLAGANDA: TUMANDA VETERINARIYa VA ÇORVAÇILIK RIVOJI
Aholini sifatli göşt va sut mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlaş, oziq-ovqat xavfsizligiga erişiş hamda qişloq xöjaligining yetakçi tarmoği bölgan çorvaçilikni ilmiy asosda rivojlantiriş borasida Amudaryo tumanida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Mavjud salohiyat va imkoniyatlar
Ayni paytda tumanda faoliyat yuritayotgan çorvaçilik subʼektlari tarmoqlar böyiça ixtisoslaşgan bölib, ularning soni va sifati ortib bormoqda. Xususan, tumanda 54 ta qoramolçilik, 1 ta qöyçilik, 3 ta asalariçilik va 9 ta parrandaçilik yönalişidagi subʼektlar mavjud. Uşbu xöjaliklar ixtiyorida jami 2 ming 345 gektar yer maydoni bölib, uning asosiy qismi, yaʼni 1 ming 503 gektari ekin yerlari, 331 gektari yaylovlar hamda 666 gektarini boşqa turdagi yerlar taşkil etadi.
Tumandagi mavjud xöjaliklarda parvariş qilinayotgan çorva mollari boş soni ham barqaror ösib bormoqda. Jumladan, xöjaliklarda jami 5 ming 262 boş qoramol (şundan 2702 boşi sigirlar), 3 ming 62 boş qöy va eçkilar, 69 boş otlar hamda minglab parrandalar boqilmoqda. Eʼtiborli jihati, sohaga raqamlaştiriş tizimi keng joriy etilib, 54 ta ixtisoslaşgan xöjalikdagi 4 ming 88 boş qoramol identifikatsiya qilinib, yagona elektron bazaga kiritilgan.
Mustahkam ozuqa bazasi – möl hosil garovi
Çorvaçilik rivojini mustahkam ozuqa bazasisiz tasavvur qilib bölmaydi. Şu maqsadda tumandagi subʼektlar tomonidan 2025-yil hosili uçun 1 ming 503 gektar maydonga turli xildagi ozuqabop ekinlar ekilgan. Xususan, töyimli ozuqa hisoblangan beda 99 gektar, makkajöxori 474 gektar, xaşaki lavlagi 29,8 gektar, oq jöxori 115,4 gektar, ğalla 316 gektar maydonlarga ekilgan bölib, ulardan möl hosil olindi. Bu esa qiş-bahor mavsumida çorva mollarini sifatli ozuqa bilan taʼminlaş imkonini beradi.
Investitsiya va yangi loyihalar
2025-yil Amudaryo tumani çorvaçiligi uçun ulkan buriliş yasalgan davr böldi, desak mubolağa bölmaydi. Tuman dasturi doirasida umumiy qiymati 11 milliard 510 million sömlik 17 ta yirik loyiha töliq işga tuşirildi. Uşbu loyihalarning 5 milliard 850 million sömi bank kreditlari hisobidan moliyalaştirildi.
Qoramolçilik yönalişida "Mahmud Mansur Muzaffar" (200 boş), "Ilhom Şohrux" (98 boş), "Nurullayev Lazizbek Farruxbek" (16 boş), "Rasulov Nurbek" (10 boş), "Matrasul" (10 boş), "Şavkat Qöçqoroviç" (16 boş) kabi fermer xöjaliklari va masʼuliyati çeklangan jamiyatlari tomonidan zotdor qoramollar xarid qilindi.
Tuman dasturiga qöşimça ravişda Rossiya Federatsiyasi va Doğiston Respublikasidan “ORTA-QALA GHORVA MOLLARI” (915 boş) va “Avazbek Ğayrat” (30 boş) masʼuliyati çeklangan jamiyati hamda “Ilhom Şohrux” fermer xöjaligi (98 boş) tomonidan jami 1043 boş zotdor mollar olib kelindi. Buning uçun uşbu subʼektlar tomonidan jami 6,5 mlrd söm (şundan 2 mlrd söm kredit) investitsiyalar yönaltirildi.
Parrandaçilik tarmoğida ham sezilarli ösiş kuzatildi. Xususan, "Qoraqalpoq mahsulotlari" MÇJ tomonidan 1,5 milliard söm evaziga 54 ming boş hamda "Sojida Imronbek" MÇJ tomonidan 300 mln söm evaziga 3 ming boş parranda parvarişi yölga qöyildi.
Baliqçilik va asalariçilik sohalari ham faol rivojlanmoqda. "Abdirasul Jayxun", "Manğit Fiş", "Manğit-Döstlik baliği" va "Amu akva brend" MÇJlari tomonidan jami 3,8 mlrd sömdan ortiq mablağ evaziga 200 mingga yaqin baliq çovoqlari, "Farxod Kuçkaroviç" va "Kuçkar bolçi" MÇJlari tomonidan esa jami 400 mln söm mablağ evaziga 100 ta asalari oilalari xarid qilndi.
Epizootik barqarorlik
Çorvaçilikda eng muhim masala – bu epizootik barqarorlikni taʼminlaşdir. Tuman veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi tomonidan 2025-yil davomida öta xavfli yuqumli kasalliklarga qarşi keng qamrovli profilaktik tadbirlar ötkazildi.
Xususan, brutsellyozga qarşi 63 mingdan ortiq yirik şoxli va 15 mingdan ortiq mayda şoxli mollar tekşiruvdan ötkazildi. Kuydirgi kasalligiga qarşi 173 ming boşdan ortiq yirik şoxli mol, 116 ming boş qöy-eçki, şuningdek, otlar, eşaklar va tuyalar emlandi. Qutiriş, nodulyar dermatit va oqsil kasalliklariga qarşi emlaş işlari ham reja asosida töliq bajarildi. 14 ming 776 ta obʼektda jami 809 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda dezinfektsiya va dezinsektsiya işlari olib borildi.
Amudaryo tumanida çorvaçilik sohasini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan bunday keng kölamli işlar aholi dasturxoni tökinligini taʼminlaş va tuman iqtisodiyotini yuksaltirişga xizmat qilmoqda.
Şerali Matiyakubov, Tuman Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi boşliği

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶