10 nafar mahkum muddatidan ilgari shartli ozod qilindi
Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va adolatli jamiyat qurish jarayonida insonparvarlik tamoyillari tobora mustahkamlanmoqda. Jinoyat sodir etgan shaxslarni tuzalish yoʻliga qaytarish, ularga yangidan hayotda munosib oʻrin egallash imkoniyatini yaratish maqsadida sud-huquq tizimida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda joylarda ochiq va sayyor sud majlislari tashkil etilib, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hissa qoʻshilmoqda.
2025-yil 5-sentyabr kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi J.Baltabayev, sudya yordamchisi E.Jumaniyozov, Amudaryo tuman prokurorining katta yordamchisi R.Temirbayev, tuman IIO Probatsiya guruhi katta inspektori R.Iskandarovning ishtirokida Boy ovul MFYning maʼmuriy binosida ochiq va sayyor sud majlisi boʻlib oʻtdi.
Ochiq sayyor sud majlisida Oʻzbekiston Respublikasi JKning 73-moddasi (Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish) tartibida ilgari jinoyat sodir qilib, hozirgi kunda tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan hamda oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda boʻlgan 10 nafar mahkumga nisbatan qoʻllanilgan jazolarning oʻtalmay qolgan qismini oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish masalasi koʻrib chiqildi.
Sud hukmi bilan mahkumlar jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, ularga jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan taqdirda Jinoyat Kodeksning 60-moddasida (bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash) nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlashi haqida toʻliq tushuntirishlar berilib oʻtildi.
Oʻtkazilgan ushbu sayyor sud majlisi mahkumlarni ijtimoiy hayotga qaytarish, ularni mehnatga va sogʻlom turmush tarziga yoʻnaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, bunday ochiq sud jarayonlari aholi oʻrtasida qonunlarga hurmat, jinoyatga nisbatan murosasizlik tuygʻularini hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Jasurbek Baltabayev, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶