Öqituvçi va murabbiylar şarafi – yurt eʼtiborida
15-sentyabr kuni Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida taʼlim fidoyilari bilan uçraşdi. Öqituvçi va murabbiylar kuni arafasida taşkil etilgan uşbu muloqot nafaqat poytaxt, balki butun mamlakat miqyosida katta voqea sifatida tarixga muhrlandi.
Tadbir zamonaviy onlayn texnologiyalar yordamida taşkil qilindi. Mamlakatimizning barça hududlaridan 40 mingdan ziyod pedagoglar birdamlik va faxr-iftixor tuyğusi bilan muloqotni kuzatib bordilar. Ular orasida Amudaryo tumanidan ham bir guruh taʼlim sohasi jonkuyarlari tuman hokimligining faollar zalida yiğilib, bevosita iştirok etdilar.
Şu kuni taʼlim-tarbiya sohasida alohida sohada özining yuqori natijalari bilan namuna bölayotgan qator öqituvçilar davlat mukofotlariga sazovor bölişdi. Bu esa öz navbatida minglab ustozlarni yanada fidokorona mehnat qilişga ruhlantirdi.
Oçiq muloqot yakunlangaç, Amudaryo tumani hokimligi tomonidan pedagoglar uçun “Diamond” restoranida bayram dasturxoni yozildi. Milliy taomlar, şirinliklar bilan bezatilgan dasturxon atrofida ustozlar samimiy suhbatlar qurib, bayramona kayfiyatda diydorlaşdilar.
Öqituvçilik — maşaqqatli, ammo şarafli kasb. Ustozlikning maşaqqatlari yengil emas. Har bir darsga alohida tayyorgarlik köriş, har bir bolaning qalbiga yöl topiş, har bir savolga javob topiş — bularning barçasi mehr va sabrni talab qiladi. Şu bilan birga, har bir jamiyatning kelajagi bölmiş yoş avlod uning qölida tarbiyalanadi, taʼlim oladi. Bugungi kunda esa uşbu şarafli kasb egalariga davlat darajasida ham munosabat tubdan özgardi. Ustozlar nafaqat maʼnaviy hurmat, balki amaliy imtiyozlar va professional rivojlaniş imkoniyatlari bilan taʼminlanmoqda.
Sönggi yillarda taʼlim tizimini tubdan takomillaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Prezident boşçiligida taʼlim sifatini oşiriş, öqituvçilarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini muntazam oşiriş tizimini kuçaytiriş böyiça bir qator takliflar körib çiqilmoqda. Masalan, maktab taʼlimi va öqituvçilar tayyorlaş tizimini modernizatsiya qiliş, malaka oşiriş tizimini yangi bosqiçga kötariş va ustozlarga moddiy rağbatlar joriy qiliş çoralariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bayram dasturida tuman Madaniyat bölimi xonandalari va sozandalari ijro etgan kuy-qöşiqlar, jonli ijrolar yiğilganlarga bayramona ruh ulaşdi. Dildan yangragan kuy-qöşiqlar tadbirga fayz bağişladi.
Darhaqiqat, öqituvçi va murabbiylarga bölgan bunday ehtirom xalqimizning asriy qadriyatlaridan biridir. Bugun taʼlim fidoyilari mamlakat taraqqiyotining boş mezoni sifatida qadrlanmoqda. Çunki har bir muvaffaqiyatli inson, har bir yutuq ortida ustozning fidoyi mehnati, sabr-toqati va mehr-muhabbati mujassamdir.
Bugungi tadbir öqituvçi va murabbiylarning jamiyatdagi örni naqadar uluğ va bebaho ekanini yana bir bor körsatdi. Ustozlar ehtirom topgan yurtda taʼlim-tarbiya sifatining yuksalişi, yoş avlodning bilimli va komil insonlar bölib voyaga yetişi şubhasizdir.
Amudaryolik taʼlim fidoyilari ham ana şu uluğ yölda hamjihatlik bilan mehnat qilişga, farzandlarimiz kelajagini porloq qilişga bel boğlaganlar.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶