28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:38
Qishloq xoʻjaligi 👁 431

Qishloq xoʻjaligi vaziri amaliy tashrif bilan Amudaryo tumanida boʻldi

Qishloq xoʻjaligi vaziri amaliy tashrif bilan Amudaryo tumanida boʻldi

Qoraqalpogʻiston Respublikasiga ishchi tashrif bilan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov hamrohligida hududlarda boʻlib, qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif dasturiga koʻra mehmonlar Amudaryo tumani Jayxun ovuli hududida joylashgan “Ekoteks klaster” korxonasiga qarashli Qipchoq paxta qabul qilish maskanida boʻldi. Bu yerda paxta terimi jarayoni, uni qabul qilish, saralash va qayta ishlash ishlari bilan tanishdi.

Qayd etish joizki, qabul maskanlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tarozida tortish jarayonlarini sunʼiy intellekt yordamida nazorat qiluvchi zamonaviy “AgroTarozi” tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Dalalarda yigʻilgan hosil ushbu tizim orqali aniq va shaffof tarzda saqlash maskanlariga qabul qilinmoqda. Shuningdek, maxsus laboratoriyalarda paxtaning namligi va sifati tekshirilib, tegishli talablarga mosligi baholanmoqda.

Paxta yigʻim-terimi uyushqoqlik bilan olib borilayotgan ayni kunlarda qabul maskanlarida ham ish qaynagan payt. Vazir Ibrohim Abdurahmonov yigʻim-terim mavsumida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar bilan suhbatlashib, ularga yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

Shu tariqa Qoraqalpogʻistonga tashrif chogʻida agrotexnik tadbirlarning samaradorligi, paxtachilikda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hamda qabul jarayonlarida shaffoflik va sifat nazorati masalalari alohida eʼtibor markazida boʻldi.

Tashrif doirasida rahbarlar Choykoʻl ovuli hududidagi “Choykoʻl doʻstlik” fermer xoʻjaligiga qarashli dalalarda amalga oshirilayotgan agrotexnik jarayonlar bilan tanishdi. Ushbu dalalarga xorijdan keltirilgan paxta navlari zamonaviy agrotexnologiyalar asosida ekilgan. Chigit qoʻshqator usulida, plyonka ostiga ekildi va gʻoʻza nihollarini toʻliq parvarishlash ishlari maxsus uslubiy qoʻllanmalar talablari asosida tashkil etildi. Agrotexnik tadbirlarning tizimli yoʻlga qoʻyilgani va defoliatsiya jarayonining belgilangan standartlarga muvofiq amalga oshirilgani natijasida, bugun dalalarda moʻl hosil toʻplandi va hosildorlik har gektardan 60 tsentnerni tashkil etishi kutilmoqda.

Bugungi kunda paxta terish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Xomashyo yigʻib olingach, ikkinchi terim uchun zarur agrotexnik tadbirlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Navbatdagi terimdan ham yuqori miqdorda hosil olinishi taxmin qilinmoqda.

Tashrif davomida rasmiylar tomonidan bugungi kunda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi va hududlarda agrotexnik amaliyotlarning holati muhokama qilindi. Shuningdek, yigʻim-terim jarayonlarida munosib ishtirok etayotgan soha fidoyilariga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Muloqot chogʻida vazir Ibrohim Abdurahmonov dala maydonida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarni yuqori baholab, kelgusi mavsumda ham bunday yondashuvlarni yanada kengaytirish, qator oralariga esa zira ekib, hosilni koʻpaytirish boʻyicha tegishli tavsiyalarini berdi.

Mehmonlar tumanda olib borilayotgan paxta terimi jarayonlari va fermer xoʻjaliklaridagi natijalar bilan ham yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida megʻmonlar tumanning Jumurovul mahallasi hududidagi “Haytakov Ulugʻbek” fermer xoʻjaligining 10 gektarlik dala maydonida boʻldi. Bu yerda xorijiy gʻoʻza navi qator orasi 76 santimetr boʻlgan sxemada ekilib, agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilgani tufayli moʻl hosil yetishtirilgan.

Ayni paytda terim mashinalari yordamida yigʻim-terim jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Hosildorlik gektariga 60 tsentnerni tashkil etishi kutilmoqda. Dalalarda hech qanday begona oʻtning yoʻqligi, qishloq xoʻjaligi ishlarining tizimli va samarali yoʻlga qoʻyilganidan dalolat beradi. Vazir Ibrohim Abdurahmonov ham bu holatni yuqori baholab, fermer mehnatini alohida eʼtirof etdi.

Shuningdek, masʼullar Jumurtov shaharchasi hududida joylashgan “Umid Azimxoʻja” fermer xoʻjaligi faoliyati bilan ham tanishdilar. Bu yerda ham gʻoʻzaning xorijiy navi qator orasi 76 santimetrlik sxema asosida ekilgan. Ayni paytda gektariga 70 tsentnerdan hosil olingan boʻlib, fermerning rejasi — 80 tsentnerdan ham yuqori hosilga erishish. Bu koʻrsatkich Qoraqalpogʻiston sharoitida avval kuzatilmagan yuqori natijadir. Vazir ilm va innovatsiyani amaliyotga uygʻunlashtirishning ahamiyati haqida soʻz yuritar ekan, fermer xoʻjaligidagi mehnat samarasini ham mamnuniyat bilan eʼtirof etdi.

Amudaryo tumanidagi fermer xoʻjaliklari dalalarida jadal surʼatlarda olib borilayotgan paxta terimi sohadagi islohotlar samarasini yaqqol namoyon etmoqda. Zamonaviy agrotexnik tadbirlar, ilgʻor agrotexnologiyalar hamda fermerlarning samarali mehnati tufayli erishilayotgan natijalar mamlakatimiz qishloq xoʻjaligida yangi tarixiy bosqichni boshlab bermoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026