Samarali hosil – ilğor texnologiyalar bilan birga
Joriy yilning 14-sentyabr kuni Amudaryo tumanida paxtaçilikda zamonaviy texnika va texnologiyalardan samarali foydalaniş, ularning hodildorlik va iş unumdorligidagi ahamiyatiga bağişlangan körgazmali amaliy seminar bölib ötdi. Yangi avlod paxta teriş maşinalarini boşqariş böyiça ötkazilgan amaliy körgazmali seminar nafaqat texnika yangiliklarini namoyiş qildi, balki hudud paxtaçiligini samaradorlik va sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişda muhim tajriba maydoni bölib xizmat qildi.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Farhod Ermanov, respublikadagi barça tumanlar hokimlari, qişloq xöjaligining barça tarmoqlari masʼul rahbarlari, fermerlar hamda paxta teriş maşinalari operatorlari va mexanizatorlar iştirok etdi.
Seminar dastlab Tölqin ovuli hududidagi “Xidirov Samad” fermer xöjaligi paxta maydonida ötkazildi. Barça seminar iştirokçilari yangi paxta teriş mavsumini betalafot, uyuşqoqlik bilan ötkaziş, hosilni nest-nobud qilmasdan yiğib terib oliş hamda yuqori xirmon yaratişni tilab duoga qöl oçdilar.
Bu yerda Turkiya Respublikasining “Cansa tarim makinalari” kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan 2 ta paxta teriş maşinalari iş jarayonida sinovdan ötkazildi. Maşinaning maydondagi harakati, tolani ajratiş va tozalaş bosqiçlari, işlab çiqariş surʼati va boşqaruv elementlari operatorlarga amaliy misollar bilan namoyiş etildi. Iştirokçilar maşinaning qulay boşqaruv paneli, kam yoqilği sarfi va mehnatni yengillaştirişdagi afzalliklarini kuzatib, agrar texnologiyalar qanday qilib hosildorlikni oşirişga xizmat qilişi haqida öz fikrlarini bildirdi.
Muloqotlar davomida operatorlar özlarining amaliy tajribalarini baham kördi, fermerlar esa texnikaning real şaroitdagi işlaşini eʼtibor bilan kuzatib, kelgusida qanday usullar orqali samaradorlikni oşiriş mumkinligi haqida maʼlumotlarga ega böldilar.
Seminar iştirokçilarining keyingi manzili Çoyköl ovuli hududidagi “Çoyköl Döstlik” fermer xöjaligining paxta ekin maydoni böldi. Bu yerda Xitoyning “Fm Word” kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan paxta teriş maşinasi taniştirildi. Maydon böylab harakatlanayotgan texnika qoldiq tolalarni samarali ajratişi, maydondagi qöşimça işlarni tez amalga oşirişi va operatorlar uçun qulay ekanligi bilan eʼtirofga sazovor böldi. Har ikki maydondagi texnikalar namoyişi şuni körsatdiki, zamonaviy maşinalar paxta yiğim-terimini nafaqat tezlaştiradi, balki sifatni saqlagan holda mahsulotni minimal yöqotiş bilan terib olişda ham muhim rol öynaydi.
Seminar mobaynida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Farhod Ermanov boşçiligida paxta maşina işlab çiqaruvçi kompaniyalarning Özbekistondagi vakillari, tumanlar hokimlari va fermerlar iştirokida majlis bölib ötdi. Majlis davomida paxta yiğim-terim mavsumini uyuşqoqlik bilan ötkaziş, texnikalardan samarali foydalaniş va ularga xizmat körsatiş tizimini yölga qöyiş orqali uzluksiz işlaşini taʼminlaş böyiça aniq vazifalar belgilandi. Şuningdek, yiğiliş qatnaşçilari işlab çiqaruvçilarga texnik xizmat, ehtiyot qismlar yetkazib beriş va operatorlarni öqitiş böyiça özlarini qiziqtirgan savollarni berdi va batafsil javoblar oldi.
Amudaryo tumanidagi uşbu amaliy körgazma — paxtaçilikda texnologik yangilanişning amaliy namoyişi, bilim, tajriba almaşiş va kelajakni rejalaştiriş uçun muhim vosita böldi. Endi asosiy vazifa — olingan bilimlarni amaliyotga tezda tatbiq etiş, texnika va inson resurslarini muvofiqlaştiriş hamda mavsumni samarali ötkazişdir.
Çaros Arsonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶