Ijodkorlar bilan oçiq muloqot ötkazildi
Amudaryo tuman hokimligining Axborot xizmati taşabbusi bilan madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantiriş, ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş, yoşlarning ijodiy salohiyatini yuzaga çiqariş masalalari yuzasidan oçiq muloqot taşkil etildi.
Muloqotda tuman Madaniyat bölimi xodimlari, ijodkorlar, yoşlar yetakçilari, hokimlik masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Tadbirni tuman hokimining matbuot kotibi Çaros Arslonova oçib berdi va boşqarib bordi. U öz sözida madaniyat va sanʼatning xalq maʼnaviyatidagi örni, yoşlarning estetik didini şakllantirişdagi ahamiyati haqida töxtalib ötdi.
Şundan söng, tuman Madaniyat bölimi boşliği Murod Ibragimov sohada amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan maʼlumot berdi. Jumladan, yil boşidan buyon tumanda madaniyat maskanlarini zamon talablari asosida rivojlantiriş, sanʼatkor va ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş böyiça amalga oşirilgan çora-tadbirlar haqida batafsil söz yuritildi.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, tuman Madaniyat bölimida jami 97 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda. Bölimning tuman ovul va mahallalarida 6 ta filiallari, 7 ta markazlari mavjud. Bölim tarkibida 3 ta xalq ansambli – “Uçqun” aşula va raqs xalq ansambli, “Ofarin” folklor-etnografik xalq jamoasi, “Jayxun möʼjizasi” anʼanaviy sahna tsirk xalq jamoalari xalqimizning maʼnaviy qadriyatlarini tiklaş, ularni asrab-avaylaş va rivojlantiriş, milliy urf-odatlarimizni, tarixiy, ilmiy, madaniy merosimizni yuksaltirişga xizmat qilib kelmoqda.
Qayd etilişiça, tuman Madaniyat bölimi va uning tarkibidagi qişloq madaniyat markazlarida 23 ta havaskorlik tögaraklari taşkil etilgan bölib, ularga 220 nafar yoşlar jalb qilingan. Yoşlarning isteʼdod va qobiliyatlarini yuzaga çiqariş, madaniyat va sanʼatga qiziqişlarini qöllab-quvvatlaş va yoş ijodkorlarni kaşf qiliş maqsadida turli adabiy-badiiy keçalar, davra suhbatlari muntazam ravişda taşkil qilib kelinmoqda.
Muloqot davomida yoşlar yetakçilari ham sözga çiqib, yoşlarning sanʼat va madaniyat tadbirlaridagi iştirokini oşiriş, ularni ijodiy jarayonga keng jalb etiş böyiça öz taklif va mulohazalarini bildirdilar. Şu bilan birga, ijodkorlar özlarini qiziqtirgan savollarga javob oliş imkoniga ega böldilar. Tadbir iştirokçilari tomonidan tumanda raqs va aktyorlik sanʼatini yanada rivojlantiriş, yoş isteʼdodlarni qöllab-quvvatlaş va ularning qobiliyatini keng namoyon etiş yuzasidan qator takliflar bildirildi. Uşbu ğoyalar, albatta, soha rivojiga turtki bölişi şubhasiz.
Oçiq muloqot madaniyat va sanʼat sohasi vakillari uçun nafaqat erkin fikr almaşiş, balki ijodkorlar bilan hamkorlikda kelgusi rejalarni belgilaş maydoniga aylandi. Zero, madaniyat – xalq ruhiy boyligi, sanʼat esa jamiyatning maʼnaviy poydevoridir.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶