Yangiobod mahallasida sayyor sud ötkazildi
Sud tizimining oçiqlik va oşkoralik printsipi aholining odil sudlov töğrisidagi axborotga bölgan ehtiyojini qondirişga, şu bilan birga sud jarayonlariga nisbatan işonçini mustahkamlaşga qaratilgan. Bu borada sudlar tomonidan bevosita aholi bilan yuzma-yuz, oçiq va oşkora tarzda ötkazilayotgan sayyor sud majlislari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Çunki bunday sayyor sud majlislarida jabrlanuvçi va javobgar şaxslarning yaqin qarindoşlari, mahalladoşlari, ularning qonuniy vakillari iştiroki ham taʼminlanib, jarayonning byurokratik tösiqlardan xoli, haqiqat va adolat tamoyillariga muvofiq amalga oşirilişi aholining sudlarga bölgan işonçini mustahkamlamoqda.
Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi tomonidan tumanning olis qişloq va mahallalarida aholi vakillari iştirokida ötkazilayotgan ana şunday sayyor sud majlislari tuman aholisining nafaqat sud jarayonlariga bölgan işonçini, balki ularning huquqiy savodxonligini ham oşiriş imkonini bermoqda.
Joriy yilning 8-oktyabr sanasida Manğit şahrining Yangiobod mahallasi maʼmuriy binosida bölib ötgan sayyor sud majlisi ham oçiqlik va oşkoralik, adolat tamoyillari asosida, byurokratik tösiqlardan xoli ötkazilgani muhim ahamiyat kasb etdi.
Sayyor sud majlisida Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev, sudya yordamçisi Elyor Jumaniyozov, Amudaryo tuman prokurorining katta yordamçisi R. Temirbayev iştirok etdilar.
Oçiq sayyor sud majlisida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan ayblanuvçi fuqaroga qarşi oçilgan jinoyat işi böyiça yaraşuvni tasdiqlaş masalasi javobgarning mahalladoşlari, yaqin qarindoşlari va qonuniy vakillari guvohligida körib çiqildi. Jarayonda jabrlanuvçi gumon qilinuvçi bilan yaraşganligi, yetkazilgan zarar qoplanganligi inobatga olinib, Özbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining tegişli moddasi tartibida fuqaroga nisbatan oçilgan jinoyat işi tomonlarning yaraşuvi munosabati bilan tugatildi va mahkum jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi.
Şuningdek, oçiq sayyor sud majlisi davomida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddasi tartibida ilgari jinoyat sodir qilib, hozirgi kunda tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan hamda örnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan, şuningdek, mehnatga halol munosabatda bölgan 3 nafar mahkumga nisbatan qöllanilgan jinoiy jazolar atrofliça muhokama qilinib, ularga belgilangan jazoning ötalmay qolgan qismini ötaşdan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilindilar.
Hayot turli baland-pastliklardan iborat. Irodasizlik, yengil hayot keçirişga odatlaniş hamişa insonni xato yöllarga yetaklaydi. Oçiq sayyor sud majlisida boşlari egik holda, mahalladoşlari, öz yaqinlari, qolaversa, insonparvarlik, keçirimlilik tamoyillariga asoslangan davlatimiz qonunlari qarşisida qayta jinoyatga qöl urmaslikka söz berayotgan, jinoiy jazodan muddatidan oldin ozod etilgan yurtdoşlarimizga xalq guvohligida işonç bildirildi.
Yangiobod mahallasi fuqarolar vakillarining faol iştirokida ötkazilgan oçiq sayyor sud majlisi har qanday holatdagi huquqbuzarliklarga nisbatan jazo muqarrarligi, mehnatga halol munosabatda bölişning ijtimoiy-maʼnaviy jihatdan inson kamolotida juda katta ahamiyatga egaligi bilan muhim huquqiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶