Korruptsiyaga qarşi kuraşda OAVning örni ortib bormoqda
Korruptsiyaga qarşi kuraşişda ommaviy axborot vositalarining örni alohida. Ommaviy axborot vositalari jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz muhitni şakllantiriş, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oşiriş, korruptsion holatlarni foş etiş va bu borada jamoatçilik nazoratini kuçaytirişda muhim vosita hisoblanadi. Ular orqali aholi korruptsiyaning zararli oqibatlari haqida xabardor böladi, uşbu illatning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş yöllarini örganadi. “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Biz korruptsiyaga qarşimiz!” nomli grant loyihasi ham uşbu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Loyiha doirasida gazetada aholini uşbu illatdan xabardor qiliş maqsadida tahliliy maqolalar eʼlon qiliş, jamoatçilik faollarining çiqişlarini taşkil qiliş orqali tarğibot işlarini olib boriş, joylarda uçraşuvlar taşkil etiş, iştirokçilarga milliy qonunçilikdan köçirmalar va huquqiy maʼlumot tarqatiş orqali aholining xabardorligini oşiriş közda tutilgan.
Bundan taşqari, loyiha doirasida davlat xizmatçilarining xabardorligini oşirişga hissa qöşiş maqsadida ularga korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça amaldagi qonunçilikdan köçirmalar tarqatiş ham közda tutilgan. Buning ahamiyati şundaki, davlat xizmatçilari korruptsiyaga qarşi kuraşişda oldingi safda turadigan şaxslardir. Ularning korruptsiyaga oid qonunçilikni çuqur bilişi, öz vazifalarini bajarişda şaffoflik va halollik tamoyillariga amal qilişi uşbu illatga barham berişda hal qiluvçi ahamiyatga ega. Agar davlat xizmatçilari öz huquq va majburiyatlarini, şuningdek, korruptsion harakatlar uçun belgilangan jazolarni aniq bilsalar, bu ularni korruptsiyaga aralaşişdan saqlaydi va jamiyatda adolatli boşqaruv tizimini şakllantirişga yordam beradi.
Loyiha koordinatorlari Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi hamda tuman Madaniyat bölimida bölib, davlat xizmatçilari bilan uçraşuv ötkazdi va ularga korruptsiyaning ijtimoiy oqibatlari, jamiyat va davlat rivojiga salbiy taʼsiri haqida batafsil maʼlumotlar berib, tarqatma materiallar tarqatdilar.
Davlat xizmatçilarining korruptsiyaga aralaşişi davlatning iqtisodiy salohiyatiga jiddiy putur yetkazadi. Byudjet mablağlarining talon-toroj qilinişi, investitsiya muhitining yomonlaşişi, iqtisodiy ösişning sekinlaşişi kabi oqibatlar yuzaga keladi. Ijtimoiy jihatdan esa aholining davlatga bölgan işonçi yöqoladi, ijtimoiy tengsizlik kuçayadi, adolatsizlik kayfiyati avj oladi. Siyosiy oqibatlar esa davlat boşqaruvining samaradorligini pasaytiradi, xalqaro maydonda mamlakat obrösiga salbiy taʼsir körsatadi va demokratik qadriyatlarga putur yetkazadi.
Şu sababli loyiha doirasida jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz muhitni şakllantiriş, aholining, davlat xizmatçilarining huquqiy ongi va madaniyatini oşiriş, korruptsion xavf-xatarlarni kamaytiriş va davlat boşqaruvida şaffoflikni taʼminlaşga hissa qöşiş közda tutilgan.
“Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatining bu kabi taşabbuslari korruptsiyaga qarşi kuraşda jamoatçilikning faol iştirokini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Ommaviy axborot vositalari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi esa korruptsiyasiz jamiyat quriş yölidagi eng samarali yöldir. Bunday loyihalar aholining huquqiy savodxonligini oşirib, korruptsiyaga qarşi kuraşda har bir fuqaroning masʼuliyatini kuçaytiradi va Özbekistonda adolatli va şaffof jamiyat qurişga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶