Çorvaçilikda ozuqa bazasini mustahkamlaşga bağişlangan körgazmali öquv-seminari bölib ötdi
Qişloq xöjaligi va çorvaçilik tarmoqlarini rivojlantiriş, aholini sifatli göşt va sut mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlaş borasida mamlakatimizda keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Uşbu maqsadlarga erişişda çorva mollari uçun mustahkam ozuqa bazasini yaratiş va saqlaş eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Joriy yilning 5-may kuni Amudaryo tumanidagi Çoyköl ovuli hududida aynan şu dolzarb masalaga, yaʼni çorva ozuqasini töğri tayyorlaş va ğamlaşga bağişlangan körgazmali seminar bölib ötdi. Qişloq xöjaligida natijadorlikni oşiriş, çorvaçilikni barqaror rivojlantiriş hamda ozuqa bazasini mustahkamlaş maqsadida taşkil etilgan uşbu körgazmali öquv-seminari silos mahsulotini tayyorlaş texnologiyalari va uning sohadagi ahamiyatiga bağişlandi.
Özbekiston Mahallalar uyuşmasining Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi tomonidan taşkil qilingan seminarda tumanlarda faoliyat yuritayotgan fuqarolar yiğinlari raislari iştirok etişdi.
Tadbirga Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining malakali olimlari, tajribali mutaxassislari ham jalb etildi. Ilmiy jamoa iştirokçilarga silos tayyorlaşning eng zamonaviy usullarini nazariy va amaliy jihatdan, körgazmali qurollar yordamida tuşuntirib berdi.
Seminar doirasida dastlab silos ekinlarini yetiştirişning zamonaviy agrotexnologiyalari haqida batafsil maʼlumot berildi. Xususan, Orolböyi mintaqasining öziga xos iqlim şaroitiga mos, qurğoqçilikka çidamli va yuqori hosildor navlardan samarali foydalaniş, çeklangan yer va suv resurslaridan oqilona hamda tejamkorlik bilan foydalaniş yöllari ilmiy asoslangan holda tuşuntirildi. Olimlar öz çiqişlarida suv tanqisligi kuzatilayotgan bugungi şaroitda ozuqabop ekinlarni tomçilatib yoki yomğirlatib suğoriş tizimlari orqali parvarişlaş qançalik yuqori samara berişini raqamlar va aniq misollar orqali körsatib ötişdi.
Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, silos bu çorva mollari uçun eng töyimli, vitaminlarga boy, hazm bölişi oson va iqtisodiy jihatdan eng arzon ozuqa turi hisoblanadi. Uni tayyorlaşda makkajöxori, jöxori, kungaboqar kabi ekinlarning yangi örilgan kök massasidan keng foydalaniladi. Mutaxassislar kök massani öriş vaqti uning namligi 65-70 foiz atrofida bölganda eng maqbul payt ekanligini, aynan şu davrda ösimlik tarkibidagi qand moddasi va oqsillar maksimal darajada saqlanib qolişini tinglovçilarga tuşunarli tarzda yetkazişdi.
Örilgandan söng, uni maxsus texnikalar yordamida 2-3 santimetr ölçamda maydalaş va darhol maxsus öralarga joylaştiriş kerakligi qayd etildi. Silos massasini oğir texnikalar yordamida ziçlaş jarayoni qançalik sifatli amalga oşirilsa, uning tarkibida havo qolmasligi kafolatlanadi. Bu esa öz navbatida, sut kislotasi bakteriyalarining jadal rivojlanişi va mahsulotning tabiiy konservatsiya bölişi uçun eng muhim omildir.
Qişloq xöjaligi mutaxassislari tomonidan berilgan maslahatlarga köra, ratsionida sifatli silos miqdori yetarli bölgan soğin sigirlarning sutdorlik körsatkiçi 15-20 foizgaça oşişi, göşt yönalişida boqilayotgan qoramollarning esa kunlik vazn qöşişi sezilarli darajada jadallaşişi ilmiy tajribalarda öz isbotini topgan. Şu bilan birga, uzun qiş va erta bahor mavsumida fermer xöjaliklarida tez-tez uçraydigan ozuqa tanqisligining oldini olişda silos eng işonçli va tejamkor yeçim ekanligi qayd etildi.
Iştirokçilar bu muhim bilim va könikmalarni öz hududlaridagi fermer xöjaliklari, klasterlar va tomorqa egalariga yetkazişlari, şu orqali joylarda çorvaçilik madaniyatini yuksaltirişga munosib hissa qöşişlari lozimligi taʼkidlandi. Uşbu tarğibot işlari aholi bandligini taʼminlaş va oilaviy daromadlarni oşirişga ham xizmat qiladi.
Çoyköl ovuli hududida taşkil etilgan mazkur körgazmali-seminar nafaqat tinglovçilarni yangi nazariy bilimlar bilan boyitgani, balki ilğor tajribalarni bevosita dala şaroitida, amaliyotda körsatib bergani bilan ham ğoyat katta ahamiyatga ega böldi. Ilm-fan yutuqlari va bevosita işlab çiqarişning bunday uzviy boğliqligi, albatta, joylarda qişloq xöjaligi mahsuldorligini oşirişga, fermer va dehqonlarimizning iqtisodiy ahvolini yaxşilaşga hamda yurtimizning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶